Qand qiyomi. oddiy qiyom (sirupus sacchari, sirupus simplex) - Qand qiyomi. oddiy qiyom (sirupus sacchari, sirupus simplex)
- Oddiy qiyomin tayyorlashda yuqori navli tozalangan (rafinad) qand ishlatiladi. Qiyom ikki qavat devorli va aralashtirgichi bo‘lgan maxsus qozonlarda tayyorlanadi. Qozonga 64 qism qand va 36 qism suv solib, 60— 70°S xaroratgacha isitiladi. So‘ngra xaroratni qaynaguncha ko‘tarib, 20—25 daqiqa davomida ikki marta qaynatiladi. Qaynash vaqtida hosil bo‘layotgan ko‘pik cho‘mich yordamida olib turiladi. Qaynash muddati va xarorat ortiqcha (110°S) bo‘lsa, kiyom sarg‘ayib ketadi. Bu kandning karamelga aylanganini (polimerlanganini) ko‘rsatadi. Bu xodisa 180°S dan yuqori xaroratda tezroq, 110-120°S da sekinroq ruy beradi.
- Tayyor qiyom issiq xolda qalin mato orqali suziladi. Tayyor qiyom rangsiz, xidsiz, kuyuqroq, suyuqlik bo‘lib, shirin mazaga va betaraf reaksiyaga ega. Nur sindirish krsatkichi 1,451 — 1,454 bo‘lib, zichligi 1,308 —1,315 ga teng. Bu ko‘rsatkichlar qiyomda qandnipg 64% ga tug‘ri kelishini bildiradn. SHisha idishlarda chiqariladi.
Ishlatilishi. Suyuq dorilarning ta’mini yaxshilash va boshqa qiyomlar tayyorlashda asos bo‘lib xizmat kiladi. - Ishlatilishi. Suyuq dorilarning ta’mini yaxshilash va boshqa qiyomlar tayyorlashda asos bo‘lib xizmat kiladi.
- Olcha qiyomi. (Sirupus Cerasi).
- Maymunjon qiyomi. (Sirupus Rubi idaei). Bu qiyomlar 62 qism qvnd va 38 qism achitib tindirilgan meva sharbatlaridan tayyorlanadi. Bu usulda tayyorlash mavsumiy xususpyatga ega bo‘lganligi uchun sanoatda oziq-ovqatda ishlatiladigan ekstraktlardan tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun 4 qism olchaning yoki maymunjonning quyuq ekstrakt 96 qism qand qiyomi bilan aralashtirib tayyorlanadi.
- Dorivor qiyomlar. Bularga gulhayri, rovoch, chuchukmiya, xolosas, na’matak, pertussin, peritol, aloyining temirli qiyomi va boshqalar kiradi. Ular dorivor modda va ta’m beruvchi sifatida ishlatiladi.
- Gulxayri qiyomi (Sirupus Altheae). Bu qiyom gulhayriiing quyuq yoki quruq ekstraktidan tayyorlanadi:
- Extracti Altheae sicci 2 qism;
- Sirupi Simplicis 98 qism.
- Gulxayrining quruq ekstrakti qand qiyomida qizdirib va aralashtirib eritiladi, so‘ngra suziladi. Bu qiyom tiniq, quyuqroq sarg‘ish rangli, shirin mazali, o‘ziga hos hidga ega bo‘lgan suyuqlik. 200 ml dan shisha idishlarda chiqariladi. Balg‘am ko‘chiruvchi sifatida suyuq dorilar bilan birgalikda (miksturalarda) ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |