Qiyosiy adabiyotshunoslik
Download 1.01 Mb.
|
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.G.Gerder (1744–1803)
- I.V.Gyote (1782–1832)
- T.Benfey (1809–1881)
KOMPARATIVIST OLIMLARQiyosiy adabiyoshunoslik yo‘nalishida ilmiy ish olib borish- ni maqsad qilgan tadqiqotchi, albatta, komparativist olimlar va ularning ilmiy-nazariy xulosalari, qiyosiy adabiyotshunos- lik rivojiga qo‘shgan hissasini bilishi kerak. Shu maqsadda dunyoga mashhur yevropa va rus komparativistlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beramiz. I.G.Gerder (1744–1803) shoir va yozuvchi, tarjimon, qi- yosiy adabiyotshunoslik borasida ilk nazariy fikrlar bildirgan nemis olimi. O‘zining «Insoniyat tarixi falsafasiga doir g‘oyalar» (1784) asarida birinchilardan bo‘lib barcha yevropa xalqlari uchun umumiy bo‘lgan, yagona madaniy tarixiy jarayonning birligi g‘oyasini ilgari suradi. «Nemis adabiyotidan lavhalar» ki- tobidan esa bu fikrni mantiqan davom ettirib, barcha yevropa xalqlari uchun umumiy bo‘lgan adabiy hodisalar, an’analar kabi masalalarni yoritadi. «Xalq qo‘shiqlari» antologiyasida (1778– 1779) badiiy adabiyotda folklorning o‘rni va yevropa xalqlari uchun mushtarak tomonlari haqida so‘z yuritadi. I.V.Gyote (1782–1832) shoir, olim, tarjimon, I.G.Gerder- ning mushtarak madaniy jihatlar haqidagi nazariyasini davom ettirib, fanga «jahon adabiyoti» atamasini olib kirgan. Mash- hur «Faust», «G‘arb-u Sharq devoni» va ko‘pgina boshqa asar- lar muallifi. Ayniqsa, uning «G‘arb-u Sharq devoni» qiyosiy metodologiyaga asoslanib yozilgan asar bo‘lib, unda G‘arb va Sharq – jahon adabiyotini tashkil qiluvchi ikki buyuk qoya ekani isbotlab berilgan. Shuningdek, G‘arb va Sharq doimiy adabiy aloqada ekani, ular orasida umumiy adabiy qonuniyat- lar mavjudligi ochib berilgan. T.Benfey (1809–1881) nemis olimi, sanskritolog, qiyosiy adabiyotshunoslik nazariyotchisi. U fan olamida birinchi bo‘lib «syujetlar migratsiyasi», ya’ni syujetlarning jahon adabiyo- ti bo‘ylab ko‘chib yurish nazariyasini yaratgan. Olim qadim sanskrit asari bo‘lgan «Panchatantra»ni tarjima va tadqiq qila turib, undagi syujetlar ko‘chib yuruvchi syujetlar ekanini, turli xalqlar folklorida uchrashini qiyoslash metodi orqali isbotlab bergan. T.Benfey fan olamida birinchi bo‘lib, «Orient und Oc- cident» («Sharq va G‘arb») jurnaliga asos solgan. Bu jurnalda dastlabki qiyosiy tadqiqotlar o‘z aksini topgan. Bugungi kunda olim asos solgan «syujetlar migratsiyasi» nazariyasi asosida bir qancha ilmiy loyihalar bajarilmoqda1. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling