Qiyosiy adabiyotshunoslik
Tarjima nazariyasiga oid muhim tushunchalar
Download 1.01 Mb.
|
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK
Tarjima nazariyasiga oid muhim tushunchalar:Tarjima nazariyasi umumiy va alohida nazariyaga ajrati- lib o‘rganiladi. Umumiy tarjima nazariyasi til uchun umumiy 1 Саломов Ғ. Таржима назарияси асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1983. 2 Илясов Б. Свободный стих и перевод. – Термез: Джайхун, 1995; Авторская концепция оригинала и мастерство переводчика. – Ташкент, 1995; Замысел автора и переводческие плеоназмы // Зунделовические чтения: Материалы международной конференции. – Самар- канд, 2000. – С.102 – 105; Искусство поэтического перевода. – Ташкент: Фан, 2007. – 124 с. 3 Топер П.М. Перевод в системе сравнительного литературоведения. – М., 2000; Белик Е.В. Перевод как разновидность межкультурной коммуникации // Преподаватель XXI век. М., 2013. – С.289 – 293; Утробина А.А. Теория перевода. – М., 2010; Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. – Тошкент: Фан, 2005. bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganadi va barcha tarjima turlarini qamrab oladi. Alohida tarjima nazariyasi esa bir tildan ik- kinchi tilga bo‘lgan tarjimaning faqat lingvistik aspektlarini o‘rganadi. Tarjima kommunikativ jarayon hisoblanadi va shu jihatdan ikki xil xususiyatga ega: Til ichidagi jihatlar – matnning uslubi, matn bilan bog‘liq lingvistik xususiyatlar. Tildan tashqari jihatlar – lingvomadaniy xususiyatlar va madaniy an’analarning original va tarjimada aks etish darajasi. Ma’lumki, tildan tashqari jihatlarni yaxshi bilmaslik (o‘zga xalq madaniyatini yaxshi anglamaslik) tarjimaga putur yetka- zadi. Tarjima jarayonida qonuniy muvofiqlik nazariyasi (тео рия закономерных соответствий) mavjud. Bu nazariya- ning asosiy mohiyati kelib chiqishi jihatidan muvofiq va mu- vofiq bo‘lmagan tillar orasidagi tarjima bilan bog‘liq. Tarjima nazariyasida transformatsion, semantik-semiotik, situativ va kommunikativ modellar mavjud. Tarjimaning transformatsion modeli – boshqa tilga tarjima qilinganida tilning o‘z holatini qanday saqlab qolish daraja- sidir. Tarjimaning semantik (ma’no) – semiotik (belgilar sis- temasi) modeli – original asar semantikasining tarjimada saq- lanish darajasi bilan belgilanadi. Tarjimaning situativ modeli – tarjimada ayrim vaziyatlarni (masalan, milliy-madaniy) hisobga olib, tarjima qilinishini nazarda tutadi. Tarjimaning kommunikativ modeli tarjimada o‘sha xalq- ning madaniyatini hisobga olish va o‘zga tilga adaptatsiyasi masalasidir. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling