Qobiliyat haqida tushuncha


Download 286.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana14.05.2023
Hajmi286.42 Kb.
#1462007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
1. DIDAKTIK QOBILIYATLAR-bu bolalarga o`quv materialini aniq va 
ravshan tushuntirib oson qilib etkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg`otib, 
ularda mustaqil faol fikirlashni uyg`ota oladigan qobiliyatlaridir.


Didaktik qobiliyatga ega bo`lgan o`qituvchi zarurat tutilganda qiyin o`quv 
materialini-osonroq, murakkabrog`ini soddaroq, tushunish qiyin bo`lganini 
tushunarliroq qilib o`quvchilarga moslashtirib bora oladi. O`qituvchining mana shu 
hislatlarini bilib olgan o`quvchilar odatda: “O`qituvchining eng muhim tomoni 
ham uning hamma narsani aniq-ravshan va tushunarli qilib berishida-da. Bunday 
o`qituvchining qo`lida mazza qilib o`qiging keladi”; “Unisi esa hech narsaga 
yaramaydigan o`qituvchi, hech ham aniq tushuntirib bera olmas edi”; “O`quv 
materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, 
zerikarli va noaniq-mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o`qituvchilarni 
yoqtirmaymiz” -deydilar.
Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy mahorat shunchaki bilimlarni osonroq
hammabop va tushunarli qilib o`quvchilar ongiga etkazib berish qobiliyatininigina 
emas balki, shu bilan birga o`quvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish 
faoliyatini oqilona va mohirlik bilan boshqarib, ularni kerakli tomonga yo`naltirib 
turishdan iborat qobiliyatni ham o`z ichiga oladi.
Mana shu qobiliyatlar asosida o`quvchilar psixologiyasiga xos doimiy 
ustanovka (yo`naltirish). bo`lishi shart. Qobiliyatli pedagog o`quvchilarning 
tayyorlik darajasini, ularning taraqqiyoti darajasini hisobga olgan holda bolalarning 
nimani 
bilishi 
va 
nimani 
bilmasligini, 
nimalarni 
allaqachon 
esdan 
chiqarganliklarini tasavvur qila oladi. 
Ko`pchilik o`qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o`qituvchilarga, o`quv 
materiali oddiygina va hech qanday alohida tushuntirish hamda izoh berishni talab 
qilmaydigandek tuyuladi.
Bunday o`qituvchilarni emas, balki birinchi galda o`zlarini nazarda tutib ish 
olib barodilar. Shuning uchun ham o`quv materialini o`ziga qarab tanlaydilar. 
qobiliyatli, tajribali o`qituvchilar esa o`zlarini o`quvchi o`rniga qo`yib, kattalar 
uchun aniq-ravshan va tushunarli bo`lgan material o`quvchilar uchun noaniq va 
tushunarsiz bo`lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo`ladilar. Shuning uchun ham 
bundayo`qituvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usullarini alohida 
o`ylab ko`rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayonida qobiliyatli 
o`qituvchi turli o`quvchilarning qanday tushunayotganliglari va zarur dars 
bayonoiga alohida e`tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilarga qarab 
to`g`ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatini aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin 
juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko`ra bilish xarakteridagi matnda 
o`qituvchining fikri bo`yicha ayrim sinf o`quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan 
qismlarni alohida ko`rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib 
berish, shundan so`ng esa matnni o`quvchilarga engil va ularning o`zlashtirishlari 
uchun qulay qilib qaytatuzish tavsiya etiladi. Qobiliyatli o`qituvchi shu bilan bir 
qatorda materialni o`zlashtirish, o`quvchilarga bir oz nafas olib o`zlariga kelib 
olishlari va o`z diqqat-e`tiborlarini bir joyga qo`yib, ayrim qo`zg`alishlarni 
“so`ndirib”, boshqalarini esa jadallashtirib, ularning bo`shashganligini, sustligini 
va loqaydligini engishlari uchun zamin tayyorlash zarurligini ham nazarda tutudi. 
Bunday o`qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan 
tashqari shiddat bilan boshlangan dars o`quvchilarda himoya qiluvchi 


tormozlanishni vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi va o`qituvchining 
so`zlari etarlicha idrok qilinmaydi.

Download 286.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling