Qobiliyat haqida tushuncha


Download 286.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana14.05.2023
Hajmi286.42 Kb.
#1462007
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


QOBILIYAT HAQIDA TUSHUNCHA. PEDAGOGIK QOBILIYATLARNI
RIVOJLANTIRUVCHI PSIXOTRENING. 
REJA 
1. Qobiliyat haqida tushuncha. 
2. Shaxs qobiliyatining talant, iste`dod, talant, mayllar va qiziqishlar bilan 
bog`liqligi haqida. 
3. O`quvchilar qobiliyatini tashxis qilish haqida
4. Pedagogik qobiliyat va uning tarkibi haqida tushuncha. 
5. Qobiliyatni tarkib toptirishga individual yondoshish masalalari haqida. 
6. Pedagogik qobiliyatlarni rivojlantiruvishda psixotreningni o`rni. 


 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi mamlakatimizda 
xalq ta`limi tizimining o`zbek modelini belgilab beruvchi “Ta`lim to`g`risida 
qonun va qadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni qabul qildi. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da inson omiliga g`oyat katta 
ahamiyat berilgan. Unda asosiy e`tibor bilimdon, ijodkor, haqiqiy kasb egasi 
bo`lgan shaxsni tarbiyalab, etkazishga qaratilgan. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning IX 
cessiyasida so`zlagan so`zlagan nutqida: “... faqatgina chinakam ma`rifatli odam 
inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so`z bilan aytganda, o`zligini anglash, erkin 
va ozod jamiyatlar yashash, mustaqil jamiyatimizning jahon hamjamiyatida o`ziga 
munosib, obro`li o`rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”, 
ta`kidlagan edi. 
Inson omili bilan bog`liq, milliy dasturning barcha muhim vazifalarini hal 
qilishda psixologiya fani g`oyat katta rol o`ynaydi.
Milliy dasturni amalga oshirish bilan bog`liq muhim muammolardan biri: 
“... avval aytganimizdek, tarbiyachi, ya`ni o`qituvchiga borib taqalayapti”-deb 
ta`kidlaydi. I.A.Karimov so`zini davom ettirib: “Tarbiyachilarning o`ziga 
zamonaviy bilim berish, ularning ma`lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga 
solib bo`lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz”. 
O`quvchilarga zamonaviy bilimlarni berish uchun o`qituvchining o`zi 
shunday bilimga ega bo`lmog`i lozim. 
Shuning uchun ham hozirda yangi turdagi o`rta maxsus bilim yurtlarida dars 
berish qobiliyatiga ega bulgan pedagoglarni tayyorlash masalasi jiddiy 
qo`yilmoqda.
Maktab va bilim yurtlarida ishlayotgan ko`pchilik o`qituvchilar bunday 
vazifalarni bajarishga hali tayyor emaslar. 
Akademik listeylar va kasb-hunar kollejlari ilmiy tomondan asoslangan, 
mazmuni jihatidan jahon stanlartlariga mos keladigan dasturlarni olmoqdalar. 
Akademik listey va kasb –hunar kollejdarida dars berish qobiliyatiga ega bo`lish 
uchun o`qituvchi eng olijanob hislatlarga ega bo`lishi kerak. 
Akademik listeylar va kasb –hunar kollejlari uchun o`qituvchilarni 
tayyorlash O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1998 yil 24 
fevraldagi qaroriga binoan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika 
universiteti zimmasiga yuklangan.
Yangi turdagi o`rta maxsus o`quv yurtlarida ishlash qobiliyatiga ega 
bo`lgan pedagogik qadrlarni tayyorlash Nizomiy nomidagi TDPU ning bosh 
vazifasi bo`lib qolmoqda. 
“qadrlar tayyorlash Milliy dasturi” (avgust 1997 yil) ta`limning uzluksiz 
o`zbek modeliga asos solib, uning asosiy vazifasi kamil shaxsni shakllantirishdir.
Dasturning muhim vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning aqliy 
individual xususiyatlari va qobiliyatlarini tarkib toptirish bo`lib hisoblanadi. 


Qobiliyatlar muammosi psixologiya fanida qiziqarli va ma`lum darajada 
tadqiq qilingan muammolardan biridir. Bu muammo yuzasidan qadimdan to shu 
kunga qadar olimlar izlanishlar olib borganlar. 
Insonning imkoniyatlarini o`rganishga Sharq mutafakkirlari (Forobiy, 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino), Rossiya psixologlari (B.M.Teplov, B.G.Ananev, N.V. 
Kuzmina, S.L.Rubinshteyn, A.G.Kovalev, V.N.Myasishev), /arb olimlari (A.Bine, 
T.Simon, F. Galton, V.Shtern, U. Olloport, K.Rodjers) kabilar katta xissa 
qo`shganlar. Ushbu muammo ustida O`zbekiston psixolog olimlari (E./oziev, 
R.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, B.R.qodirov, V.A.Tokareva va boshqalar) ham 
izlanish olib borganlar. 
Ma`lumki, turli kishilarni bir xil sharoitlarga va vaziyatlarga 
qo`yilganda ular turli muvaffaqiyatlarga erishadilar. Bunday paytlarda 
“qobiliyatlar” tushunchasiga suyanamiz va muvaffaqiyat asosini qobiliyat deb 
tushuntiramiz. Bu tushunchadan ba`zi odamlarni yangilikni boshqalardan ko`ra 
tezroq va yaxshiroq o`zlashtirganlarida ham foydalanamiz. 

Download 286.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling