Qiyomlar Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi, Ularni tayyorlash texnologiyasi


Download 1.28 Mb.
bet5/7
Sana25.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1231182
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ramazonova dilfuza qiyomlar

bu erda: X — me’yoridan ortiqcha vodorod sianid saqlagan mahsulotni suyultirish uchun qo‘shiladigan 20% li spirt miqdori, ml, A — haydab olingai mahsulot mikdori, ml, V — DF buyicha tayyor mahsulotdagi vodorod sianid miqdori, %, S — haydab olingan mahsulotdagi vodorod sianid miqdori, %. Xom ashyo sifatida sovuq, usulda yog‘sizlantirilgan achchiq bodom magizi kunjarasi olinishidan maqsad, uning tarkibida emulsii fermenti bo‘lib, u xom ashyo tarkibidagi amigdalinning benzaldegidsiangidrin va glyukozaga parchalanishini ta’minlaydi. Xom ashyo issiq usul¬da eg‘sizlantirilganda esa bu ferment parchalanib ketadi. Yig‘ish idishidagi etil spirti benzaldegidsiangidrin va erkin vodorod sianidni gidrolizdan saqlaydi. Issiq usulda yog‘sizlantirilgan achchiq bodom magizidan xam preparat tayyorlash mumknn. Buniig uchun issiq usul bilan olingan kunjaradan 2 qism olib, unga 1 qism sovuq usulda olingani kushiladi va yuqoridagidek tayyorlanadi. Achchiq bodom xushbo‘y suvi o‘rniga taflon o‘simligi bargidan olingan taflon suvi (Aqua Laurocerasi) ishlatiladi. Xuddi shu maqsadda danakli mevalar (shaftoli, olcha va xokazolar) magizidan ham foydalanish mumkin. Bu usulda sanoat miqyosida olib, mamlakat ehtiyojini qondirish katta kiyinchiliklar tug‘diradi. 99,9% suvdan iborat bo‘lgan mahsulotni uzoq masofalarga tashish maqsadga muvofiq emas. Undan tashqari ivyyorlash jarayonida haydash asbobidagi sovutgichdan to‘plagichga o‘tish joylari kumush bilan qoplangan bo‘lishi kerak, aks holda erkin vodorod sianid xisobiga noxushliklar (asbob qismlarining emirilish) ro‘y beradi. Achchiq bodom suvining uning konsentratidan tayyorlash maqbulroqdir. Achchiq bodom efir moyining 95% li spirtdagi eritmasi (1,6% qodorod sianiddan iborat) dorixona sharoitida 45% li etil spirti bilan 1:16 nisbatda suyultirib ishlatiladi. Bu rangsiz, deyarli tiniq, achchiq bodom hidi kelib turadigan, biroz nordon reaksiyaga (metiloranj bo‘yicha) ega bo‘lgan suyuqlikdir. Tarkibida vodorod sianid miqdori 0,09—0,11% bo‘lib, shu jumladan erkin xoldagisi 0,02% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ehtiyotlik bilan «B» ro‘yxatidagi og‘zi yaxshi berkitilgan shisha idishlarda, salqin joyda saqlanadi. Ogriq qoldiruvchi va asabni tinchlantiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Preparatni saqlash shartiga rioya qilinmasa yoki ko‘rsatilgan muddatini o‘tagan bo‘lsa, benzaldegidsiangidrin gidrolizga uchrashi mumkin. Hosil bo‘lgan benzaldegid oksidlanib, polimerlanishi natijasida benzoin xosil qilishi mumkin. Bunda suyuqlik loyqalanib, yot xid paydo bo‘ladi va benzoin kristall holida cho‘kmaga tushishi mumkmn.


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling