Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar
Download 20.64 Kb.
|
Qiziqarli masalalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik necha yoshda
- Tejamli kesim
Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar Ushbu sahifada o’z zehningizni masala yechish orqali sinab ko’rishingiz mumkin. Misol va masalalar yechib turish bilimlaringizning yanada mustahkamlashuviga sabab bo’ladi. Bu orqali siz aqlingizni charxlaysiz. chunki, egallagan bilimlaringizga doir masala yechish, ilm va formulalarni yodingizda mustahkam saqlanib qolishiga yordam beradi. Masala yechish amaliy mashg’ulot, siz bu orqali tafakkur va bilimingizdagi kamchiliklarni bilib olasiz. Marhamat, sahifadagi masalalarni yechishga bir urinib ko’ring. Agar sizda ham qiziqarli masalalar bo’lsa saytimizga jo’nating, xursand bo’lamiz. Uch qishloq Bir mamlakatda Rostgo’ylar, Yolg’onchilar, rostgo’ylar va yolg’onchilar aralash yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda faqat rostgo’ylar,, ikkinchisida faqat yolg’onchilar, uchinchi qishloqda esa har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. To’satdan o’t o’chirish idorasiga qo’ng’iroq bo’libdi: -Bizning qishloqqa o’t ketdi. -Siz qayerda yashaysiz ? -«Aralash» qishlog’ida. Savol: O’t o’chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?
Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so’rashgach birinchi matematik do’stidan so’radi: — Hozir necha yoshdasiz ? ikkinchi matematik javob berdi: — Men tug’ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo’shsak 89 bo’ladi. Savol: Matematik necha yoshda ? Soat Soat 5 sekundda 6 marta bong uradi. 12 marta bong urish uchun qancha vaqt ketadi ?Bozorda Qassob 1 000 000 so’m bilan bozorga tushdi. U roppa -rosa 100 ta hayvon sotib olishi kerak. Sotuvda sigir, g’oz va tovuq bor. Sigir 150 000 so’m, g’oz 10 000 so’m va tovuq 2 500 so’m turadi. U kamida har bir hayvondan bittadan olishi va barcha pulni ishlatishi shart. Qassob nimalarni sotib oladi ? Ona va bola Onaning yoshi o’z qizining yoshidan 4 barobar katta. 20 yildan so’ng ona qizidan 4 baravar katta bo’lib qoladi. Ona va qizning yoshini aniqlang. Qahvaxonada Qahvaxonada narxi idishi bilan birga 30 tiyin turadigan mineral suv sotilyapti. Idishni topshirib, 20 tiyin qaytarib olish mumkin. Ayting-chi, 1 sum pulga ko’pi bilan nechta mineral suv ichish mumkin ? Tejamli kesim Qanday qilib 5 ta olmaning birortasini ham 6ta bo’lakka bo’lmasdan turib, 6 kishiga teng qilib bo’lib berish mumkin ? Download 20.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling