Qizil kitobi
Download 0.56 Mb.
|
qizil kitobwwww
- Bu sahifa navigatsiya:
- NON DARAXTI
SHOKOLAD DARAXTI: Kakao daraxti nam tropik o‘simlik bo‘lib, soya-salqin joyda, yirik daraxtlar orasida o‘sadi. Kakao¬ning asl vatani Janubiy Amerikaning amazonka va Orinoka sohillarida¬gi tropik o‘rmonlaridir. Bu daraxtning yerli xalqlar «kakao» deb atagan mevasini Kolumb antiqa narsa tarzida Yevropaga keltirgan.Yerli xalq kakao urug‘ini qovurib, tuyib, sovuq suvda qorganlar, unga vanil bilan qalampir qo‘shib ko‘pirguncha aralashtirganlar. Shu tarz-da hosil bo‘lgan xushxo‘r ichimlikni ular «chokolatl» deb ataganlar. Keyinchalik kakao qo‘shib tayyorlangan konfet «shokolad» deb atalgan.Ispanlargina kakaoni qaynatilgan suvda tayyorlay boshlaganlar.XIX asrgacha kakaoni badavlat tabaqadagi kishilargina tansiq ichimlik sifatida iste’mol qilgan. Kakao daraxti unib, o‘sib hosilga kirishi uchun tuproq va havo juda nam, harorat +25, yillik yog‘in-sochin miqdori 1500 – 2000 millimetr bo‘lishi zarur. Kakao daraxti¬ning yosh nihollari quyosh nuriga bardosh bera olmaydi.U odatda, dengiz sathidan 600 m gacha baland joyda o‘sadi.Bo‘yi 15 m ga, tanasi yo‘g‘onligi 20 sm ga yetadi. Barglari to‘q yashil, yaltiroq bo‘ladi. Gullari mayda, oqish pushti rang. Bu daraxt yil bo‘yi gullab, hosil beradi. 10 va 20 yoshda hosili ko‘payadi. 40 yoshgacha meva beradi, mevasi 4-8 oyda yetiladi. Mevasining uzunligi 20 sm, og‘irligi yarim kg gacha bo‘ladi. Terib olingan meva ertasigayoq po‘sti tozalanib, urug‘i quritiladi. Jigarrang tusga kiradi va xushbo‘y bo‘ladi. Keyin kakao urug‘i yashiklarda shokolad fabrikalariga jo‘natiladi. NON DARAXTI: Insoniyat istiqomat qilayotgan Yer kurrasi Quyosh sistemasidagi sayyoralardan biri bo‘lib, uning tabiati ajoyib va xilma-xildir. Yer yuzasida shunday noyob o‘simlik va daraxtlar borki, insoniyatga foydasi behisob. Quyida dunyodagi mav¬jud eng antiqa daraxtlar xususida to‘xtalamiz. Non daraxti Hindistonda, Shri-Lankada, shuning¬dek, Osiyoning janubiy-sharqiy qismidagi o‘lkalarda keng tarqalgan. Bu daraxt juda katta bo‘lishi va tarvaqaylab shoxlashi jihatdan biz¬dagi yong‘oq daraxtiga o‘xshab ketadi. Non daraxtining bo‘yi 18-20 metr keladi, po‘stlog‘i kulrang, barglari yirik bo‘ladi. Bu daraxtining gullari daraxt tanasidan yoki yo‘g‘on shoxlaridan chiqadi. Bir dona mevasining og‘irligi 20 kg keladi, ba’zan bundan ham og‘ir bo‘ladi. Meva¬ning bo‘yi 30-80 sm, mag‘zining rangi sarg‘ish limonrang, mazasi unchalik shirin emas, po‘sti esa g‘udda-g‘udda bo‘ladi. Bir tup non daraxti bir necha yuz dona meva berishi mumkin. Mevalar noyabrdan avgustgacha birin ketin pishaveradi, ehtiyojga qarab keragicha olinib, ovqatga ishlatiladi. Xom mevaning eti qattiq, pishganiniki esa yumshoq bo‘ladi. Pishgan mevalardan har xil non tay¬yorlanadi. Uzib olingan mevaning uchi bir necha joyidan teshiladi va ertalabgacha shu holida qoldiriladi. Meva¬ning eti kechasi bilan achib, oshgan xamirdek bo‘lib qoladi. «Xamir» yog‘och tog‘orada suv, kokos yog‘iga aralash¬tirilib, uzoq vaqt qo‘lda qoriladi.So‘ngra zuvalalar qilinadi va banan bargi bilan o‘rab tandirga yoki qizdirilgan toshga yopib pishiriladi.Bu nonning mazasi odatdagi nonning mazasidan farq qilmaydi. Bu nonni yeganlar o‘zlarini baquvvat va bardam sezadi. Non daraxtining bir tupi 1-2 kishini, 5-6 tupi esa bir oilani yil bo‘yi boqadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling