Qiyosiy adabiyotshunoslik
Download 1.01 Mb.
|
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyoslash natijalarini baholashning mezonlari
Chog‘ishtirish metodi – filologik hodisalarni tizimli
qiyoslashga asoslangan metod bo‘lib, asosan farqli xususiyat- larni ochib berishga qaratilgan metoddir. Shuning uchun ham tilshunoslikda boshqacha nomi kontrastiv metod deb atala- di. Garchi nazariy asoslari ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, antik davrlardan boshlab turli xil filologik hodisalarni chog‘ishti- rishga qaratilgan asarlar yaratilgan. Alisher Navoiyning fors va turkiy tillar muhokamasiga qaratilgan «Muhokamat-ul lug‘atayn» asari chog‘ishtirish metodining yorqin namuna- sidir. Fanda mazkur metodning nazariy asoslari tilshunos olim I. A. Boduen de Kurtene tomonidan XIX asrda ishlab chiqilgan. Ye. D. Polivanov, L. V. Sherba, S. I. Bernshteyn, A.A.Reformat- skiy, Sh. Balli kabi olimlar bu boradagi ilmiy ishlarni davom ettirishgan3. Tilshunos olim R.Rasulov ilmiy xulosalariga ko‘ra, cho- g‘ishtirish metodi ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarin- dosh bo‘lmagan tillarni, til hodisalarini o‘zaro qiyolash usuli 1 Каримов Б. Адабиётшунослик методологияси. – Тошкент: Муҳаррир, 2011. – Б.74. 2 Bu haqda yana qarang: Эшонбобоев А. Қиёсий-тарихий метод ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. 2008. №2. 3 Поливанов Е.Д. Русская грамматика в сопоставлении с узбекским языком. – Ташкент, bo‘lib, ushbu xususiyatga ko‘ra faqat qarindosh tillarni taq- qoslab, qiyoslab o‘rganadigan qiyosiy-tarixiy metoddan farq qiladi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy metoddan farqli ravishda, chog‘ishtirilayotgan tillarning tarixiga, ularning kelib chi- qishiga – genetik jihatlariga, taraqqiyotiga e’tibor bermaydi, ularga asoslanmaydi.1 Agar yuqoridagi nazariy fikrlarni adabiyotga tatbiq qilsak, tahlil bir millat yoki bir hudud adabiyoti doirasida olib borilsa, adabiy hodisalarning genetik jihatlariga e’tibor qaratilsa, bun- da qiyosiy-tarixiy metoddan (mas., «o‘zbek mumtoz adabiyoti- da ramzlar qiyosi»), turli millatga mansub adabiyotlar tadqiqi va tahlili asosida (mas., rus va o‘zbek, ingliz va ispan) u yoki bu adabiy hodisalarning spetsifik xususiyatlari ochib berilsa, chog‘ishtirma metoddan foydalaniladi. Qiyoslash natijalarini baholashning mezonlari Qiyoslash natijalarini baholash yuqorida ko‘rib o‘tilgan qiyosiy tahlil vazifalarining qay darajada bajarilganiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ilmiy adabiyotlarda qiyoslash natijalarini xolisona baholashning tarixiy, gnoseologik, mantiqiy, meto- dologik, ma’naviy-g‘oyaviy va boshqa mezonlari mavjud. Ular- ni aniqroq tasavvur qilish uchun, ba’zilarini ko‘rib chiqamiz. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling