Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet7/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

Qiyosiy tahlil obyektlari tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy ob-
yektlarga bo‘linadi. Ushbu uchta nisbatan mustaqil hodisalar guruhlari bir-biriga uyg‘un bog‘langan. Aynan ular bir bu- tunlikda inson yashaydigan muhitni shakllantiradi va badiiy adabiyotda obraz shaklida o‘z ifodasini topadi.
Tabiat hodisalarining nisbatan mustaqilligiga qaramay, ular odamlarning ijtimoiy hayotiga jalb qilinganidan keyin- gina qiyoslash obyektlariga aylanadi. Boshqacha aytganda, tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili bilan odamlar shug‘ullan- gani bois ular o‘z manfaati va qarashlaridan kelib chiqib, unga o‘zlarining ijtimoiy xususiyatlarini singdiradilar. Buning nati- jasida tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili ma’lum darajada ij- timoiylashadi. Shunday qilib, ijtimoiy omillar ta’sirisiz tabiat hodisalarini qiyoslash mexanizmi mavjud bo‘la olmaydi.
Qiyosiy tahlil obyektlarining ikkinchi guruhini ijtimoiy hodi-
salar tashkil etadi. Ularning qiyoslash metodi o‘z xususiyatlariga ega. Bunda tahlil maydoni kengayadi, qiyosiy tahlil ko‘rsat- kichlari soni ortadi. Sababi, bu o‘rinda ijtimoiy taraqqiyot qo- nunlari, ijtimoiy munosabatlarning barcha guruhlari: iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-g‘oyaviy, huquqiy, ilmiy-texnik, axborot, har- biy, ekologiya va boshqa ko‘plab munosabatlar e’tiborga olinadi. Ma’naviy-g‘oyaviy masalalar qiyosiy tahlil obyektlarining uchinchi guruhini tashkil etadi. Bu jarayon ma’naviy-g‘oyaviy
soha obyektlarini qiyosiy tahlil qilish bilan bog‘liq.
Demak, badiiy adabiyotda mavjud tabiiy, ijtimoiy va ma’- naviy-g‘oyaviy hodisalar – qiyosiy tahlil obyektlaridir. Ammo bu obyektlar o‘ziga xos bo‘lib, ular o‘zining bir qator xususi- yatlarini hisobga olishni talab qiladi.

Qiyosiy tahlilning vazifalari


Ilmiy adabiyotlarda izohlanishicha, qiyosiy tahlilning gno- seologik, mantiqiy, metodologik, metodik, akseologik kabi va- zifalari mavjud1. Boshqacha aytganda, biz adabiy hodisalarni qiyoslash jarayonida, albatta, shu bosqichlardan o‘tamiz.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling