Qizil kitobga kiritilgan baliqlarning yashash muhitiga ko`ra farqlanishi
Download 31.16 Kb.
|
G\'iyosiddin maqola 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Litoral baliqlar
- Tadqiqot natijalari.
- Amudaryo Kichik Kurakburuni.
- Cho`rtansifat Oqqayroq.
Pelagik baliqlar suv bag`rida yashaydi. Ularning ba’zilari suvda osilgan mayda hayvon va o`simliklar, boshqalari esa hasharotlar bilan oziqlanadi. Bu zonada yashovchi baliqlaming ustki tomoni odatda qoramtir rangda bo`lsa, pastki tomoni oqish kumushsimon rangda bo`ladi. Pelagik baliqlarning tanasi uzunchoq duksimon bo`lib, juda yaxshi suzadi. Ko`pchilik akulalar, losos, seldlar, treskalar shu zonada yashaydi.
Litoral baliqlar asosan suv qirg`oqlari va tubi bilan bog`langan. Bu baliqlar unchalik tez harakat qilmaydi. Guruhga skatlar, kambalalar, ikki xil nafas oluvchi baliqlar, buqa baliqlar va boshqalar kiradi. Abissal baliqlar suv tubida, katta chuqurlikda yashaydi. Katta chuqurliklarning asosiy xossalari bosimning g`oyat kuchli bo`lishi, yorug`likning mutlaqo yo`qligi, suvning oqmasligi, haroratning bir xil va past bo`lishi hisoblanadi. Tadqiqot natijalari. Ilmiy izlanish natijasida yig`ilgan ma’lumotlar asosida O`zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan baliqlar suv havzalarining qaysi qismlarida uchrashi aniqlandi. Orol Bahrisi. Ulg`ayish davrida dengizning chuqurligi 10-15 metrgacha bo`lgan joylari va urchish davrida dengizlarga quyiladigan daryolarida yashaydi. Sirdaryo Kurakburuni. Daryoning chuqurligi 1,5-2 metr, tubi qumli va loyli joylarda. Loyqa oqar suvlarda yashaydi. Amudaryo Kichik Kurakburuni. Daryoning chuqurligi 2-3 m, tubi qumli va loyli joylarida. Loyqa oqar suvlarda yashaydi. Amudaryo Katta Kurakburuni. Daryoning chuqurligi 2-3 m, tubi qum va loyli joylari, shuningdek, loyqa oqar suvlarda yashaydi. Qorako`z. Tubi qumli va toshloq suv havzalarida yashaydi. Toshkent Yuzasuzari. Daryo qirg`oqlaridagi sayoz joylar, oqar suvli qo`ltiqlarda yashaydi. Cho`rtansifat Oqqayroq. Daryoning chuqurligi 2-3 m, tubi qumli va toshloq joylari. Loyqa oqar suvlarida, kamdan-kam hollarda turg`un suvlarda yashaydi. Orol Mo`ylabdori. Daryoning chuqurligi 2-4 m, tubi qumli va toshloq bo`lgan joylarida. Loyqa oqar suvlarda, kamdan-kam hollarda turg`un suv havzalarida yashaydi. Download 31.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling