Qiyomlar Tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi, Ularni tayyorlash texnologiyasi


Rovoch qiyomi (Sirupus Rhei) Rovoch qiyomi (Sirupus Rhei)


Download 1.28 Mb.
bet3/7
Sana25.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1231182
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ramazonova dilfuza qiyomlar

Rovoch qiyomi (Sirupus Rhei)

Rovoch qiyomi (Sirupus Rhei)

Extracti Rhei sicci 1,25 qism

Spiritus aethilici 2 ml

Aquae Foeniculi 3 ml

Sirupi Simplicis 95 qism

Rovochning quruq ekstrakti spirt va ukrop suvi aralashmasida eritilib suziladi va qiyomga qo‘shib, qaynaguncha qizdiriladi. Tayyor qiyom issiq xolda kichik shisha idishlarga solinib, berkitiladi va ustidan parafin quyiladi. Bu qo‘ng‘ir-qizil rangli suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos maza va xidga ega. Spirt bilan tiniq eritma xosil qiladi. Zichligi 1,310—1,344. Ammiak eritmasi bilan antraglyukozidlar guruxiga xos reaksiyani beradi. Engil surgi dori sifatida ishlatiladi.

Chuchukmiya qiyomi (Sirupus Glycyrrhizae)

Extracti glycyrrhizae sicci 4 qism

Sirupi Simplicis 86 qism

Spiritus aethilici 10 qism

Chuchukmiya kuyuq ekstrakti isitilgan qand qiyomi bilan aralashtirib eritiladi. Aralashma sovugach, etil spirti qo‘shiladi. Sarg‘ish qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos xidga ta’mga ega bo‘lgan suyuqlik. Balg‘am ko‘chiruvchi va engil surgi dori sifatida bolalarga beriladi.

Pertussin (Pertussinum)

Extracti Thumi fluidi 12 qism

Kalii Bromidi 1 qism

Spiritus aethilici 5 qism

Sirupi Simplicis 82 qism

Sirlangan iqyom pishirish qozonida qand qiyomida kaliy bromid eritilib, unga tog‘jambul suyuq ekstrakti va spirt qo‘shib aralashtiriladi va 24 soatga qoldiriladi. Tindirilgan qiyom uch kavatli doka orqali suzilib, 100 g dan shisha idishlarga qadoqlanadi. Xushbuy hidli, shirin mazali, to‘q-qo‘nhg‘ir suyuqlik. Zichligi 1,22—1,24. Bronxit va ko‘kyutalga chalingan bolalarga beriladi. Na’matak qiyomi (Sirupus fructuum Rosae). Na’matak mevasidan olingan suvli ajratma va qisman invertirlangan qand qiyomida tayyorlanadi. Invertirlangan qand na’matak qiyomi tarkibidagi askorbin kislotasining barqarorligini ta’minlaydi. Qizgish-jigar rangli, shirin mazali suyuqlik. Tayyor mahsulotda quruq moddalar 71 — 73%, askorbin kislotasi 0,4%, qand 50%, zichligi 1,37. Bolalarga vitamin S etishmaganda beriladi.


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling