Qiyosiy adabiyotshunoslik
Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatida
Download 1.01 Mb.
|
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK
Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatidaFan tarixidan ma’lumki, qiyosiy adabiyotshunoslik haqida- gi dastlabki nazariy qarashlar adabiy jarayonlarning o‘xshash va farqli tomonlarini izohlash ehtiyoji tufayli XIX asrning boshlarida Yevropada, XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya- da shakllangan1. Qiyosiy tadqiqotlar dastlab tilshunoslik yo‘nalishida olib borilgan va keyinchalik adabiyotshunoslikka ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. «Qiyosiy-tarixiy metod rivojida Frans Bopp, Ras- mus Rask, Yakob Grimm kabi Yevropa tilshunoslarining alohi- da hissasi bo‘lib, ular novator tilshunoslar sifatida maydonga chiqdilar»2. Ilk nazariy komparativistik qarashlar Germaniyada shakl- langan. Nemis tarixchisi I.G.Gerder (1744-1803) va buyuk adib I.V.Gyote (1749-1832) tadqiqotlari, ayrim asarlari aynan qiyosiy yo‘nalishda yaratilgan. I.G.Gerder birinchilardan bo‘lib e’tiborini Yevropa xalqlari madaniy hayotidagi umumiy jihat- larga qaratadi. Uning g‘oyalarini davom ettirgan buyuk adib I.V.Gyote esa fanga «jahon adabiyoti» tushunchasini olib kira- di. O‘zining «G‘arb-u Sharq devoni»da Sharq va G‘arb madani- yatiga xos mushtarak jihatlarni yoritadi. Rus sharqshunosligida qiyosiy-tarixiy metod rus tarixchisi va nazariyotchisi A.N.Veselovskiy (1838–1906) nomi bilan bog‘liq. Olim mazkur atamani birinchi bo‘lib fanda muoma- laga kiritgan. «Qiyosiy-tarixiy metod umumjahon adabiy jara- yonini tadqiq etganda ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning rivojla- nish qonuniyatlariga asoslanadi. Chunki tarixiy jarayon har bir geografik mintaqa doirasida o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgani 1 Халлиева Г. XX аср Россия шарқшунослиги ва ўзбек мумтоз адабиёти. Монография. – Тошкент: Муҳаррир, 2018. – Б.133 – 134. 1 Batafsil qarang: Академические школы в литературоведении. – М., 1975. 2 Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 2010. – Б.81. holda, bir qator umumiy qonuniyatlarga ham egaki, aynan shu qonuniyatlardan kelib chiqib, turli xalqlar adabiyotlarini qi- yosiy aspektda o‘rganish mumkin»1 Shuning uchun, dastlabki tadqiqotlaridayoq A.N.Veselovskiy masalaga tarixiylik prinsipi asosida yondashgan. Masalan, nemis olimi G.Flotoning «Ilo- hiy komediya» haqidagi maqolasiga(1859) taqrizida, yozuv- chini zamondan ayri holda tasavvur qilish qiyinligi, Dante ijodiy merosi faqat Danteniki emas, bunda davrning ham ro- lini anglash joizligi haqida fikr bildirib, G.Flotoning ayrim qa- rashlarini tanqid qiladi.2 Uning nazarida adabiyot tarixi – ij- timoiy fikr, madaniyat va fan tarixidir, shoir shaxsiyatini esa ma’lum tarixiy sharoit shakllantiradi. Shoirning individuallik, shaxsiy tashabbus darajasini aniqlash uchun, dastavval uning ijodi nima bilan qurollangani tarixini kuzatish kerak. A.N.Veselovskiy barcha fikrlarini jamlab, qiyosiy metodo- logiyaga tayangan holda «Tarixiy poetika» asarini yaratadi.3 Rus olimasi M.G.Bogatkinaning fikricha, zamonaviy kompara- tivistika metodologiyasi matnni o‘rganishning qiyosiy metod- lari majmuasidan iborat bo‘lib, aynan A.N.Veselovskiy yarat- gan qiyosiy-tarixiy maktab an’analariga asoslanadi.4 Xullas, qiyosiy tadqiqotlar uchun asosiy metod hisoblan- gan qiyosiy-tarixiy metod5 adabiy jarayon dinamikasini, vorisiylik va an’analar almashinuvini, badiiy qadriyatlarni to‘liq anglashda yordam beradi. 1 Qosimov A., Hamroqulov A., Xo‘jayev S. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Akadem- nashr, 2019. – B.24. 2 Академические школы в русском литературоведении. – М.: Наука, 1975. – C.211. 3 Веселовский А.Н. Историческая поэтика. – М.: Высшая школа; – 1989. – С.405. 4 Богаткина М.Г. О формировании новой парадигмы в современной компаративистике // Международная научная конференция. – Казань, 2004. – С.75. A.N.Veselovskiydan keyin adabiy komparavistikaning me- todologik jihatlarini V.M.Jirmunskiy, A.Dima, D.Dyurishin, N.I.Konrad, I.G.Neupokoyeva, M.B.Xrapchenko, A.Kokorin, M.Bogatkina, V.R.Amineva, Yu.I.Mineralov kabi olimlar tad- qiq qilgan va dunyo adabiyotshunosligida bu jarayon davom etmoqda. Bugun qiyosiy adabiyotshunoslik fani kundan kunga rivoj- lanmoqda. Amerika olimlari V.Fredrik (komparativistlarning xalqaro Amerika assotsiatsiyasi prezidenti) va Rene Uellek boshlab bergan an’analar davom ettirilib, dunyoning turli joy- larida komparativistika ilmiy markazlari, maktablari tashkil- lashtirilmoqda. Moskva komparativistika maktabi, Britaniya va Amerika qiyosiy adabiyotshunoslik assotsiatsiyalari 1 shu- lar jumlasidandir. Hozirda qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yicha dunyoda bir qancha ilmiy jurnallar nashr qilinadi. Rossiyada chop etila- digan «Imagologiya va komparativistika», «Tarixiy poetika», Fransiyadagi «Revue de litterature compare» ana shunday nufuzli jurnallardan bo‘lib, ularda komparativistikaga oid eng yaxshi maqolalar beriladi2. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling