Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet10/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

Ikkinchidan, bilamizki, hodisalarning ichki xususiyatlari,
ya’ni ularning mazmun, mohiyat va sifati muhitda o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘ladi. Demak, qiyoslash obyektlarining ichki xususiyatlarini, muhitda namoyon bo‘lish darajasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni o‘rganish kerak. Bu qiyosiy tahlil- ning keyingi bosqichidir.
Uchinchidan, nafaqat qiyoslanadigan obyektlar muhitga
ta’sir ko‘rsatadi, balki muhit ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu tashqi sharoitlarning tahlil obyektlariga ta’sir etish xususi- yatlarini qiyoslashni ko‘zda tutadi. Shu tarzda, tabiiy ravishda
hodisalarni qiyoslash bosqichida uchinchi yo‘nalish belgila- nadi. Uning mohiyati – muhitning qiyosiy tahlil obyektlariga ta’siridagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlashdan iborat.
To‘rtinchidan, har qanday hodisaning, jumladan, adabiy
hodisaning paydo bo‘lish sababi, zaruriyati mavjud. Qiyos- lash chog‘ida albatta, ularni ham e’tiborga olish zarur. Har bir hodisaning vujudga kelishi, mavjudligi, rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishida ko‘plab zaruriyatlar rol o‘ynaydi va ular orasida ayrimlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Buni adabi- yotda ko‘pincha motiv deb ataymiz. Demak, bizga kerak nar- saning qiyosiy tahlilini amalga oshirishdan oldin, uni yuzaga keltirgan ehtiyoj va zaruriyatlarni ham taqqoslash kerak. Bu bizga qiyoslanayotgan obyektlarning mavjudligi sabablarida o‘xshash va xos tomonlarni ochishga yordam beradi. Buning uchun biz zaruriyat (motiv) – obyekt – mohiyat (natija) al- goritmi asosida qiyosiy tahlilni amalga oshirishimiz maqsad- ga muvofiq bo‘ladi.
Demak, zaruriyat (motiv)larni qiyoslash obyektni tah- lil qilishning muhim bosqichi. Chunki ehtiyoj va zaruriyatsiz hech narsa yuzaga kelmaydi. Axir, Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» asarida asl manzilga yetish uchun tanlangan yettita vodiyning birinchisi aynan talab bo‘lgan1.


Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan tipik vaziyatlar


Ba’zida qo‘limizda shuncha material bo‘la turib, nimani nima bilan qiyoslashni yoki taqqoslashni bilmaymiz. Ma’lum- ki, qiyosiy tahlil jarayoniga, uning natijalariga ko‘pgina holat-


1 http://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy
lar ta’sir qiladi. Masalan, qiyoslash obyektlarining mazmuni; tahlildagi metodologik vositalar; qiyosiy tahlilni o‘tkazish usullari va h.k. Bularning barchasini hisobga olgan holda, qi- yoslanishi mumkin bo‘lgan quyidagi tipik vaziyatlarni ko‘rsa- tish mumkin:
Birinchi vaziyat. Bir makon va zamonda mavjud bo‘lgan
adabiy voqea hodisalarni qiyoslash. Bunday qiyoslash jarayo- ni o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Birinchidan, qiyoslanayotgan obyektlarning makoniy birligi, muhit umumiyligi uning bu xu- susiyatlarga ta’sir qilishini o‘rganishni kun tartibidan chiqa- radi. Umumiy makon va zamon esa, qiyoslash obyektlarining muhiti bir ekani haqida dalolat berib, bu muhit ularga asosan bir xil ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa qiyosiy tahlilning birmuncha
«soddalashuviga», yengillashuviga olib keladi. Ikkinchidan, qi- yoslanuvchi fenomenlarning bir makon va bir zamonda mav- judligi, tabiiyki, ularning tarixiy birligi haqida gapirishga im- kon beradi. Masalan, O‘tkir Hoshimov va Tohir Malik ijodini qiyosan o‘rgansak, bir makon va zamonda yashab ijod etgan yozuvchilarning umumiy va xos tomonlarini aniqlay olamiz.
Ikkinchi vaziyat. Bir makon, lekin har xil zamondagi
adabiy hodisalarning qiyosidan tashkil topadi. Ma’lum bir sharoitda, bir muhitda, bir makonda, ammo turli vaqtda mav- jud, mavjud bo‘lgan yoki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan adabiy hodisalarni qiyoslash kerak bo‘lganda, ikkinchi vazi- yat yuzaga keladi. Shu bilan birga, turli vaqtda, ammo juda o‘xshash vaziyatlarda mavjud bo‘lgan hodisalarni qiyoslash
– qiyin vazifa. Odatda, bu yerda muayyan muammolar, qiyin- chiliklar, jumboqlar yuzaga keladi.
Ko‘pincha xuddi o‘sha bir makon, masalan, bir mamlakat sharoitlarida mavjud bo‘lgan hodisalarni vaqt omilini inkor etgan holda qiyoslashga harakat qilishadi. Bu noto‘g‘ri. Ma-
salan, bir makonda, ammo har xil zamonda yashab ijod qil- gan shoirlar: Muqimiy bilan Muhammad Yusufning yoshlar yoki yoshlik haqidagi qarashlariga, albatta, vaqt o‘z hukmini o‘tkazadi. Boshqacha aytganda, agar qiyoslanuvchi obyektlar aynan bir muhitda mavjud bo‘lsa ham, o‘z taraqqiyotining turli davrlarida vaqt masalaning mohiyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish lozim. Hatto agar hodisalar mavjud bo‘lgan sharoitlar (mamlakat, qandaydir bir makon) tubdan o‘zgarmagan bo‘lsa-da, bu vaqt ichida qiyoslash obyektlari- ning o‘zi o‘zgargan bo‘lishi mumkin.
Uchinchi vaziyat. Bir zamon, lekin har xil makonda mavjud
bo‘lgan obyektlarni qiyoslash. Masalan, bugungi kunda bir zam- onda, ammo har xil makonda yashab ijod qilayotgan o‘zbekis- tonlik yozuvchi Nosir Zohid bilan amerikalik yozuvchi Viktoriya Shvabning bir xil nomdagi «Qasos» romani mavjud. Har ikkala romandagi qasos motivini taqqoslashda, albatta, muhitning qiyoslash obyektlariga ta’sirini hisobga olish juda muhim. Bu jarayon tadqiqotchidan alohida e’tiborni talab qiladi. Chunki qiyosiy tahlil jarayonida sharoit va sabablarning qiyoslanuvchi obyektlarga ta’sirini hisobga olish kerak bo‘ladi.
To‘rtinchi vaziyat. Har xil makon va zamon adabiy hodi-
salarini qiyoslash jarayoni. Bunda turli muhit, makon va tur- li zamon adabiy hodisalari taqqoslanadi. Bu vaziyat qiyosiy tahlil metodologiyasi va metodikasi uchun eng murakka- bi sanaladi. Masalan, Shekspir va Alisher Navoiy asarlarida ma’rifat talqini yoki Abdulla Qahhor va Jek London asarlarida badiiy psixologizm masalasini o‘rganish uchun quyidagilarni hisobga olish kerak:
Birinchidan, qiyoslanadigan hodisalarning mohiyatini tu- shunish lozim. Ikkinchidan, qiyosiy tahlil obyektlari mavjud bo‘lgan oldingi sharoitlar va muhitlarni ham imkon qadar
chuqurroq o‘rganish, ularning Shekspir va Navoiy yoki Abdul- la Qahhor va Jek London dunyoqarashiga ta’sirini ochib berish darkor. Chunki har xil zamon va makonda yashab ijod etgan adiblarning asarlarini mashhurlikdan boshqa yana nima bir- lashtirib turganini bilish uchun ko‘pgina adabiy hodisalarni yuzaga chiqarish lozim.
Qiyoslash obyektlarining makon-zamon ko‘rsatkichlari munosabati bilan, tahlil qiluvchining oldida ko‘plab qiyinchi- liklar paydo bo‘ladi. Ammo qiyoslanadigan adabiy hodisalar- ning rivojlanish jarayonida vujudga keladigan vaziyatlarning xususiyatlari hisobga olinsa, ularni hal etish mumkin. Agar qi- yosiy tahlil olib borayotgan tadqiqotchilar farqlanuvchi, zid- diyatli hodisalarni qiyoslash metodologiyasi va metodikasiga ega bo‘lsa, qiyoslash natijasi yaxshi samara beradi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling