Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet6/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

Nazorat savollari:

  1. Filologik komparativistika deganda nimani tushunasiz?

  2. Lingvistik va adabiy komparativistikaning bir-biridan farqini izohlang.

  3. Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatida qachon shakllangan?

  4. Qiyosiy-tarixiy metod asoschilaridan kimlarni bilasiz?

  5. A.N.Veselovskiyning nazariy qarashlariga izoh bering?

  6. Qiyosiy adabiyotshunoslik fanining bugungi kundagi istiqboli haqida qanday fikrdasiz?

5 Qarang: Эшонбобоев А. Қиёсий-тарихий метод ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. –

Тошкент, 2008. №4. – Б.38 – 46; Каримов Б. Адабиётшунослик методологияси. – Тошкент: Муҳаррир, 2011. – Б.73 – 75.
1 www.bcla.org/index.htm; www.agla.org
2 http://journals.tsu.ru; www.cairn-int.info/journal-revue-de-litterature-comparee.htm







  1. mavzu:

QIYOSIY TAHLILNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA PRINSIPLARI


Reja:

    1. Qiyosiy tahlil obyektlari.

    2. Qiyosiy tahlilning vazifalari.

    3. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlar.

    4. Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan tipik vaziyatlar.



Tayanch tushunchalar: obyekt, tabiiy, ijtimoiy, ma’naviy, gno- seologik, mantiqiy, metodologik, metodik, akseologik vazifalar, qi- yoslash bosqichlari, muhit, ichki xususiyatlar, tipik vaziyatlar

Qiyosiy tahlil oddiy tahlildan farq qiladi. An’anaviy tahlil obyektlardan, ular esa o‘z tashkil etuvchilaridan iborat. Tad- qiqotchilar uchun shuni bilishning o‘zi kifoya. Qiyosiy tahlil esa aytib o‘tilgan harakatlardan tashqari, yana tahlil obyekt- larining tashkil etuvchilarini ham bir-biri bilan qiyoslashga qaratiladi.


Qiyosiy tahlildan maqsad – qiyoslanuvchi obyektlarning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash, ular orasidagi umumiy qonuniyatlarni yuzaga chiqarishdan iborat.
Azaldan, «Haqiqat qiyosda bilinadi» deymiz. Shuning uchun ham qiyoslash metodologiyasi odamlarning hayotiy faoliyatida keng tarqalgan va qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda qiyoslash metodi barcha bilish va hodisalarni tahlil etish ja- rayoniga tatbiq etilgan. Fan va amaliyotning barcha sohalari- da qiyoslash metodologiyasidan foydalaniladi.
Qiyoslash metodologiyasining mazmuni, mohiyati va vazi- falarini yanada chuqur anglash uchun muayyan ilmiy-amaliy asoslar mavjud.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling