Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar
Download 20.64 Kb.
|
Qiziqarli masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harorat
- Kutilmagan vaziyat
- Hovuzdan suv olish
Mushuklar nechta ?
To’rtburchak shakldagi xonaning har bir burchagida bittadan mushuk o’tiribdi. Har bir mushukning qarshisida uchtadan mushuk o’tiribdi. Xonada hammasi bo’lib nechta mushuk o’tiribdi ? Narx Mahsulot narxini 50 % ga oshirib, so’ng yana 50 % ga tushirsak, narx qanchaga o’zgaradi ?Guruh talabalari Guruhda 10 ta talaba o’qiydi. Ularning har biri barcha talabalar bilan qo’l berib ko’rishsa, qo’l berib ko’rishishlar soni nechta bo’ladi ?
10 ning 5%i kattami, 5 ning 10%i kattami ? Tenglama ikkita sonning yig’indisi 10 ga teng, ularning ko’paytmasi ham 10 ga teng. Bular qaysi sonlar ? Hovuzni to’ldirish Hovuzni 2 ta quvur orqali suv bilan to’ldirish kerak, Agar Birinchi quvurning o’zi 5 minutda to’ldirsa , ikkinchi quvurning o’zi 10 minutda to’ldirsa, ikkala quvur birgalikda necha minutda to’ldiradi ? Harorat Harorati -3 C bo’lgan 2 litr suvga, harorati -5 C bo’lgan 10 litr suvni qo’shsak, Bu suvning harorati qanday bo’ladi ? Ustunlar orasidagi masofa Uzun yo’l bo’ylab ketma-ket 10 ta ustun ornatilgan, har bir ustundan keyingisigacha oralig’i 1 km. masofa. Birinchi ustundan o’ninchi ustungacha necha km. masofa? Kutilmagan vaziyat Har biri 40 tadan vagonni tortib ketayotgan A va B paravozlar bitta temir yo’lda duch kelib qolishdi.(rasmga q.) Ularning orasida bor yo’g’i paravoz bilan birgalikda 20 ta vagon sig’adigan boshi berk tarmoq yo’l bor. Qanday manevr qilib poezdlar bu kutilmagan vaziyatdan qutilib, o’z yo’nalishlarida harakatni davom etishlari mumkin ? Hovuzdan suv olish 5 va 9 litrli chelaklar yordamida hovuzdan 3 litr suvni qanday qilib olish mumkin ?Kumush zanjir Sayyoh bir shaharda bir hafta turish niyatida karvonsaroydan joy band qilmoqchi bo’ladi. Karvonsaroy sohibi undan har kuni bir tangadan berishni so’raydi. Sayyoh, o’zida bu yurtning tangalari yoqligini, lekin 7 ta halqali kumush zanjiri borligini (rasmga q.) aytadi va har kuni ertalab bittadan halqa to’lashni taklif etadi. Karvonsaroy egasi rozi bo’ladi, faqat halqalarni imkoni boricha kam joyidan qirqishini tayinlaydi. Buni amalga oshirish uchun nechta halqani qirqishga to’g’ri keladi ?
Bir orolda ikkita — rostgo’ylar va yolg’onchilar qabilalari yashaydi. Birinchi qabiladagilarning hammasi faqat rost, ikkinchi qabiladagilarning hamasi faqat yolg’on gapiradi. Orolga kelib qolgan sayohatchi orolliklardan birini ko’rib qolib uning kimligini so’raydi. Orollik o’zini yolg’onchilar qabilasidan ekanligini aytadi. Savol: orollik sayyohni aldamayaptimi ? Aslida u qaysi qabiladan ?
Download 20.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling