Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet9/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

Qiyosiy tahlilning metodologik vazifasi. Qiyoslash ja-
rayonida biz ko‘plab metod va usullardan foydalanamiz. Bu esa bizning nafaqat obyekt haqidagi bilimlarimizni, balki ha- yotdagi ayrim muammolarni hal qilishdagi emperik bilimla- rimizni, ya’ni tajribamizni ham oshiradi va amaliy imkoniyati- mizni kengaytiradi.
Qiyosiy tahlilda dunyoqarash vazifasi. Ma’lumki, har bir
jarayon insonlarning bilimi va dunyoqarashiga bog‘liq holda amalga oshadi. Qiyosiy tahlilning qanchalik keng qamrovli bo‘lishi, aynan inson dunyoqarashi, bilimi va saviyasining qay darajada bo‘lishiga bog‘liq. Demak, dunyoqarash bu jarayon- da muhim rol o‘ynaydi. Subyektlarning dunyoqarashi, omma dunyoqarashining boyishiga xizmat qiladi.

Qiyosiy tahlilning baholovchi (akseologik) vazifasi ko‘p-


gina shaklda, ko‘pgina jihatlarda namoyon bo‘ladi. Biz nimaniki qiyoslamaylik, albatta, xulosada ilmiy-nazariy fikrlarimizga yakun yasab, u yoki bu adabiy hodisani baholaymiz. Shuning uchun ham qiyosiy tahlil mohiyatan akseologikdir, ya’ni, uning mazmunida o‘zaro o‘xshashlik va tafovutlari nuqtayi nazaridan qiyoslanadigan hodisalarning bahosi mujassamlashgan bo‘ladi. Bu esa nafaqat nazariy darg‘alarni boyitadi, balki ayrim masala- lar yechimida amaliy ahamiyat ham kasb etadi.
Qiyosiy tahlilning emperik vazifasi asosan amaliy va- zifalarni hal etishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bizning qarshimizda har kuni amaliy masalalar silsilasi paydo bo‘la- di. Qiyosiy tahlil amaliyotga xizmat qilsa va inson hayotida ahamiyatga ega bo‘lsagina, u chinakamiga natija beradi.


Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlar

Qiyosiy tahlil kutilgan natijani berishi uchun tadqiqotchi nima qilishi, qanday bosqichlardan o‘tishi kerak?


Avvalo, tadqiqotchi qiyoslash obyektlarini to‘g‘ri tanlab olishi kerak. Chunki qiyoslash obyektlarining mavjudlik vazi- yati bu bosqichlarni yuzaga keltiradi.
Birinchidan, hodisalarning ichki xususiyatini, ichki pa-
rametrlarini qiyoslamay turib, ularni qiyoslash, o‘xshashlik va farqlarini aniqlashning iloji yo‘q. Ularning asosiylari – qi- yoslanadigan obyektlarning mazmun, mohiyat, sifatlaridir. Shuning uchun, hodisalarning mazmun, mohiyat va sifatlari orasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash qiyoslash jara- yonidagi birinchi bosqichdir.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling