Qiyosiy tilshunoslikning dolzarb masalalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar Reja
Download 47.46 Kb.
|
qiyosiy
Foydalanilgan adabiyotlar
1. T.A.AАмирова, Б.A.Oлховиков, Ю.В.Рождественский. Oчерки по лингвистики. M., 1975. 2. Я.В.Лоя. История лингвистических учений. M., 1968. 3. Xрестоматия по истории языкознания XIX-XX веков. M.,1956. 4. Н.A.Koндрашов. История лингвистичевких учений. M.,1979. 5. В.И.Кодухов. Oбщее языкознание. M., 1974. 6. S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik. T., 1972. Olimlarningtaxminqilishicha, yeryuzidaoltiminggayaqintilmavjudularningko’pchiligimiliyvaxalqtillaridir. Ayrimjoylardagiqabilatilarihamshuxisobgakiradi. Milliytillaro’zlariningtarqalishhududivaulardanfoydalanuvchiaholiningmiqdorijihatidanbirxilemas. Yer yuzidagi barcha tillarni tekshirish, o’rganish XIII- asrdan boshlanadi. XIX- asrning birinchi yarmida tillarning bir-biriga solishtirib tekshirish keng tus jldi. Mustamlaka davlatlarning tabbiy boyliklarini talash, mehnatkash ommani kuchli exsplutatsiya qilish xisobiga boyishnio maqsad qilb olgan berjuaziya uzoq qit’alardagi xalqlarning tilini tekshirishga, bu tillarni Yevropadagi tillar bilan taqqoslab o’rganishga kirishadi. Bu sohada hind tilini solishtirib tekshirish katta roi o’ynaydi. Natijada burjua tilshunoslari tomonidan bu davrda “Hind-yevropa tilsunosligi” deb nomlangan ta’limot maydonga keltirildi. Lingvistik tadqiqot usuli bo’lgan qiyosiy tarixiy metot tillarning fonetik, morfologik va lenik xususiyatlarini bir biriga solishtirib tekshirish, ular orasidagi o’xshashlik va farqlarni anglashga yordam beradi. Shuning uchun bu usulni tarixiy-qiyosiy metot deb nomlanadi. Bu metot bilan tillarni tekshirga va lingvistik asarlari bilan tanilgan olimlar sifatida XIX asr tilshunoslaridan danyalik Rasmus Rask (1787-1832), nems olimlari Frans Bopp (1791-1867) va Yakuk Grimmni (1785-1863), rus olimi akademik Aleksandr Vostokovni (1781-1864) ko’rsatib o’tish lozim. Bu olimlar turli oilaga mansub tillarni qiyoslab tekshirish, tarixiy yo’sunda tahlil etish, tasvirlashga muvofaq bo’ldilar. Tilshunoslikda tillarning bir necha tasnifi mavjud bo’lib, eng muhimlari quyidagilar: areal (geografiya) funksional tipologik va geneologik tasnif. Areal tasnifda jahom tillarining xaritasi, turli mamlakatlarning til tomondan tasnifi, ayrim tillar qo’llanish doirasining kengayishi kabi masalar o’z ifodasini topadi. Tillarning funksional tasnifi quyidagi belgilarga asoslanadi: tillarning xalq tarixi bilan aloqsi tilning jamiyatdagi vazifasi Tillar xalq tarixi bilan aloqasiga ko’ra qabila tili, elat tili va milliy tillarga ajraladi. Tillarning ijtimoiy vazifasi kengaytishi ularning funksional defferensiallashuviga olb keladi. Turli nutq uslublari shakllanib boradi. Hozirgi adabiy tillarning ko’pchiligida badiiy, ilmiy publitsistik, rasmiy-idoraviy so’zlashuv uslublari shakllangan, tillarning tasnifida ularning gramatik qurilishi asosga olinib, asosiy tiplari belgilanadi. Bunda tillarning morfologik va tipologiyasi farq qiladi. Tillarning tipologik (morfologik) tasnifi tilshunoslikda ancha keng tarqalgan. Sintktik tasnif asa subyekt predikat, ob’yekt-atrigut munosabatlarining ifodalanishiga asoslangan. Shunga ko’ra tillarning uch turi mavjud: posissiv, no’minativ va ergativ. Posisivlar lotincha egalik, qarashlilik sintaktik tipda ot atributiv konsturuksiyalar, ularning ko’rinishlari asosiga olinadi. Bu egalik, qo’shimcha qarashlilik munosabatini ifoda qiluvchi maxsus sintaktik konsturuksiyalardir. Nominativ sintaktik tipda ega bo’sh kelishik shaklidagi so’zlar bilan ifodalanadi: inson ko’p narsaga qodir Ergativ (Grek-bajaruvchi shaxs) sintaktik tipda ega faqat bosh kelishik shakldagi so’zlar bilan emas ergativ kelishik shakldagi so’zlar orqali ifoda qilinishi ham mumkin. U ko’proq kavkaz tillariga xos. O’zbek tilida ergative kelishigidagi so’z to’ldiruvchi bo’ladi. Tillarni morfologik tasnif qilishda so’zlarning tuzilishi eng muhim belgi qilib olinadi. Bu usulda so’zlarning kelib chiqishi etiborga olinmaydi. U eng avvalo har bir tilning gramatik qurulishini nazarda tutadi, ya’ni nutqda so’zlarning o’zaro bog’lanishidagi so’z, turlovchi va tuslovchi qo’shimchalarning bor-yo’qligi ularning xususiyatlari va so’zning yo’nalish tomonlarin hisobga oladi. Shuga ko’ra morfologik usul barcha tillarni ikki asosiy guruhlarga ajratadi. I.qo’shimchali (affiksli) tillar. Bunday tillarda nutqdagi so’zlarning bir-biriga bog’lanishi so’z tarkibiga bog’liq bo’ladi. Morfologik usulga asoslangan qo’shimchali tillar yana ikki guruhga bo’linadi. 1.aglyutinativ tillar (agglyutinare lotincha so’z bo’lib ulash, yopishtirish demakdir). 2.Felektiv tillar (flexio lotincha so’z bo’lib egilmoq bukilmoq demaktir). Bu ikki xil guruhdagi tillarning hammasi qo’shimchali tillar deb hisoblansa ham, lekin ulardagi qo’shimchalarning harakteri va so’zlarga ulanish bog’lanish xususiyatlari bir-biriga o’xshamaydi. II. Qo’shimchasiz tillar. Bunday tillarda gap tarkibidagi so’zlarning bir-biuri bilan munosabati, asosan so’z tarkibi orqali ifodalanadi. Qo’shimchasiz tillarda yordamchi so’zlar va so’z yasovchi elementlar bo’ladi. Masalan, qo’shimchasiz tillar qatoriga kiruvchi xitoy tilidagi-chje shi xao shen-bu yaxshi odam –ta tszade xao-bu yaxshi ishlagan. Xao so’zi gapdagi o’rniga qarab aniqlovchi, ravish va kesim bo’lib kelgan. Morfologik tasnif tilning qurilishi va uning tuzilishini o’rganishga bilishga yordam beradi. Shuningdek har qaysi tilning grammatikasini izohlab berishda,morfologik tasnifningma’lum darajasida ta’siri bor. Biroq morfologik tasnif ramchiliklardan holi emas. Birinchidan morfologik tasnif tuzilishi jihatidan xilma-xil bo’lgan barchatillarni qamrab ololmagan. U faqat grammatik tuzilishi jihatidan bir-biridan uncha farq qilmaqgan tillarnigina o’z ichiga oladi. Ikkinchidan mormofologik belgilarga qarab til turlarini guruhlarga ajratish nihoyatda mushkul muammo. Tillarning morfologik(tipologik yoki stuktural) tasnifi-umuman til tiplarini ajratish –qanday maqsad bilan qilinishidan qat’iy nazar, dastlab tillarning strukturasini aniqlashga urunushdan kelib chiqdi. Tillarni struktura jihatidan ayrim gruppalarga ajranish tilning fonetik sistemasini, lug’at sastavini va grammatik qurulishini ko’zda tutadi. Biroq tilning klassifikatsiyasini yaratishda asosiy e’tibor asosan Grammatik qurulishga beriladi. U o’z-o’zidan tushunarli. So’zlarning gap qurulishdagi ishtiroki o’zaro bog’lanishi so’z strukturasida mavjud bo’lgan elementlarning ishtirokida aks etadi. SHunga kura tilshunoslikda sof sintaktik qurulish asosida tillarni klassifakatsiya qilish umumtomonidan etirof qilinmaydi. Ammo morfologik tasnif turli nuqtai nazardan tanqid qilingan, qayta-qayta ishlangan bo’lsa ham, hozircha tillarni gurppalashtirib baholashda undan foydalanadilar, mavjud til tiplari nomlarini tilga oladilar (AA Potebniya, I.A Bo-duen de kurteni, L.V. SHcher va boshqalar) Morfologik tasnif tillarning morfologik tomonini o’rganishga til strukturasida juda muhim, hatto markaziy o’rin tutgan so’z va so’z formalarining tuzilish xususiyatlari bilan shug’ullanishga undaydi. SHunung uchun turkey tillarda so’zlarning morfologik xususiyatlarini so’z yoki so’z formalarining morfologik struktirasini tahlil qilish ishiga kirishishdan oldin turkey tillarning morfologik klassifikatsiyasida tutgan o’rniga nazar solish lozim so’gra esa turkey tillardagi aggulyuti natsiyaning xususiyatini so’zning morfologik qismlarini, so’z formasini nima ekanligini va so’z formalarining turlarini nihoyat, sintaktik (yoki so’z o’zgartiruvchi) formalarining yasalishida morfemalarning yasalishida morfemalarning qanday ro’l o’ynasi bilan bog’langan ayrim muhum masalalarni yoritishga kirishish mumkin. Tillarning tasnif qilishga urinishning dastlabki namunalari o’rta asrlardayangi davrga –rivojlanayotgan kapitalizm davriga o’tishni boshlab bergan. Uyg’onsh (Renessans) davriga to’g’ri keladi. Lotin v a grek tillari (klassik tillar) qatorida sharq tillari, xususan, simetik tillar (qadimgi yahudiy, arab, suriya tillari va boshqalar ) qizg’n ravishda o’rganila boshlandi. Shu bilan birga boshqa tillarga ham e’tibor kuchaydi. O’sha davrdagi ilm olamiga ma’lum bo’lgan barcha tillarning katolagini tuzish va tasnif qilishga urunish fransus gumonisti G.Postellusning “tillarning qarindoshligi haqida” (De Senitfte evnguarun) nomli tranlati bilan boshladi. Uyg’onish davridagi mashhur olimlardan Losif Yustus Skaligar, -Yuliy Tsezar Skaligerning o’g’li – yevropa tillarini ayrim guruhlarga ajratishga urungan edi. Bu urunishi juda qisqa bayondan iborat bo’lgan. I.Yu. Skalyager asosiy tillarga (matrius) ajratadi. Bular to’rtasi katta guruhlarni til onalarni tashkil qiladi. Bular lotin, grek, levton, sloevyan tili. Anashu onalarini Deus, Oeos, Gadt nomlari bilan ataydi. Qolgan etti til onasi yuqoridagilarga nisbatan kichik guruhlarga hisoblanadi. Bular alban (eperot), tatar, venger, fin, irland, kimr (britt), bast tillaridir. Petir I zamonidan boshlab, ayniqsa, 1725- yilda fanlar akademyasiga asos solingandan keyin, rus fani jahon madaniyatida katta rol o’ynab boshladi. Kavkaz va Sibir xalqlarining tillari yozib olinib, olimlar tomonidan o’rganishga kirishildi. Bunda ayniqsa Sralenbergning xizmatlari diqqatni jalb qiladi. U shimoliy- sharqiy Yevropa va Osiyo tillarini tasniflashga urinadi. U bu kategoryadagi tillarni 6 guruhga bo’ladi: 1.Fin-ugor tillari 2.Shimoldagi Trun xalqlarning tillari. 3.Samped tillari. 4. Mo’g’ul, tanjur, Tibet tillari. 5.To’ngus va paleo – osiyo tillari. 6. kavkazdagi tog’liklarning tillari. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tillarni tasnif qilish uzoq tarixga ega.Yuqorida takidlaganidek, tillarni tasnif qilishga urunishning dastlabki namunalari o’rta asrlardan yangi davrga- rivojlanayotgan kapitalizm davriga o’tishi boshlab bergan. Tillarni tipologik ya’ni morfologik usulda tasnif qilish ko’p tomondan samaralidir. Bu tasnif til strukturasida juda muhum, hotto markaziy o’rin tutkan so’z va so’z formalarining tuzulish xususiyatlari bilan shug’ulanishga undaydi. Foydanilgan adabiyotlar Aliqulov Z, Boymirzayeva S. Sotsiolingvistika. (uquv-uslubiy qullanma). Samarqand 2010. Yo’ldoshov I, sharipova O’ . Tilshunoslik asoslari “Iqtisod-moliya”Nashiryoti:-Toshkent 2007. O’rinboyev B, Karimov S. Tilshunoslikka kirish Samarqand-2006. Mirzayev M, Usmonov S. Rasulov I. O’zbek tili. “O’qituvchi” nashryoti:Toshkent-1970. M.Koshg’ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalanib, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodniig asoschilaridan biri bo’lib qoldi. M.Koshg’ariyning turkiy tillar leksikasi, fonetikasi va morfologiyasini bir-biriga qiyoslab, ular orasidagi o’xshash va farqli tomonlarini ko’rsatdi. «Devonu lug’atit turk» asari esa hijriy 469 yili yozilgan (melodiy 1076-1077). Xoshimiylar sulolasidan, abbosiylar avlodidan bo’lgan Abulqosim binni Muhammad Muqtadoga armug’on qilingan. Asarning yozilish tarixi lug’atda shunday bayon qilingan: «Nok yili turklarning o’n ikki yil nomlariningbiridir. Bu kitobningyozilgan yili nok yili edi» «Devonu lug’atit turk»ning bizgacha birgina qo’lyozmasi etib kelgan. Qo’lyozma Istambulda saqlanadi. Uni ko’chiruvchi kotib Muhammad binni Abu Bakr Damashqiy ma`lumotiga ko’ra, Mahmud Koshg’ariyning o’z qo’li bilan yozilgan nusxadan ko’chirilgandir. Bu asar 1915-1917 yillarda uch tomlik kitob holida Istambulda nashr etildi. Nemis sharqshunosi Brokkelman tomonidan 1928 yilda nemis tiliga tarjima etilib, Leyptsigda bosib chiqarildi. Basim Atalay usmonli turk tiliga tarjima qilib, 1939 yilda Anqarada chop etdi. Mashhur sharqshunos olim Solih Mutallibov tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinib, 1960-1963 yillarda Toshkentda nashr qilindi. “Devonu lug’atit turk” 464 yil jumodil avval boshlarida boshlanib to’rt marta tahrir qilinganidan keyin 466 yil jumodil oxirning 12 kuni (melodiy 1074 yil) yozib tugallangan, jami 319 bet. Devonning asl nusxasi etib kelmagan. Uning 1265-1266 yillarda, ya`ni 192 yildan so’ng damashqli Muhammad binni Abu Bakr ibn Abulfath tomonidan ko’chirilgan nusxasi Istabulda saqlanmoqda-yu bu haqda kotib devon oxiriga shunday yozgan ekan: “Sovalik so’ng damashqlik ulug’ tangrining yo’qsil quli Muhammad binni Abu Bakr ibni Abulfathni, xudo uni kuchirsin, bu kitobni Mahmud Koshg’ariyning o’z qo’li bilan yozilgan nusxadan ko’irib yozish ishini 664 yil avval oyining 27 sida yakshanba kuni tamomladi”. Devonga, uning tarjimasiga qiziqish nihoyatda katta edi. Sababi ayon: turkiy xalqlar ishlatgan sakkiz ming so’z va uning ma`nosi, folklor, adabiyot va boshqa sohaga oid ma`lumotlar Mahmud Koshg’ariy tomonidan bevosita qishloqma-qishloq, ovulma-ovul otda yurib, yozib olingan edi. Bevosita kuzatuv asosida yozilgan bu asarni o’qishga, ilmiy ishlarida istifoda etishga olimlar mushtoq edilar. Har bir turkiy xalq o’z tarixi, tili, adabiyotini bu asarsiz o’rganib bo’lmasligini olimlar yaxshi tushunar edilar. Devon o’zbek tili, adabiyoti, tarixi va umuman madaniyati uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Undan va fakat so’z ma`nolari, balki urf-odatlarimiz haqida qiziqarli ma`lumotlar olish mumkin. Masalan, bugungi sovchi so’zi XI asrda kelin va kuyovlar orasida xat-xabarlar tashuvchi kishi ma`nosini anglatgan. Bo’lg’usi qudalar orasida xat-xabar tashuvchi kishi yazigchi deyilgan. Birgina bu so’zga berilgan izoh ikki xil: bir tomondan aholini savodli bo’lganligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan qadimgi rasm-rusum haqida tarixchilarimizga qiziqarli ma`lumot bermoqda. b) Mahmud Koshg’ariy fonetika sohasida ham qimmatli fikrlar yuritadi. Garchi u bu sohada maxsus asar yozmagan bo’lsa ham, lekin «Devonu lug’atit turk» asarida fonetika bo’yicha juda ko’p materiallar bor. U, avvalo, hozirgi tilshunoslikda fonema atamasi bilan yuritiluvchi fonologik birlikni, tovush tipini juda yaxshi farqlagan. Shuning uchun ham muallif eng kichik fonetik birlikning fonologik funksiyasiga – so’z tarkibida kelib, ma`no farqlash vazifasiga katta e`tibor beradi. Tovush tiplarini belgilashda tovushlarning ma`no farqlash vazifasini asosiy mezon qilib oladi. Ana shu mezon asosida turkiy tillarning fonemalar miqdorini aniqlaydi. Fonemalarning yozuvda ifodalanish darajasi, fonema bilan harf munosabati, ularning o’rtasida doimo mutanosiblik bo’lavermasligi haqida fikr yuritadi. Jumladan, unlini ifodalash uchun qo’llaniladigan ١و harflar birikmasi «qalin-ingichkalik» belgisi bilan farq qiluvchi va so’z ma`nosini farqlash uchun xizmat etadigan bir necha fonemani ifodalashini ko’rsatadi. Masalan, «o’t» so’zida qalinroq talaffuz qilinib, «devorda va taxtada bo’lgan teshik» ma`nosini; yanada ingichkaroq talaffuz etilib, «achchiqlik», «o’t qopchasi» ma`nosini ifodalashi, demak, ular har qaysi ma`noda alohida-alohida leksema ekanligini, leksemalarni farqlash uchun esa fonema xizmat etayotganini ta`kidlaydi (DLT, I tom, 48-bet). Turkiy fonemalar bilan arab yozuvidagi grafemalar o’rtasida katta nomutanosiblik mavjudligi, shuning uchun bu yozuv turkiy tillar fonetik (fonologik) tizimini to’g’ri ifodalay olmasligini ko’rsatib beradi. Xususan, arab yozuvida shunday harflar borki, bu harflar faqat arab tiliga xos bo’lgan fonemalarni ifodalaydi. Mahmud Koshg’ariy bu haqda shunday yozadi: «Itboq harflari shuningdek bo’g’iz tovushlari ham turkiy tillarda yo’qdir» (O’sha joyda). Lekin turkiy tillarda shunday fonemalar borki, bular arab yozuvida maxsus harf bilan ifodalanmaydi. Mahmud Koshg’ariy ularning mikdori yettita ekanligini ta`kidlaydi (DLT, I tom, 21-bet). Yozuvdagi ana shu kamchilikni mavjud harflarga nuqtalar qo’yish orqali to’ldirishga harakat qildi. U shunday yozadi: «Turkiy tillar yozuvida qo’llaniluvchi harflar soni o’n sakkizta emas, ko’pdir. Bu o’n sakkiz harf etishmaydi. Bulardan boshqa tilda bo’lgan tovushlarni berish uchun yana yetti harf kerak. Lekin u harflar yo’q. U yetti tovushni ana shu mavjud harflar ustiga maxsus belgi qo’yib yoziladi». (Usha joyda). Mahmud Koshg’ariy fonemalarning nutq jarayonida turli xil variantlarga ega bo’lishi, har xil fonetik hodisalar haqida ham ma`lumot beradi. Jumladan, ishbo` (tovushlarni qattiq yoki qalin talaffuz qilish), imola (tovushlarni cho’zib talaffuz qilish), ishmom (tovushlarni yumshoqyoki ingichka talaffuz qilish), g’unnaning ikki ko’rinishi (ng, ng’), hayshum (nazalizatsiya), ikki undoshning qator kelishi (geminatsiya), tovush almashinishi (metateza), assimilyatsiya, dissimilyatsiya, tovush tushishi va tovush ortishi singari hodisalar haqida fikr yuritiladi». (O’sha kitob, 50-bet). XIX asrda Boduen de Kurtene korrespondentsiya deb ajratgan fonetik hodisa haqida ham Mahmud Koshg’ariy XI asrlardayoq ma`lumot bergan. U turkiy qabilalar o’rtasida turli xil fonetik moslik mavjudligini ta`kidlaydi. «yoy» bilan boshlangan ot va fe`llarning bosh harfini o’g’uz va qipchoqlar «alif»ga yoki «jim»ga aylantiradilar. Chunonchi, turklar musofirni yelkin desalar, ular (o’g’uzlar) elkin deydilar. Shuningdek, turklar dur, marvaridni yinju desalar, o’g’uzlar jinju deydilar» (DLT, I tom, 67-bet). Shuningdek, turklar bilan o’g’uz va qipchoqlar o’rtasida m–b (men – ben, mun «shurva» – bun), t–d (teve «tuya» – deve) kabi fonetik moslik borligi ham ko’rsatiladi. Bu hodisa keyinchalik turkiy tillar o’rtasidagi differentsiatsiya uchun asosiy omillardan biri bo’lgan. Mahmud Koshg’ariyning fonetika sohasida bunday chuqur ma`lumotga ega bo’lishining ma`lum sabablari bor. Chunki Mahmud Koshg’ariy ta`lim olgan Bag’dod tilshunoslik maktabida fonetika, leksikologiya, leksikofafiya masalalariga katta e`tibor berilgan edi. Shuning uchun ham Mahmud Koshg’ariyning fonetik qarashlarini ham «arab tilshunosligi» fonida o’rganish to’g’riroq bo’ladi. Arab tilshunosligi o’zining ilk taraqqiyot bosqichidan boshlaboq fonetika masalasiga jiddiy e`tibor berdi. Chunki so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish bevosita fonetika bilan bog’liqdir. Mahmud Koshg’ariy turkiy tillarni fonetik va morfologik belgilariga qo’ra ikki guruhga ajratadi: Download 47.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling