Qiyosiy adabiyotshunoslik
Download 1.01 Mb.
|
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyosiy tahlilning mantiqiy vazifasi.
Qiyosiy tahlilning gnoseologik vazifasi. Uning mohiyati
va asosiy maqsadi, qiyoslash obyektlari haqida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdir. Bu orqali biz quyidagi natijalar- ga erishamiz: Birinchidan, qiyosiy tahlil jarayonida, har bir taqqoslanadi- gan obyekt haqida yangi ma’lumot olamiz. Ikkinchidan, qiyoslanayotgan adabiy hodisalarning o‘zaro ta’siri haqida yangi tushunchalarga ega bo‘lamiz. Uchinchidan, agar obyektlarni taqqoslash jarayoni yetarli darajada to‘liq va aniq bo‘lsa, unda ularning o‘tmishi, buguni va kelajagi haqida umumiy tasavvur hosil qilamiz. Shu bilan birga qiyoslash metodikasi nazariyasini boyitamiz. Qiyosiy tahlilning mantiqiy vazifasi. Adabiy hodisalar- ni taqqoslash jarayonida mantiqiy qonun-qoidalar ifodasi. Qiyosiy tahlil jarayonida mantiq talablaridan uzoqlashmaslik uchun quyidagilarga rioya qilish kerak: Turli xil asosga ega adabiy hodisalarni taqqoslash man- tiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘pincha adabiy hodisalarni qiyosiy tahlil etish uchun turli asoslar tanlanadi. Bu hol yuz berganda – qiyoslash jarayoni o‘zining aniqligini yo‘qotadi. U ko‘p jihat- dan predmetsiz, demak, samarasiz bo‘lib qoladi. Qiyoslash uchun aniq asos bo‘lishi kerak. To‘g‘ri kelgan narsani bosh- 1 Минералов Ю.И. Сравнительное литературоведение (Компаративистика). Учебник. – М.: Юрайт, 2018; Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение // Изб. тр. – М.: Наука, 1979; Кокорин А.А. Сравнительный анализ: теория, методология, методика. – М.: МГОУ, 2009. qasi bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Masalan, syujetni syujet bilan, asar tilini boshqa bir asar tili bilan qiyoslash mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi; Obyektlarga aloqasi bo‘lmagan ma’lum bir vaziyatlar tah- lildan olib tashlanmasa, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi; Qiyoslash jarayonida ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklar- ga uchrash mumkin, bu tabiiy. Hatto, o‘ta qarama-qarshi bo‘lgan personajlarda ham albatta, mantiqqa zid bo‘lmagan umumiy tomonlar topiladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling