Qiyosiy adabiyotshunoslik


Adabiy komparativistikaga xos xususiyatlar


Download 1.01 Mb.
bet4/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

Adabiy komparativistikaga xos xususiyatlar


Adabiy komparativistikaning obyekti adabiy jarayondir. Badiiy adabiyotni o‘rganish bilan bog‘liq barcha masalalar (mas., asar syujeti va kompozitsiyasi, mazmun va shakl, badiiy asar tili, yozuvchi uslubi va h.k.) adabiy komparativistikaning predmetini tashkil etadi. Sintetizm, mentallik, retseptiv esteti- ka, intertekst(lik), paratekst(uallik), metatekst, gipertekst, arxi- tekst, imagologiya, vorislik, semiotika, tipologiya, motiv boshqa atamalar qiyosiy adabiyotshunoslikning asosiy tushunchalari hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanganidek, asarning syujeti va kompozitsiyasi, asar tili, motivlar, tarjima, asar poetikasi, yozuvchi mahorati, o‘zga xalqning boshqa bir xalq adabiyo- ti haqidagi qarashlari, ya’ni, adabiy retsepsiyasi (o‘zga xalq adabiyotini qabul qilish jarayoni) qiyosiy adabiyotshunoslik obyekti bo‘lishi mumkin. (masalan, «Navoiy rus kitobxoni ni- gohida», «Pushkin va o‘zbek kitobxoni», «Fitratshunos yaponlar» kabi mavzular) Shuningdek, ayni badiiy asarga olimlarning turlicha qarashlarini (masalan, «Boburnoma» haqida o‘zbek, rus, yapon, nemis olimlarining ilmiy izlanishlari), xalqaro


1 Batafsil qarang: Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 2010. – Б.78 – 115.

adabiy aloqalar, o‘zaro ta’sir, an’anaviylik va novatorlik, turli xil san’at (musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, kino) turlari- ning adabiyotga ta’siri kabi masalalarni ham qiyosan o‘rga- nish mumkin.
Sharqshunos N.I.Konrad (1891–1970) qiyosiy adabiyot- shunoslik obyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan 5 ta jihatga e’ti- borni qaratadi: 1.Tarixiy umumiylikka ega millat adabiyot- lari qiyosi (mas., fors va tojik ). 2. Turli xalqlar adabiyotida tipologik xususiyatlar qiyosi (mas., XIX asr klassik realizmi).

  1. Turli makon va zamondagi xalqlar adabiyoti qiyosi (mas., rus va o‘zbek adabiyoti). 4. Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda tipologik xususiyatlarga ega bo‘lgan adabiyotlar qiyosi (mas., ritsarlik romanlari va yapon harbiy epopeyalari). 5. Xalqlararo adabiy aloqalar qiyosi. Bu o‘rinda olim adabiy ta’sir va adabiy aloqalarga alohida urg‘u beradi1.

V.M.Jirmunskiyning (1891–1971) ta’kidlashicha, yozuvchi ijodini unga ta’sir o‘tkazgan milliy va xalqaro adabiy an’ana- lar bilan qiyosan o‘rganish ham juda katta metodik ahamiyat- ga ega bo‘lib, adibning ijodiy individualligini, milliy va jahon adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rnini aniqlashga yordam be- radi2.
Germaniyada nashr qilingan monografiyada komparati- vistika fani 1) adabiyot nazariyasi komparativistikasi (Dich- tungs-Literaturtheorie); 2) adabiyot tarixi komparativistikasi;

  1. komparativ intermedial tadqiqotlar (komparatistische In- termedialitätsforschung / Comparative Arts); 4) komparativ madaniyatshunoslik (komparatistische Kulturwissenschaft)

kabi to‘rtta guruhga ajratilgan1. Bu o‘rinda mualliflar adabi- yot bilan aloqasi bo‘lgan har bir hodisani komparativistika nuqtayi nazaridan o‘rganish mumkinligi nazariyasini ilgari surgan.
Bundan tashqari komparativistika nazariyasiga ko‘ra adabiy jarayonni ikki xil yondashuv orqali qiyoslash mumkin:

    1. Adabiy jarayonga tarixiy genetik yondashuv (kelib chiqi-

shi jihatidan bir xil yoki yaqin xalqlar adabiyoti);

    1. Adabiy jarayonga qiyosiy tipologik yondashuv (kelib chi- qishidan qat’iy nazar umumiy tomonlarga ega bo‘lgan xalqlar adabiyoti).

Masalan, turli xalqlar adabiyotidagi abadiy mavzular, an’- anaviy qahramonlar, janrlar, adabiy yo‘nalishlarni o‘rganish masalasi.
Adabiyotni qiyosan o‘rganish jihatdan komparativistika ik- kita katta guruhga bo‘linadi.

  1. Makrokomparativistika – genetik jihatdan bog‘lanma- gan turli millat doirasidagi adabiy hodisalarning qiyosiy tah- lili (masalan: Shekspir va Navoiy ijodi).

  2. Mikrokomparativistika – bir millatga yoki hududga (re- gion) mansub adabiy hodisalarning qiyosiy tahlili (masalan: A.Qahhor va O‘.Hoshimov, Yassaviy va Maxtumquli ijodi sin- gari)

Adabiyotshunos olimlarning ilmiy ishlarini qiyosan o‘rga- nish ham makro yoki mikrokomparativistika obyekti bo‘lishi mumkin. Ye.E.Bertels (1890–1957) va A.N.Malexova (1938– 2009) bir makonda yashab ijod etgan rus olimlaridir. Ularning




1 Конрад Н.И. Избранные труды. Литература и театр. – М.: Наука, 1978. – С.32 – 33.
2 Жирмунский В.М. Проблемы сравнительно-исторического изучение литератур // Известия АН. Т.XIX. Вып. 3. – М., 1960. – С.183.
1 Handbuch Komparatistik: Theorien, Arbeitsfelder, Wissenspraxis / Hrsg. von Zymner R., Hölter A. – Stuttgart: Verlag J.B. Metzler, 2013. – 405 s; Bu haqda qarang: Социаль- ные и гуманитарные науки. Отечественная и зарубежная литература. Сер. 7 // Лите- ратуроведение: Реферативный журнал. – М., 2016. – C.7 – 21.

«Lison ut-tayr» dostoniga oid ilmiy izlanishlari mikrokompa- rativistika obyekti hisoblanadi. Har ikkala sharqshunosning ilmiy qarashlarini qiyosan o‘rganish shunday xulosalarga ke- lish imkonini berdi1:

  1. Ye.E.Bertels (1928) va A.N.Malexova (1978) tadqiqot- larida germenevtik ta’limot (talqin) muvozanati buzilma- gan, matn mohiyati o‘tkinchi g‘oya va mafkuraviy manfaatlar uchun qurbon qilinmagan. Ye.E.Bertelsning 40-yillardagi tad- qiqotlari haqida bunday deyish qiyin, chunki qatag‘on siyosa- ti olimni davr mafkurasi bilan hisoblashishga majbur qilgan; Har ikkala sharqshunosning asar syujeti, Navoiyning tasavvuf ta’limotiga aloqasi, Foniy taxallusini tanlash sababi, Sharq naziranavisligi xususidagi fikrlari deyarli hamohang. Masalan, Navoiy va tasavvuf masalasida Ye.E.Bertels shoirning tasavvuf ta’limotini chuqur bilgani, ammo so‘fiy amaliyotchi bo‘lma- ganini qayd qilsa, A.N.Malexova tasavvuf shoir uchun maqsad emas, vosita bo‘lganini ta’kidlaydi.

  2. Ye.E.Bertels masalaga tarixiy-biografik, A.N.Malexo- va struktur-sistematik jihatdan yondashadi. Olim hikoyatlar mohiyatini siyosiy, ijtimoiy-madaniy kontekstda mayda un- surlarigacha tahlil qiladi, A.N.Malexova esa asosiy e’tiborini asarning ichki kompozitsiyasi, muallif shaxsiyati, hikoyatlar tipologiyasi tadqiqiga qaratadi.

  3. Har ikkala tadqiqot mohiyatan bir-birini to‘ldiradi. Ye.E.Bertels va A.N.Malexova qarashlardagi fikrlar tadriji «Li- son ut-tayr» dostonini turli aspektda o‘rganish mumkinligi va davomiyligini ko‘rsatadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling