Qiyosiy adabiyotshunoslik
Download 1.01 Mb.
|
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
Nazorat savollari:
Metodologiya nima va qanday ilmiy tadqiqot metodlarini bi- lasiz? Qiyosiy-tarixiy metod chog‘ishtirish metodidan qanday farq qiladi? Qiyoslash natijalarini baholashning qanday mezonlari mav- jud? Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini ta’minlash shartlari ni- malardan iborat? Qanday holatlarda adabiy hodisalarni qiyoslash jarayoni no- xolis natijalar beradi? mavzu: TARJIMA – QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK OBYEKTI SIFATIDAReja: Tarjima nazariyasi fan sifatida. Tarjimashunoslikka oid muhim tushunchalar. Tarjima adabiyotlararo kommunikatsiya vositasi. 4.4 Tarjima – komparativistika obyekti. Tayanch so‘zlar: tarjima, dastlabki tarjimalar, komparativisti- ka, leksik jihat, adekvatlik, transformatsion model, semantik model, situativ model, kommunikativ model, P.M.Topper, badiiy tarjima, tarjimon mahorati. Tarjima tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, uning ildizlari eramizdan oldingi davrlarga borib taqaladi. Birinchi bo‘lib yozma tarjimani qadimgi Rim shoiri, dramaturgi va tarjimo- ni Liviy Andronik (280–205) qilgan. U Homerning mashhur «Odisseya» asarini yunon tilidan lotin tiliga o‘girgan. Tarjima nazariyasi haqidagi dastlabki fikrlarni eramizga- cha bo‘lgan birinchi asrda Tulliy Sitseron(106-43) asarlari- da yozib qoldirgan. Uning fikricha, «tarjimada shaklni emas, mazmunni yetkazish kerak. So‘zma so‘z tarjima tarjimonning ojizligidan darak beradi»1. O‘rta asrlardagi tarjimalar diniy asarlarni tarjima qilish eh- tiyoji tufayli paydo bo‘lgan. Uyg‘onish davrida (XIII asr oxiri, XIV asr boshi Yevropada) nafaqat diniy va yana badiiy asarlar tarjima qilingan. 1 http://linguisticus.com/ru XX asrlarga kelib tarjima nazariyasi fan sifatida to‘liq shakl- lanadi va bir qancha nazariy asarlar yaratiladi. G‘.Salomovning «Tarjima nazariyasi asoslari» ilmiy asari o‘zbek adabiyot- shunosligida tarjima nazariyasiga oid eng yaxshi asarlardan biridir1. Ushbu kitobda madaniy ilmiy hamkorlik va tarjima, adabiy aloqa va badiiy tarjima, tarjima tarixi saboqlari, badiiy tarjimada uslub, milliy koloritni ifodalashning mazmun va mundarijasi, milliy moslashtirish prinsiplari (o‘zga xalqning ijodiy mahsulini o‘z xalqining xarakteriga moslashtirish, masalan, Navoiyning ruscha tarjimadagi she’rlari rus xalqining mulkiga aylanishi) she’riy tarjimada vazn transformatsiyasi kabi masalalar yoritilgan. B. Ilyasovning ilmiy asarlari she’riy tarjima asoslari, tarji- mon mahoratiga bag‘ishlanadi2. Zamonaviy tarjima nazariyasiga oid ilmiy asarlarda ko‘proq tarjima usullari, tarjima tanqidi, tarjimaning madaniyatlararo muloqot va qiyosiy adabiyotshunoslikning obyekti sifatidagi o‘rniga ahamiyat qaratilgan3. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling