Qizil va qora” romantik asari haqida “Qizil va qora” romantik asari tahlil


Download 140.5 Kb.
bet2/3
Sana09.01.2022
Hajmi140.5 Kb.
#263846
1   2   3
Bog'liq
“Qizil va qora” romantik asari haqida

Asar haqida

“Qizil va qora” Stendalning 1830-yilda nashr etilgan romanidir. Romandagi voqealar 1820-yillarda Fransiyada bo‘lib o‘tadi. Ushbu roman XIX asrning so‘nggi choragida psixologik realizmning ilk namunasi sifatida tanila boshlagan. Psixologik realizm janri o‘sha davrga kelib Yevropa adabiyotida ustunlik qilgan yo‘nalish sifatida keng tanilgan.



Syujet

Asar syujeti Stendal Grenobl gazetasida o‘qigan maqoladan olingan. Bu o‘sha davrga xos bo‘lgan odatiy holat. Fransiyaning Verer deb nomlangan kichik shaharchasining meri janob de Renal o‘z uyiga Juliyen Sorel ismli yigitni ishga oladi. Shuhratparast Juliyen teologiyani o‘rganadi, lotin tilini mukammal biladi va Injil sahifalarini yoddan o‘qiydi, bolaligidan shon-sharaf va tanilishni orzu qiladi, shuningdek, Napoleonga qoyil qoladi. Uning fikriga ko‘ra, ruhoniylik kasbi yuqori martabalarga erishish uchun eng ishonchli yo‘l edi. Uning xush muomalasi va aqli janob de Renalning fe’l-atvoridan keskin farq qiladi, uning xotini asta-sekin Juliyenga xayrixohlik bilan qaray boshlaydi va natijada u Juliyenni sevib qoladi. Lekin madam de Renal taqvodor ayol bo‘lib, u doimo vijdon azobidan qiynaladi. Kunlarning birida aldangan erga xotini xiyonat qilayotgani to‘g‘risida ogohlantirish bilan noma’lum xat keladi. Juliyen Madam de Renal bilan oldindan til biriktirib, xuddi shunga o‘xshash xatni go‘yoki ayolga ham kelganga o‘xshatib yozishadi. Ammo shahar bo‘ylab mish-mishlar tarqaladi va Juliyen ketishga majbur bo‘ladi. U Bezancondagi diniy seminariya rektori abbat Pirarni o‘z bilimi bilan qoyil qoldiradi va shu seminariyaga joylashadi.



Abbat Pirarni diniy qarashlari sabab iste’foga chiqarmoqchi bo‘lishadi. Uning do‘sti, boy va obro‘li Markiz de La Mol abbatni Parijga ko‘chib o‘tishga taklif qiladi va unga poytaxtdan uzoq bo‘lmagan joydan yer beradi. Markiz o‘ziga kotib qidirayotganini aytganda Pirar Juliyenni “ham kuchga, ham aqlga ega“ inson sifatida taklif qiladi. U Parijda kelganidan juda xursand edi. O‘z navbatida, Markiz Juliyenning mehnatkashligi va qobiliyatli ekanligini sezadi va unga eng murakkab ishlarni ishonib topshiradi.

Shuningdek, u dunyoviy jamiyatni ochiqchasiga sog‘inadigan Markizning qizi Matilda bilan uchrashadi. Matilda erka va xudbin, ammo ahmoq emas va juda chiroyli qiz edi. Qizning mag‘rurligi Juliyenning befarqligidan xafa bo‘ladi va qiz to‘satdan unga oshiq bo‘lib qoladi. Juliyen o‘zaro ehtirosni his qilmaydi, ammo oqsuyak zodagon xonimchaning e’tibori uni xushnud etadi. Birgalikda o‘tkazgan bir kechadan so‘ng Matilda dahshatga tushadi va Juliyen bilan aloqani uzadi. Julenning do‘sti, knyaz Korazov, boshqa ayollarga jilmayish orqali Matildaning rashkini keltirish kerakligini maslahat beradi va reja kutilmaganda muvaffaqiyatli bo‘ladi. Matilda Juliyenga yana oshiq bo‘lib, keyin u farzand kutayotgani va unga turmushga chiqishni istayotgani haqida xabar beradi. Biroq Julenning yorqin rejalari madam de Renalning to‘satdan kelgan xati bilan parchalanib ketadi. Ayol yozadi:

Qashshoqlik va ochko‘zlik, ikkiyuzlamachilikka qodir bo‘lgan bu odamni kuchsiz va baxtsiz ayolni yo‘ldan ozdirishga undadi va shu tariqa o‘zi uchun o‘ziga xos sharoit yaratib, odamlarga qo‘shildi... U hech qanday din qonunlarini tan olmaydi. Rostini aytsam, uning muvaffaqiyatga erishish usullaridan biri - u kelgan uylardagi eng katta ta’sirga ega bo‘lgan ayollarni yo‘ldan ozdirish deb o‘ylashga majburman.

Markiz de La Mol Juliyenni ko‘rishni istamaydi. Juliyen madam de Renalni oldiga yo‘l oladi, yo‘lda qurol sotib oladi va cherkovda sobiq sevgilisini otadi. Madam de Renal jarohatlardan o‘lmaydi, ammo Juliyenni hibsga olishadi. Matilda pul va oilasining ta’siri yordamida Juliyenni har qanday yo‘l bilan qutqarishga qaror qiladi, buning uchun u eng obro‘li abbat Frilerdan yordam so‘raydi. Abbat esa yepiskoplik rutbasi evaziga hakamlar hay’ati tomonidan Juliyenning oqlanishiga erishmoqchi bo‘ladi, bundan tashqari, Renal xonimning o‘zi ham hakamlar hay’atidan muvaffaqiyatsiz bo‘lgan o‘z qotilini oqlashni so‘raydi. Bu katta ommaviy rezonans keltirib chiqargan jarayon ayblanuvchiga to‘liq hamdardlik bildiradigan ko‘plab tomoshabinlarni jalb qiladi. Sudda hamma narsa Juliyenning foydasiga hal bo‘layotgan edi, lekin uning burjua jamiyatini tanqid qilgan nutqidan keyin sud hay’ati bir ovozdan uni o‘lim jazosiga hukm qiladi.

Qamoqda u yana madam de Renal bilan yarashadi va qotillik qilishga uringanligi uchun tavba qiladi. U har doim faqat uni sevganligini tushunadi. Madam de Renal qamoqxonada uning oldiga keladi va o‘sha xatni boshqa odam yozib berganligini, u esa faqat uni ko‘chirib yozganligini aytadi. Bu xat orqali uni Matildadan ajratish fikri esa faqatgina kuchli rashk tufayli paydo bo‘lganini aytadi. Juliyen o‘lim jazosiga hukm qilingandan so‘ng, u hayotda hamma narsaga erishganligini va o‘lim bu yo‘lni tugatishini aytib, sudga qayta murojaat qilishdan bosh tortadi. Madam de Renal Juliyen qatl etilganidan uch kun o‘tgach vafot etadi. Matilda Juliyenning dafn marosimini uyushtiradi.


Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling