Qiyosiy pedagogika
qiyosiy tadqiqotlar davri
Download 1.06 Mb.
|
Qiyosiy pedagogika 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXI asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar.
qiyosiy tadqiqotlar davri deb ataladi va bu
davrda qiyosiy tadqiqotlarning ahamiyati va ishonchliligi yanada orta boradi. Qiyosiy pedagogika nazariyasi, ta’limining ayrim muammolari va ba’zi qirralariga oid ko’plab ilmiy ishlar nashr qilindi. Mazkur davrda qiyosiy pedagogika bilan bog’liq quyidagi muassasalar va nashriyotlar tashkil topdi: Gamburgdagi Pedagogika instituti “Xalqaro ta’lim” jumalini chop etdi (1951 yil); AQSHda “Qiyosiy pedagogika” jamiyati yuzaga keldi (1956 yil); Qiyosiy pedagogikaning Yevropa jamiyati tuzildi (London, 1961 yil) va Buyuk Britaniya, Germaniya, Belgiya, Ispaniya kabi davlatlarda bo’limlari ochildi; Zaltsburg “Qiyosiy pedagogika” instituti (Avstriya); Kyusyu “Qiyosiy pedagogika” instituti (Yaponiya); Chikago “Qiyosiy pedagogika” instituti (AQSh); Kolumbiya, Garvard universitedarida (AQSh) “Qiyosiy pedagogika” kafedralari, laboratoriya markazlari; Gamburg, Margburg universitetlari (Gennaniya) va boshqalar ham shular jumlasidandir. Dunyo ta’lim makonining yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni “inson kapitali” sifatida e’tirof etilishi, ma’lumot haqidagi diplomlarning dunyo bo’ylab tan olinishi chet el tajribasini o’rganish jarayonini tezlashtiradi. 1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda yettita bosqich ko’rsatilgan. 0 - maktabgacha ta’lim; 1 - boshlang’ich ta’lim; 2 - o’rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 - o’rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 - o’rta ta’limdan keyingi ta’lim ’ oliy ta’lim emas; 5 - oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6 - oliy ta’limning ikkinchi bosqichi 7 - oliy ta’limdan keyingi ta’lim. XXI asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar. Dunyo ta’lim makonining yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni “inson kapitali” sifatida e’tirof etilishi, ma’lumot haqidagi diplomlarning dunyo bo’ylab tan olinishi chet el tajribasini o’rganish jarayonini tezlashtiradi. 2011 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda to’qqizta bosqich ko’rsatilgan. 0 – kichik yoshgacha bo’lgan bolalar 0-7 yoshgacha –o’qish davomiyligi 6-7 yil 1 – boshlang’ich ta’lim 5-7 yosh o’qish davomiyligi 4-7 yil 2 – o’rta ta’limning 1-bosqichi 10-13 yosh 5 yil 3 – o’rta ta’limning 2-bosqichi 14-16 yosh 2-3 yil 4 – o’rta professional ta’lim 16-17 yosh 1-4 yil 5 – o’rta professional ta’lim (uchlamchi ta’lim) 16-18 yosh 1-4 6 – bakalavr yoki uning ekvivalenti-Yoshi cheklanmagan 3-4 yil Jahon ta’lim tizimining ko’p omilli ko’rinishga egaligi metablokli, makroregional va alohida davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil etishga imkon beradi. 7 – magistratura yoki uning ekvivalenti-yoshi cheklanmagan 5 yil 8- doktarantura yoki uning ekvivalenti-Yoshi cheklanmagan 3-yildan kam bo’lmagan Jahon ta’lim tizimining o’zaro aloqadorligi va o’zaro harakati belgilariga ko’ra regionlarni bir necha turga bo’lish mumkin: Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan regionlar kiradi. Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob qaytarayotgan hududlar tegishli. Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e’tibor qaratayotgan regionlar kiradi. Misol qilib G’arbiy Yevropani, Birlik g’oyasi 1990 yillardan G’arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining asosiga aylandi. Birinchi turga mansub regionlarga shuningdek, AQSh va Kanada kabilarni ham kiritish mumkin. Jahonda integratsion jarayonlarning generatori sifatida yangi Osiyo-Tinchokeani regioni ham shakllanmoqda. Unga Koreya, Tayvan, Singapur va Gonkong, shuningdek, Malayziya, Tayland, Filippin va Indoneziya kabi davlatlarni kiritish mumkin. Birinchi navbatda bu Lotin Amerikasi davlatlaridir. Tarixda bo’lgani singari bugungi kunda ham Lotin Amerikasiga integratsion o’choqlar zonasi sifatida AQSh va G’arbiy Yevropa tomonidan ta’sir ko’rsatilmoqda. Mazkur guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining katta qismi, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch va Atlantika okeani havzasidagi uncha katta bo’lmagan orol davlatlarini kiritish mumkin. Afrika davlatlarida maktab ta’limining davomiyligi minimal daraja – 4 yildan kam. Mazkur hududlarda aholining ko’pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy Saxarada yashovchi 140 mln afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi davomiyligining eng pastligi Nigeriyada – 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda – 2,4 yil, Gveniyada – 2,7 yil, Jibutida – 3,4 yil. XX asrning oxiriga kelib qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablarga ko’ra ta’limning uzluksizligi va integratsion jarayonlarda og’ishlar kuzatilayogan hududlar ajratib ko’rsatildi. Bunday hududlarga arab davlatlari, Sharqiy Yevropa va Sobiq SSSR davlatlari kiradi. Arab davlatlarida ichki integratsiyaga tayanadigan to’rtta subregionni shakllantirisha intilish kuzatilmoqda. Bu hududlarga: Mag’rib (Liviya bilan birga), Yaqin Sharq (Misr, Iroq, Suriya, Livan, Iordaniya), Fors ko’rfazi (Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA, Qatar, Ummon, Baxrayn), Qizil dengiz bo’yi va Mavritaniya davlatlari. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling