Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet45/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

A.A.Potebnya (1835–1891) – birinchi bo‘lib nazariy poe-
tika asoslarini ishlab chiqqan olim, tilshunos, faylasuf, tar- jimon. U o‘zining «Nazariy poetika» asarida fan tarixida bi- rinchilardan bo‘lib poeziya va proza, badiiy tasvir vositalari, poetik va mifologik tafakkur, stilistik figuralar haqida ilmiy nazariy xulosalarini bayon qilgan. Uning adabiyotshunoslikka doir ayrim izlanishlari keyinchaliik adabiyotshunos M.Baxtin tomonidan davom ettirilgan.
G.M.Brandes (1842–1927) – daniyalik adabiyotshunos olim,
publitsist, ko‘pgina ilmiy asarlar muallifi. «XIX asr Yevropa ada- biyotida asosiy yo‘nalishlar» nomli kitobida birinchi bo‘lib ayni haqiqatni, ya’ni bir xalqning dahosi, ikkinchi bir xalq dahosiga ehtiyoj sezadi va bu ehtiyoj unga katta kuch, g‘ayrat bag‘ishlay- di degan fikrni ilgari suradi. Uning ilmiy asarlari asosan jahon adabiyotining buyuk daholari ijodi tahliliga bag‘ishlanadi.
X.G.Gadamer (1900–2002) – nemis faylasufi va adabiyot-
shunosi. Germenevtika – talqin san’ati nazariyasi asoschisi.
«Haqiqat va metod», «Go‘zallikning dolzarbligi» kabi asarlar


1 Вечные сюжеты и образы в литературе и искусстве русского модернизма // mo- dernista.moscow/
muallifi. Uning asarlari qiyosiy adabiyotshunoslikda tarjima va talqin, tahlil va talqin kabi masalalarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Kurt Vays (XXasr)nemis komparativist olimi, Tyubin- gen universiteti professori. Qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yi- cha yaratilgan «Yevropa xalqlarining zamonaviy adabi- yoti»(1939), «Qiyosiy adabiyotshunoslikda tadqiqotchilik muammolari»(1948) kabi jamoaviy ilmiy asarlarning tashab-
buskori bo‘lgan.
D.Dyurishin (1928–1997) – qiyosiy adabiyotshunoslik nazariyasi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan slovak oli- mi, adabiyotni tipologik jihatdan o‘rganish yo‘nalishining jahondagi eng yirik mutaxassisidir. Olimning «Slovak realis- tik hikoyachisi va N.V.Gogol»(1966), «Adabiy komparavisti- ka muammolari» (1967), «Adabiy komparavistika tarixi va nazariyasidan»(1970), «Adabiyotni qiyosiy o‘rganish»(1972),
«Adabiy komparativistik nazariya»(1975), «Slovak adabiy komparavistikasi tarixi»(1979), «Slovak adabiy komparavisti- kasi bibliografiyasi»(1980) kabi bir necha kitoblari jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. D.Dyurishinning «Adabiyot- ni qiyosiy o‘rganish nazariyasi» asarida jahon adabiyotshunos- ligida qiyosiy tahlil metodining paydo bo‘lishi, shakllanishi yoritilgan. U tipologik tahlil adabiyotshunoslik uchun mu- him masalalaridan biri ekanini ko‘rsatadi va uning vazifasini adabiy ta’sirning tipologik va genetik (adabiy asarlar, yozuv- chilarning ijodiy merosi, adabiy maktablar, janrlar, uslublar shakllanishi va boshqalar) mohiyatini aniqlash, ularning ichki qonuniyatlarini ochishdan iborat deb belgilaydi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling