Qiyosiy pedagogika
“Qiyosiy pedagogika”da metodologik yondashuvlar
Download 1.06 Mb.
|
Qiyosiy pedagogika 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy-falsafiy yondashuv
- Ma’lumotli yoki mamlakatshunoslikka oid yondashuvda
- Etnomadaniy yondashuv
“Qiyosiy pedagogika”da metodologik yondashuvlar
Melioristik yondashuv Melioristik yondashuv (M.A.J.Parijskiy): boshlangich, o‘rta, oliy ta’lim kabi talim bosqichlari va xotin-qizlarning ta’lim olishi, o‘qituvchilarni tayyorlash kabi muammolar bo‘yicha savollardan iborat bo’lgan so‘rovnoma hamda kuzatuvlar asosida o‘tkazilgan tahlillardan iborat. Tarixiy-falsafiy yondashuv vakillaridan biri rus pedagogi K.D.Ushinskiy bo'lib, u har bir ta’lim tizimining milliy xususiyatlarini saqlash tarafdori edi, bu esa chet el tajribasini tadbiq etishga birmuncha to‘sqinlik qilardi. Ingliz komparativistikasining klassik vakili M.Sendler ham ma’naviy va madaniy omillami bilmasdan turib, milliy ta’lim tizimini taqqoslash mumkin emas deb hisoblardi. XX asr boshlarida qiyosiy pedagogikada tizimli-sotsiologik yondashuv yuzaga keldi, bunda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, g'oyaviy xarakterdagi omillar qiyosiy tadqiqotlarning asosi deb qabul qilindi. Fanlararo yondashuvda, birinchidan, ta’lim tizimi rivojlanishining mamlakat iqtisodi bilan, demak, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy fanlar bilan bog’liqligi, ikkinchidan, tadqiqotlarda didaktika, tarbiya nazariyasi, etnopedagogika, pedagogika tarixi, oliy maktab pedagogikasi kabi sintezining zarurligi bilan bog’liqdir. Ma’lumotli yoki mamlakatshunoslikka oid yondashuvda aniq davlatlardagi ta’lim tizimi rivojlanishining hozirgi holati tavsifiy bayon etiladi. Resursli yondashuv qiyosiy pedagogik tadqiqotlarda ta’lim tizimining resursli ta’minot muammolarini o'rganishni nazarda tutadi: qonunchilik va siyosiy resurslar, ijtimoiy-siyosiy muhit va sharoit, moddiy-moliyaviy resurs, inson resurslari, ta’lim sohasidagi axborot resurslari majmui shular jumlasidandir. Etnomadaniy yondashuv ayrim davlat, hudud va global miqyosda xalq ta’limi va madaniyatining rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlar va milliy xususiyatlami aniqlashni nazarda tutadi, bu yondashuv hozirgi kunda juda muhim sanaladi, milliy ta’lim tizimlarining globallashuv va integratsiyalashuv yo'nalishi qiyosiy pedagogik tadqiqotlarda mazkur yondashuvning asosiy tamoyillarini ajratib ko rsatish imkonini beradi Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling