Kirish i-bob. O‘qish darslarida hikoyaviy mavzularning maqsad va zifalari va ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati
Download 0.6 Mb.
|
4-sinf o`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB. HIKOYALARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA KO‘RA O‘RGANISH………………………………………………………………………..
- XULOSA ..............................................................................................................33
MUNDARIJA: KIRISH.....................................................................................................................3 I-BOB. O‘QISH DARSLARIDA HIKOYAVIY MAVZULARNING MAQSAD VA ZIFALARI VA TA`LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI........ 1.1. Kichik yoshdagi o‘quvchilaming hikoyani idrok etishdagi psixologik xususiyatlari ………………………...……………...................................................6 1.2. Boshlang‘ich sinflarda hikoyani tahlil qilishning metodik shartlari.……...…14 1.3. Hikoya ustida ishlash ………………………………………………………...16 II-BOB. HIKOYALARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA KO‘RA O‘RGANISH……………………………………………………………………….. 2.1. Hikoyani o‘qish metodikasi ………………………………….….…………...24 2.2. Hikoya o‘tish darsi namunasi …………………………….……………….....28 XULOSA ..............................................................................................................33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.............................................................35 KIRISH Hikoyalar bilan o‘qitish bolajonlar uchun juda juda qiziq bo‘ladi.Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta`minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о`z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik о`zlashtirganligining kо`rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi. Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini о`zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о`rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini о`rgatish metodikasi yaratiladi. F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо`yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо`ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо`ydi. Ravonlikning asosiy kо`rsatkichi sifatida sо`zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о`rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо`g‘ri tqobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о`qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta`minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо`llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Nutqni о`qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega: - ta`lim maktab yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega; - nutqni о`rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar tо`g‘ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir; - nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bо`lishi kerak, xususan: ona tilini о`zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qо`shilishi, о`quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim; - о`qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan о`zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bо`lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim; - til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yо`naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur; -nutqni о`qitish bolalarning tilni о`rganish bо`yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bо`lishi kerak.Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о`qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: -nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy о`rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani о`zlashtirishining murakkab, kо`p omilli jarayonidir; -nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas; -bola nutqni rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, о`ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning о`ziga xosliklarini kо`ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta`sir kо`rsatishning eng samarali yо`llarini tanlashi lozim. Kurs ishi maqsadi: o‘qish darslarida hikoya o‘qishni tashkil etishning amaliy-nazariy asoslari. Kurs ishi vazifalari: —mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganish, uning o‘rganilganlik darajasini aniqlash; —kurs ishning nazariy va amaliy asoslarini belgilash; —o‘quvchilarining real bilish imkoniyatlarini tahlil qilish; —darslarda mustaqil fikrlash kontseptsiyasini asoslash va o‘qish taʼlimi mazmuniga mos biluv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish; —biluv topshiriqlari tizimini taʼlimga tatbiq qilish va uning samaradorligini o‘rganish.2-sinf o‘qish darslarida hikoya o‘qitishda biluv topshiriqlari va ijodiy mashqlarni amaliyotga tatbiq qilish tamoyillari, vositalari asoslandi. kurs ishida o‘quvchilarning o‘qish darslarida hikoya o‘qishni hamda mustaqil ishlarini tashkil etish muammosi alohida mavzu sifatida ajratilib, uning vositalari, samaradorligi, o‘quvchilar o‘zlashtirishining sifatini yaxshilashdagi o‘rni ilk bor o‘rganildi. Kirish, 2 bob, 5 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tuzilgan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling