Qiyosiy pedagogika faning tadqiqot metodlari


Download 52.56 Kb.
bet2/6
Sana31.01.2024
Hajmi52.56 Kb.
#1818032
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QIYOSIY PEDAGOGIKA FANING TADQIQOT METODLARI

Tasvirlash metodi tahlil qilish uchun zarur va etarli bo’lgan axborotlarni to’plash, aniqlangan dalillarning o’ziga xosligi, obyektivligi, guruhlanishi, tizimlanishi va tasnif etilishini tadqiq qilish uchun qo’llaniladi. Ta’lim tizimidagi yagona va o’ziga xos hodisalarni aniqlashni nazarda tutadi. Ko’p hollarda tasvirlash metodi ilmiy va badiiy adabiyotlarni o’rganish orqali turli mamlakatlarda ta’lim va tarbiya jarayonining yorqin lavhalarini ifodalash imkonini beradi. Masalan, rus jurnalisti va yozuvchisi V.V.Ovchinnikovning publististik asarlari-“Qayin ildizi(Angliya va inglizlar haqidagi fikrlar va taassurotlar)”, “Sakura novdasi (Yaponlar qanday odamlar ekanligi haqida hikoya)”da biz Buyuk Britaniya va Yaponiyadagi ta’lim va tarbiya hamda bolalarni ijtimoiylashtirish to’g’risida ajoyib lavhalar tasvirlanganligining guvohi bo’lamiz. XVIII asrda yashab ijod etgan faylasuf Chesterfiltning “O’g’limga xat” deb nomlangan mashhur asarida hozirgi zamondoshlarimiz uchun o’z ahamiyatini yo’qotmagan Angliyaning oqsuyak bolalari tarbiyasining o’ziga xos qadriyatlarini ko’rishimiz mumkin.
Tarixiylik metodi turli davrlarda ijtimoiy-siyosiy davlatchilik shakliga ega bo’lgan mamlakatlarda ta’lim tizimining vujudga kelishi, rivojlanishi va taraqqiyoti, uning o’ziga xos muammolarini qiyosiy-tahliliy jihatdan o’rganish imkoniyatini beradi.
Tadqiqotning tarixiy metodi qiyosiy pedagogikada pedagogik hodisalarga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Milliy maorif tizimining paydo bo‘lishi va shakllanishi, maorif va madaniyatning paydo bo‘lishi va shakllanishi, maorif va madaniyatning rivojlanishidagi asosiy an’analar, xalq maorifi sistemasining tuzilishi, uning tarixiy davrda o’zgarishi, mamlakatda davlatning maktab siyosatiga maktab va dinning o’zaro munosabatiga xarakteristika, maorif taraqqiyotidagi traditsiyalar, muammolar va tendensiyalarni aniqlash, pedagogik g’oyalar, nazariyalar va maorifning ayrim muammolarini tadqiq etish va hokazo. Pedagogik muammoga oid xulosalashning genezisi va taraqqiyot xususiyatlarining tahliliga asoslangandagina ilmiy natija olish mumkin.

Download 52.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling