Qo’sh qo’shiqlari.Markaziy Osiyo xalqlari qadim- qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullanib keladi.Dehqonchilik esa erta bahorda yerni haydashdan boshlanadi.Yer xaydash og’ir jismoniy mehnat bo’lib, bunday og’ir mehnat paytida dehqonlar qo’shiq kuylab, o’zlarini ovutganlar. Yozib olingan namunalarda esa og’ir mehnatdan, shafkatsiz tengsizlikdan shikoyat ohanglari ish xayvonlari tilidan bayon qilinadi:
SHoxlarim bor gaz-gaz, kuloch,
Ustida uynar kaldirgoch.
Xayday desam kornim och,
Men qo’shga qanday yarayin.
Qo’sh qo’shiqlarining boshqa turlari mavjud.Ularda lirik bayon bevosita dehqon tilidan olib boriladi.
O’roq o’rmoqolmok-solmok,
Qo’shhaydamoq bormok-kelmok
Hammasidan qiyin ekan,
Ey xo’kizim, po’zg’op qurmoq
O’rim qo’shiqlari.O’rim– dehqon mehnatining samarasini ko’rsatadigan payt. O’rimqo’shiqlari yakka yoki ko’pchilik tomonidan ijroetilgan.Ularda bahorning injiq, yozningshafqatsizkezlarida qilingan mehnatning samara berganligidanquvongan dehqonning ko’tarinki ruhi yetilganhosilni tezrok yig’ib olishga bo’lgan kuchli ishtiyoqtarannum etiladi.
Urog’im olmos,
O’rimdan qolmas,
Sira ham tolmas,
Urmasam bo’lmas.
Dehqon xayvonlarni xaydab, kun buyi xirmonda don yanchar ekan, baland ovoz bilan qo’shiqlar aytadi. Ana shunday qo’shiqlar xalq o’rtasida «Ho’p mayda» deb yuritiladi.
Ho’p xayda-yo, ho’p hayda, mayda-yo, mayda,
Qalqon qulog’im hayda, mayda-yo, mayda,
Temir tuyog’im xayda, mayda-yo, mayda,
Xirmonni qilgan mayda, mayda-yo, mayda.
Do'stlaringiz bilan baham: |