Mavzu: Hunarmadchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari. Kirish
Download 0.85 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- SH. M. Mirziyoev
Mavzu: Hunarmadchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari. Kirish Mehnat qo’shiqlari Marosim qo’shiqlari Charx qo’shiqlari Hunarmandchilikka aloqador qo’shiqlar To’quvchilik qo’shiqlari Xulosa Kirish “Musiqa san’ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga etkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. San’at bilan oshno bo‘lgan yoshlarning hayotga munosabati ,milliy urf odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo‘ladi. SHu ma’noda musiqa hech narsa bilan o‘lchab solishtirib bo‘lmaydigan ilohiy tasir kuchiga ega desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.” SH. M. Mirziyoev Mavzuning dolzarbligi: Yangilanayotgan O‘zbekistonimizda hozirgi kunda musiqa san’ati vositasida kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lmish o‘quvchilarni ma’naviy etuk, aqliy barkamol, jismonan sog‘lom, milliy madaniyat qadriyatlarga ongli munosabatda bo‘ladigan insonlar qilib tarbiyalash –Vatanimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, insonni bolalikdan musiqaga qiziqtirish ,musiqiy idrok ,tasavvurini o‘stirib borish har bir jamiyat uchun nihoyatda zarur bo‘lgan holatdir. SHu jarayonda musiqa insonga insonligini eslatib ,uning qalbida kelajakka umid va ishonch uyg‘otadi. Shu boisdan ham o‘quvchilarni musiqiy saviyasini rivojlantirib borish, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirib ,zaruriy bilim va amaliy ko‘nikmalar doirasini tarkib toptirish ,ayniqsa musiqaga iqtidori bor o‘quvchilarning malakaviy mahoratini oshirishda alohida e’tibor qaratish ,zaruriy shart –sharoitlar yaratish davlatimizning diqqat –e’tiborida bo‘lib turibdi.O‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qo‘shiq juda muhim rol o‘ynaydi.CHunki qo‘shiq o‘zida badiiy va musiqiy g‘oyalarning o‘zaro uyg‘unlashgan obrazlarini tarkib toptiradi.Bu borada ayniqsa, milliy, folklor qo‘shiqlarning mazmundorligi o‘zgachadir.Milliy qo‘shiqlarda xalqimizning milliy madaniyati,hissiy kechinmalari,inssoniy fazilatlari,ma’naviy dunyosi o‘z aksini topadi .Bugun mamlakatimizda milliy taraqqiyotimizning yangicha bosqichda ko‘tarilishi davrida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmokda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi ”Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi “ PQ -4320 son, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi “Buyuk ipak yo‘li halqaro musiqa festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi” 361- sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyundagi “Nurli navolar va halqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish Musiqa san’atining qo‘shiq shakli darsning asosiy o‘quv materiali hisoblanadi. U kuydan shunisi bilan farq qiladiki ,qo‘shiqqa ham ohang ham badiiy so‘z uyg‘unlashuvi natijasida nazm va navoning umumlashuvidan badiiy g‘oyasi vujudga keladi. SHu boisdan qaraganda o‘quvchi qo‘shiqni kuylashi orqali musiqiy ohang va badiiy ma’nosini anglab olish natijasida badiiy g‘oyasi vujudga keladi. Musiqa ta’limining milliy meros, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, milliy madaniyat namunalarini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotining o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmat qilishga yo‘naltirilgan yangi tarbiya tizimining amalga oshirilishi ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash imkonini berdi. Barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmani muassalarning zimmasiga ham muayyan vazifalarni yuklamoqda. Ana shunday vazifalardan biri– musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish, o‘quvchilarga milliy musiqiy meros, xususan, milliy musiqiy an’analar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ularda ilgari surilgan g‘oyalar to‘g‘risida nazariy ma’lumotlar berish, xalq qo‘shiqlarini ijro etish layoqatini hosil qilish, ijrochilik malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni milliy ma’naviy tarbiyalash beqiyosdir. Xalq qo‘shiqlari mazmunida shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’naviy–ahloqiy qarashlar mujassamlashgan bo‘lib muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. CHunonchi, xalq qo‘shiqlar mazmunida ota–onalarning hurmatlarini saqlash, qarindosh–urug‘ hamda qo‘ni-qo‘shnilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, ularga g‘amxo‘rlik, mehribonlik, mehr–oqibat ko‘rsatish, quvonchu tashvishlariga sherik bo‘lish, dillariga ozor etkazmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli—maʼnoli jarayonlar singari, Musiqa ham muayyan maʼlumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoni-yatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yoʻgʻonligi, uzunqisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan Musiqa nutqqa (nutq intonatsiyalariga) oʻxshaydi. Ammo, sanʼat turi sifatida Musiqa fakat ungagina xos boʻlgan xususiyatlar (mas, badiiy-estetik maqsadlarni koʻzlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, Musiqa tovushlarining muayyan musika tizimlarida tashkil etilishi) bilan nutkdan farq qiladi. Har bir alohida olingan Musiqa tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega boʻlsada Musiqa tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda oʻz aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari Musiqa madaniyati, jumladan, oʻzbek musiqa folklori, anʼanaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad asosini turli koʻrinishdagi diatonika tashkil etadi. Kompozitorlik Musiqada (ayniqsa, 20- a.da rivoj toptan yoʻnalishlarda) diatonika bilan birga xromatika ham keng oʻrin olgan. Musiqada asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya)dir. Musiqaning ogzaki anʼanadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Koʻp ovozli kompozitorlik yoʻnalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim oʻrin egallaydi. Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar maz-munining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Musiqa asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos boʻlib, bular badiiy mazmundagi oʻzgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga maʼlum darajada ziddir. Oʻzaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar Musiqa asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda oʻz yechimini topadi. Turli xalqlar Musiqa madaniyati va anʼanalarida Musiqaning barkaror va beqaror unsurlarining oʻzaro munosabatlari ham oʻzgachadir. Mac, anʼanaviylik mezoniga asoslangan ogʻzaki yoʻnalishdagi Musiqa uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar bilan birga Musiqa asarlari shakliga badixagoʻylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma anʼanadagi kompozitorlik sanʼati asarlari esa koʻproq aynan musiqiy rivojlanish qoidalariga, yaʼni tugallangan, yaxlit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda obʼyektiv holatda saqlashda asosiy omil boʻlgan nota yozuvi mu-him oʻrin tutadi. Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda oʻziga xos oʻringa egadir. U dam olish va koʻngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun Musiqa asarlari oʻz mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, sarbozcha, vals, marsh, messa kabi janrlar hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bogʻliq boʻladi. Ashula, dastgoh, cholgʻu kuy, maqom yoʻllari, konsert, miniatyura, romans va boshqalarda estetik taʼsir oʻtkazish vazifalari asosiy oʻrin tutadi. Janrlar, oʻz navbatida, diniy mussha, yoshlar musikasi, maishiy musiqa, ommaviy mussha, harbiy musika, kamer musiqa, simfonik mussha, xor musikasi kabi Musiqaturlariga birlashadi. Tari-xiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individual) Musiqa uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi, ohang, ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni oʻziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy madaniyatga mansub boʻlgan turli janrdagi asarlar umumiyatini aks ettiradi (qarang Avangardizm, Barokko, Klassitsizm, Ogʻzaki anʼanadagi musika, Romantizm, Sentimentalizm). Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling