Qiyosiy pеdаgоgikаdа tаdqiqоtlаr tipоlоgiyasi vа оo‘Yulаridа tа’lim vаriаtivligi Reja


Download 18.83 Kb.
bet1/2
Sana29.01.2023
Hajmi18.83 Kb.
#1138391
  1   2
Bog'liq
qiyosiy pedagogikada tadqiqotlar tip


Qiyosiy pеdаgоgikаdа tаdqiqоtlаr tipоlоgiyasi vа ОO‘Yulаridа tа’lim vаriаtivligi
Reja:

  1. Qiyosiy pеdаgоgikаdа tаdqiqоtlаr tipоlоgiyasi

  2. ОO‘Yulаridа tа’lim vаriаtivligi

  3. Qiyosiy pеdаgоgikаdа tаdqiqоtlаr tipоlоgiyasi vа ОO‘Yulаridа tа’lim vаriаtivligining bugunga kundagi holati



Tayansh tushunchalar:qiyosiy pedagogika,jahonning turli mamlakatlari, ta‘lim nazariyasi, amaliyot rivoji, dalil va faktlar, to‘plash va tizimlashtirish, asosiy vazifa, xalqaro va milliy, ilmiy, axborot muassasalari, xalqaro ko‘rgazmalar, madaniyat, maorif xolati, milliy stend.
Qiyosiy pedagogika ilmiy bilimning, mustaqil tarmog‘i statusini olish jarayoni 1920-yillardan boshlandi. Bu davrda qiyosiy pedagogikaning funksiyalari, jahonning turli mamlakatlarida ta‘lim nazariyasi va amaliyoti rivojini aks ettiruvchi dalil va faktlarni to‘plash va tizimlashtirish va umumlashtirishni o‘zining asosiy vazifasi deb bilgan birinchi xalqaro va milliy, ilmiy va axborot muassasalari tashkil qilina boshladi. Shu jumladan, xalqaro ko‘rgazmalarda madaniyat va maorif xolatini aks ettiruvchi milliy stendlar paydo bo‘ldi.
1919 yilda Nyu-Yorkda xalqaro ta‘lim assosiatsiyasiga asos solindi, 1923 yilda Kolumbiya universiteti pedagogika kolleji qoshida xalqaro institut, 1925 yilda markaziy German institutining chet el pedagogikasi bo‘limi tashkil qilindi. 1922 yilda millatlar ligasi intellektual hamkorlik bo‘yicha xalqaro komissiyani tasdiqladi. Uning ish faoliyatida A.Eyniyeyn, M.S.Sklodovska – Kyuri, A.Bergson kabi etuk olimlar va faylasuflar ishtirok etganlar. Ular yer yuzida tinchlikni saqlashning asosiy sharti – ta‘limni kengaytirish, deb hisoblaydilar. Komissiya tashabbusi bilan 1926 yilda millatlar ligasi assambliyasi qarori bilan Parijda ta‘lim sohasida xalqaro muloqotlar rivojlanishida alohida rol o‘ynagan, xalqaro intellektual hamkorlik instituti tashkil qilindi. Shu kabi muassasalar orasida xalqaro maorif byurosi (XMB) katta ahamiyatga ega.
1925 yilda Jenevada taniqli shvedsar pedagogi E.Klapared tashabbusi bilan xususiy assossiatsiya tashkil qilingan edi, ammo tezda o‘z faoliyati masshtablarini sezilarli kengaytirishga imkon beruvchi – ta‘sir ko‘rsatuvchi hukumatlararo tashkilotga aylandi. Taniqli psixolog J.Piaje uzoq vaqt XMB rahbari bo‘lib faoliyat olib bordi. Uning o‘rinbosari bo‘lib komparativist P.Rosselo xizmat qiladi hamda ―Julen Parijskiy – qiyosiy pedagogika otasi va xalqaro Maorif Byurosining yo‘lboshchisidir‖ deb nomlangan doktorlik dissertatsiyasini tayyorlaydi. XMB ilmiy–pedagogik muassasalar va turli mamlakatlar, maorif boshqarmalari orasida aloqa o‘rnatadi. Xalqaro pedagogik konferensiyalar, pedagoglar va maorif arboblarining chet el safarlarini uyushtiradi. XMB faoliyatida nashr ishiga alohida o‘rin ajratadi. Ta‘lim va tarbiya masalalariga bag‘ishlangan turli xil adabiyotlar chop etildi. 1927 yildan har kvartalda chiqariladigan ―Pedagogik hujjatlar va axborotlar davriy nashri va Qiyosiy pedagogika bo‘yicha izlanishlar va sharhlar‖ seriyasi, 1933 yildan – Ta‘lim bo‘yicha xalqaro yilnoma‖lar shular jumlasidandir. Bu faoliyatni ―amaliy qiyosiy pedagogika‖ deb atash mumkin.
Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqaro pedagogik aloqalar uzildi, ammo tezda qayta tiklandi. XX asr o‘rtalarida yoyilgan ilmiy-texnika revolyutsiyasi jamiyat hayotida turli sohalarni internatsionallashtirish, shu jumladan, ta‘lim jarayonini jadal rivojlanishiga sharoit yaratdi. Maorif sohasida xalqaro hamkorlik yanada kengaydi. Shunga xos institutsion baza yaratila boshlandi.
1946 yilda ta‘lim masalasi doimo ustun bo‘lgani uchun, ta‘lim Fan va madaniyat masalalari bo‘yicha (YUNESKO) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi. Bu katta obro‘ga ega bo‘lgan tashkilot bilan 1969 yildan rasman YUNESKOning tarkibiy qismi hisoblangan XMB faol hamkorlik qilar edi. Jahondagi ta‘lim ahvoli haqidagi turli materiallarni to‘plash, tizimlashtirish va nashr ettirishni amalga oshirayotgan YUNESKO organlari qiyosiy – pedagogik izlanishlarda zaruriy-doimiy baza yaratdilar.

1977 yilda YUNESKO nashriyotida ―Ta‘limda xalqaro sinflash‖ nashr qilindi, unda shakllangan prinsiplar, hozirgi kunda ham chiqarilayotgan ta‘lim bo‘yicha yilnomaga asos bo‘lib xizmat qilgan. YUNESKO tomonidan qiyosiy pedagogikaning rivojlanishi, ta‘lim sohasidagi milliy qonuniy aktlar, rejalar va reformalarni taqqoslash prinsiplari va uslublarini ishlab chiqish masalalariga maxsus bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalar hamda seminarlar o‘tkazildi.


1950 yillardan boshlab, qator mamlakatlarda, yirik izlanish markazlari faoliyat ko‘rsata boshladi. Frankfurt – na – Mayn (GFR)da xalqaro pedagogik izlanishlar instituti, Sevra (Fransiya)dagi xalqaro pedagogik izlanishlar markazi, Zalsburgdagi (Avstriya) qiyosiy pedagogika instituti va boshqalar. AQSh, Angliya, Germaniya, Yaponiya universitetlarida qiyosiy pedagogika kafedralari tashkil qilindi. Uning a‘zolari izlanish ishlarini ma‘ruzalar o‘qish, seminar mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan shug‘ullanar edi.
Dunyo ta‘limini rivojlantirish masalalari bilan qiziquvchi alohida mamlakat masshtabidagi nazariyotchilar hamda amaliyotchi pedagoglarni birlashtiruvchi qiyosiy pedagogikaning milliy jamiyatlari vujudga keldi. Dastlabki jamiyat
Download 18.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling