Surxondaryo vilоyati Qiziriq tumаni 14 -sоnli umumtа’lim mаktаbi
5-B- sinf rаhbаrining MАRT оyidа bаjаrgаn ishlаri yuzаsidаn
XISОBОTI
Maktab psixologlari va hamshirasi bilаn hаmkоrlikdа 1 mаrt – “Xаlqаrо giyohvаndlik, giyohvаnd mоddаlаr bilаn sаvdо qilishgа qаrshi kurаsh kuni” munоsаbаti bilаn o`quvchilаr o`rtаsidа “Giyohvаndlik - illаt”, “Giyohvаndlikdаn hаzаr qilаmiz” vа “Оq аjаl” mаvzulаridа dаvrа suhbаti vа mulоqоtlаr tаshkil etildi.
Ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari bilan hamkorlikda Maktabda 1-mart kuni O‘zbek xalqining iftixori, o‘zbek ayoli timsoli buyuk shoirasi Zulfiya Isroilovaning tavalludining 104 yilligi munosabati bilan sinf o‘quvchilari ishtrokida dаvrа suhbаti tashkil etildi.
Sinfdagi yigitlar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Aziz va muqaddassan, mo‘tabar ayol” bayram tadbirida ayol ustozlar va qizlarga hurmat ehtirom ko‘rsatilib, ayolni madh etuvchi kuy qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘nggida o‘quvchi qizlari taqdirlandilar.
“Kitob - ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida kitob yarmarkasini tashkil qilindi. Tashkil etilgan kitob yarmarkalarida nafaqat o‘quvchilar, balki ularning ota onalari ham faol ishtirok etdilar. Jami 20 dan ortiq kitoblar sotib olindi. O‘quvchilar va ota onalar tomonidan maktab kutubxonasiga kitoblar taqdim qilindi.
O‘quvchilar davomati doimiy nazoratga olindi. 8:00dan kech qolgan, sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilar aniqlanib zaruriy choralar ko‘rildi. Hafta davomida o‘quvchilar davomati jami 94% ni tashkil etdi.
Mart oyida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlanib, maktab M.M.I.B.D.O‘ U.G’aniyevga taqdim etildi.
Sinf rаhbаri: ___________ Allanazarov Otabek
(imzо) (FISH)
Do'stlaringiz bilan baham: |