Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet11/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

Nazorat savollari:

  1. Tabiiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyosiy tahlil obyektlari bir- biri- dan qanday farq qiladi?

  2. Qiyosiy tahlilning vazifalari nimalardan iborat?

  3. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlarga izoh bering?

  4. Qiyosiy tahlil kutilgan natijani berishi uchun, tadqiqotchi qanday bosqichlarda ish olib borishi kerak?

  5. Zaruriyat – obyekt – mohiyat algoritmida qiyosiy tahlilni amalga oshirish mexanizmini tushuntiring?

  6. Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan qanday tipik vaziyatlarni bilasiz?

  7. Nima uchun har xil makon va zamon adabiy hodisalarini qi- yoslash jarayoni qiyosiy tahlil metodologiyasi va metodikasi uchun eng murakkabi sanaladi?







  1. mavzu:

QIYOSIY TAHLIL METODOLOGIYASI


Reja:

    1. Ilmiy tadqiqot metodlari va qiyosiy tahlil.

    2. Qiyosiy-tarixiy va chog‘ishtirish metodi xususida.

    3. Qiyoslash natijalarini baholashning mezonlari.

    4. Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini ta’minlash shartlari.



Tayanch tushunchalar: ilmiy tadqiqot metodi, emperik va na- zariy metodlar, qiyosiy tahlil metodologiyasi, qiyosiy sintez, qiyosiy induksiya, qiyosiy tarixiy va chog‘ishirish metodi, baholash mezoni, qiyosiy tahlil natijalari


Qiyosiy tahlil – borliqdagi hodisalarni bilish va o‘zgarti- rish bo‘yicha metodologiya bosqichlaridan biridir. Qiyoslash metodologiyasi ma’lum bir makon va zamonda mavjud turli jarayonlarni qiyoslash uchun asoslarni shakllantiradi. Shu- ning uchun ham metodologiyada qiyosiy tahlilning o‘rnini aniqlash zaruriyati mavjud.
Ma’lumki, metodologiya ilmiy tadqiqot metodlari haqidagi ta’limotdir. Barcha fanlarda ilmiy tadqiqot metodlari empirik va nazariy metodlarga bo‘linadi. Aynan empirik va nazariy metodlar asosida har bir fan, jumladan, adabiyotshunoslik ham o‘z tadqiqot usullarini shakllantiradi. «Tadqiqot metod- larisiz birorta fan o‘z maqsadiga (strategiyasiga), tadqiqot obyektining mohiyatini ochishga erisha olmaydi. Chunki u yoki bu fanning tabiat va jamiyat hodisalarini aniqlashi, ularga xos qonuniyatlarni topishi, ular haqida ilmiy-falsafiy g‘oyalar
chiqarishi, shak-shubhasiz, muayyan metodlar orqali amalga oshiriladi»1.
Empirik metod kuzatish va tajriba o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lib, rejalashtirish, tavsiflash, statistika kabi bosqich- lardan iborat.
Nazariy metodlarga esa analiz, sintez, abstraksiya, induksiya, deduksiya, analogiya modellashtirish kabilar mansubdir. Na- zariy metodlarning barchasi qiyoslash, umumlashtirish, tas- niflash (klassifikatsiya), baholash kabi bosqichlardan o‘tadi.
Demak, ayon bo‘ladiki, qiyoslash barcha nazariy ilmiy xu- losalarning asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun qiyosiy tahlilni amalga oshirishdan oldin ilmiy tad- qiqot metodlarini yaxshilab o‘rganish, ularning qiyoslashdagi rolini tushunib yetish kerak.
Nazariy metodlarni qisqagina tushuntiramiz: Analiz
tahlil, sintezxulosalash, abstraksiya – mavhumlashtirish,

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling