Qiyosiy adabiyotshunoslik
Download 1.01 Mb.
|
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifasi
Fanning maqsadi talaba, magistr va barcha tadqiqotchilar
ga komparativistika, qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasi haqida nazariy ma’lumotlarni yetkazish, badiiy asarlarni qiyosiy tadqiq qilish usullarini tushuntirish, bu boradagi bilimlarini takomillashtirishdir. Shuningdek, «…adabiy hodisalar (tasviriy vositalar, badiiy asar, yozuvchilarning adabiy merosi, adabiy maktablar, janrlar va h.k.)ning tipologik va genetik mohiyatini aniqlash, tarixiy fenomen yoki konkret-tarixiy shartlanganligini hisobga olmasdan, adabiy fakt sifatida adabiy hodisaga tegishli bo‘lgan ichki qonuniyatlarini namoyon qilishdan iborat»1. Fanning vazifasi qiyosiy-tarixiy metod va uning asoschilari, asosiy tushunchalari; makro va mikrokomparativistika; Sharq va G‘arb adabiy aloqalari, tarjima tanqidi, badiiy matnning qi yosiy tahlili mezonlari kabilar haqida nazariy bilim berish va tadqiqotchilarda adabiy hodisalarni qiyoslash va chog‘ishtirish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. «Qiyosiy adabiyotshunoslik» © «Akademnashr», 2020 1 Дюришин Д. Теория сравнительного изучения литературы. – М.: Прогресс, 1979. – С.69. Mazkur fanni o‘zlashtirish davomida talaba, magistr va tad- qiqotchilar: qiyosiy tadqiq metodologiyasi va uning asosiy tushuncha larini izohlay olishi; qiyosiy adabiyotshunoslikka oid asosiy adabiyotlarni va ularning qisqacha mazmunini bilishi; tarjima, tarjima turlari, tarjima tanqidi haqida umumiy tasavvurga, original va tarjimani qiyoslashga oid muayyan bi- limga ega bo‘lishi; qiyoslash orqali adabiy hodisalarning umumiy va xos to monlarini aniqlash, poetika, adabiy aloqalar va adabiy ta’sir masalalarini tahlil qilish bo‘yicha malakalarni egallashi lozim. Qiyosiy adabiyotshunoslik, badiiy asarlarni qiyosan o‘rganish metodologiyasi va tamoyillari bo‘yicha Yevropa, Rossiyada juda ko‘p darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Ular adabiy kom parativistikaning turli xil masalalariga bag‘ishlangan. Ammo o‘zbek adabiyotshunosligida bu borada hanuz darslik yaratilma gan. Shuningdek, qiyoslash metodining yaxlit nazariyasi, meto- dologiyasi va metodikasi ishlab chiqilmagan. Qiyoslash usulining tahlil, sintez, induksiya, deduksiya va hokazolarga munosabati va o‘zaro aloqasi borasida muayyan to‘xtamga kelinmagan. Nimani, qachon, nima bilan, nima uchun qiyoslasa bo‘ladi, kabi savollarga o‘zbek adabiyotshunosligining zamonaviy nazariyasi bizga to‘liq va aniq javoblar bermagan. D.Bahronovaning ispan tilidagi, A.Qosimov, A.Hamroqulov, S.Xo‘jayevlar birgalikda tayyorlagan o‘zbek tilidagi o‘quv qo‘llan malarini bu boradagi dastlabki qadam sifatida baholash mumkin1. Mazkur qo‘llanmalarda sohaning taraqqiyot bosqichlari, asosiy adabiy aloqa turlari hamda qiyosiy tahlil masalalari yoritilgan. O‘zbekistonda har yili «Qiyosiy adabiyotshunoslik, cho- g‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (10.00.06) ixtisos ligi bo‘yicha o‘nlab ilmiy tadqiqotlar qilinayotganiga qaramay, o‘quv-metodik manba yaratish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoq da. Natijada qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasini yaxshi o‘zlashtirmasdan turib, ilmiy ishlar yuzaga kelmoqda. Bu esa komparativistika yo‘nalishidagi tadqiqotlarning umumiy savi yasiga ta’sir qilmoqda. Aynan shu ehtiyoj tufayli mazkur o‘quv qo‘llanma yaratildi va asosiy e’tibor qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasiga qa ratildi. Bundan tashqari, qiyosiy adabiyotshunoslik mohiyatini yorqin misollarda ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda amalga oshirilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ulardan ayrim namunalar ham berildi. Shuningdek, jahon adabiyotshunosligida tanilgan kom parativist olimlar va ular yaratgan ilmiy asarlar haqida ham qis qacha axborot berildi. Albatta, o‘z fikrlarimizni yoritishda bizdan oldin bu borada bildirilgan Yevropa, Rossiya, o‘zbek olimlarining nazariy qarash lariga tayandik. Ayniqsa, N.Konrad, M.Jirmunskiy, A.Dyurishin, I.Neupokoyeva, A.A.Kokorin kabi olimlarning fikr mulohazalari biz uchun metatekst vazifasini bajardi. Shuning uchun bizga qadar qiyosiy adabiyotshunoslik nazariyasi va metodologiya- sini shakllantirgan barcha olimlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 1 Bakhronova D. Literatura comparada. – Tashkent: Turon, 2019; Qosimov A., Hamroqulov A., Xo‘jayev S. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Akademnashr, 2019. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling