Qiyosiy pedagogika faning tadqiqot metodlari
Download 52.56 Kb.
|
QIYOSIY PEDAGOGIKA FANING TADQIQOT METODLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyosiy pedagogika metodlari
- Taqqoslash
- Taqqoslash metodi
QIYOSIY PEDAGOGIKA FANING TADQIQOT METODLARI Reja: Pedagogika fanining tadqiqot metodlari haqida tushuncha. Ilmiy tadqiqot metodlariga qo’yiladigan talablar. Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi. a)tavsiflash metodi, b) statistik metod, v) tarixiy metod, g) sosiologik va analitik metod. 1.Pedagogika faning tadqiqot metodlari. Qiyosiy pedagogika metodlari - metodologik yondashuvlar bilan bevosita bog’liq bo’lib, ular asosida amalga oshiriladi. Kompravistika uchun: tasvirlovchi, tarixiy, ijtimoiy, statistika, qiyoslash kabi metodlar ulkan ahamiyatga ega. Qiyosiy pedagogika yondosh fanlarda qo‘llanadigan tadqiqot metodlaridan ham foydalanadi. Tadqiqot jarayonida bu metodlar bir-biriga o‘zaro ta’sir qilib bog’lanib ketadi. Qiyosiy pedagogikaning o’ziga xosligi shundan iboratki, uning asosiy tadqiqot metodi qiyoslash metodidir. Taqqoslash (qiyoslash) turli madaniy an’analarga ega bo’lgan ta’lim tizimlarini o’zaro taqqoslash hamda qiyoslashga asoslanadi. Taqqoslash metodi – ta’lim tizimlari, pedagogik nazariya va amaliyotdagi umumiy va farqli jihatlarni, shuningdek, qonuniyatlar va tendensiyalarning namoyon bo’lishini aniqlaydi. Taqqoslash metodi ta’lim tizimlaridagi umumiylik va o’ziga xoslikni, pedagogik nazariya va amaliyotning o’xshash va farqli tomonlarni, qonuniyatlar va tendensiyalarning universal va spestifik jihatlarini ajratish imkonini beradi. Masalan, hududiy jihatdan yaqin bo’lgan Xitoy va Yaponiya ta’lim tizimlarini bir-biriga qiyoslash imkoniyatlari kengroq. Ammo, bu ikki davlat ta’lim tizimlarini Evropa davlatlari bilan qiyoslash va taqqoslash maqsadga muvofiq bo’ladi. Fanlar ni qiyosiy metod bilan taqqoslash zarurligini ko’pgina olimlar uqtiradilar. Ularning fikricha, qiyosiy pedagogika fanlarni qiyoslash va taqqoslash obyektlar sohasidagi farqlarni aniqlash tufayli katta yutuqqa erishadi. Bu fanlarda qiyoslash xuddi qiyosiy anatomiya, botanika, tilshunoslik va boshqa fanlardagidek umumiy xarakter kasb etadi. Qiyoslanayotgan ma’lumotlarni taqqoslash turli ijtimoiy tizimga ega bo’lgan mamlakatlarda pedagogik hodisalarni qarama-qarshi va qiyosiy metod yordamida xalq maorifi tizimining ijtimoiy-iqtisodiy tuzum belgilangan prinsiplari, alohida mamlakatlar va maorif taraqqiyotining umumiy qonuniyailari va tendensiyalari, ilmiy xususiyatlari aniqlanadi. Maktab va maorifning ahvoli haqidagi miqdor va sifat ma’lumotlarini qiyoslash va solishtirish uchun umumiy sifat ko’rsatkichlari bo’lishi kerak. Qiyoslash va solishtirishda quyidagilar hisobga olinadi: ijtimoiy, iqtisodiy tizim, ta’lim va tarbiya sohasidagi tarixiy an’analar, mamlakat fan-texnika va madaniyatning rivojlanishi darajasi, pedagogik nazariyalar va ularning tarbiya amaliyotida ta‘siri aks etishidir. Tadqiqot metodlari tahlil qilinadigan materialning vazifasi va mazmuniga bog’liq bo’lib, hamkorlikda qo’llanishi mumkin. Pedagogik hodisalar, muammolar metod ko’rsatkichlari klassifikatsiyasi esa yetarli mukammal emas va yanada mukammallashtirishni talab qiladi. Materiallar asosiy uch guruh: Sharq, Evropa hamda rivojlangan mamlakatlarda pedagogik hodisalarni qiyosiy tahlil qilish prinsipi asosida bayon etiladi. Pedagogik muammoni qiyosiy tahlil etishda mamlakatlar guruhi yoki alohida mamlakatning qo’yilishi va hal etilishi, tavsifi hamda darajasiga ta’sir ko’rsatadigan o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Download 52.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling