Qobiliyat haqida tushuncha


Download 286.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana14.05.2023
Hajmi286.42 Kb.
#1462007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
QIZIQIShLAR-qiziqish biron-bir sohada to`g`ri yordam beradigan 
motivdir. Individ uchun qiziqish, sub`ektiv tarzda olganda, bilish jarayoni tusini 
kashf etadigan ijobiy xissiy ohangda, ob`ekt bilan chuqurroq tanishishga, u haqda 
ko`proq bilish, uni anglab etishga bo`lgan istakda namoyon bo`ladi. qiziqishlar 
bilishning doimiy qo`zg`atuvchi mexanizmi sifatida namoyon bo`ladi. qiziqishlar 
mazmuniga, maqsadlariga, miqyosiga va barqarorligiga ko`ra tasnif qilinishi 
mumkin. Qiziqishlarning mazmuni jihatidan farqi bilish ehtiyojlarining 
ob`ektlarini va ularning mazkur faoliyat maqsadlari uchun va kengroq qilib 
olganda, shaxs mansub bo`lgan jamiyat uchun real ahamiyatini ko`rsatadi. 
Kishidan ko`proq nimaga qiziqish paydo bo`lishi va uning bilish ehtiyojlari 
ob`ektning ijtimoiy qimmati psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. 
Maktabning eng muhim vazifalaridan biri-o`smirlik yoki yoshlarning faol bilish va 
mehnat faoliyatiga rag`batlantiradigan va maktabdan tashqari ham saqlanib qolishi 
mumkin bo`lgan jiddiy va sermazmun qiziqishlarini uyg`otishdan iboratdir. 
qiziqishlarning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo`ladigan 
qiziqishlarning borligi aniqlaydi. Bilvosita qiziqishlar ahamiyatga molik 
ob`ektning hissiy jihatdan jozibaliligi tufayli yuzaga keladi (“Buni bilish, ko`rish, 
anglab etish men uchun qiziqarli”-deydi kishi). Bilvosita qiziqishlar biron bir narsa 
(masalan, ta`lim olish)ning real ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun 
sub`ektiv ahamiyati bir-biriga mos kelgan. (Bunday holda kishi: “Bu meni 
qiziqtirgani uchun ham qiziqamandir!”-deydi) taqdirda taydo bo`ladi. Mehnat va 
o`qish faoliyatida hamma odam ham bevosita hissiy jozibaga ega bo`lavermaydi. 
Shuning uchun ham mehnat jarayonini ongli tashkil etishda etakchi rol 
o`ynaydigan bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish muhimdir. qiziqishlar o`zining 
kengligi bo`yicha ham farq qiladi. bir xil odamlarda qiziqishlar bir sohaga 
qaratilgan bo`lishi mumkin, boshqalarda esa barqaror ahamiyatga ega bo`lgan 
ko`plab ob`ektlarga bo`lingan bo`ladi. qiziqishlarning tarqoqligi ko`pincha 
shaxsning salbiy hislati sifatida yuzaga keladi, lekin ayni chog`da qiziqishlarning 
keng miqyosliligi kamchilik tariqasida talqin qilish noto`g`ri bo`lur edi. 
Shaxsning 
ko`ngildagidek 
rivojlanishi, 
kuzatishlar 
ko`rsatilganidek, 
qiziqishlar miqyosining tor emas, aksincha keng bo`lishini taqozo etadi. 
Qiziqishlar barqarorligi darajasiga ko`ra ham har xil bo`lishi mumkin. 
Qiziqishning barqarorligi uning nisbatan jadal tarzda namoyon bo`lishi uzoq 
davom etishi bilan ifodalanadi. Shaxsning asosiy ehtiyojlarini eng ko`proq 
darajada namoyon qiladigan va shu boisdan ham uning psixologik tuzilishiga xos 
hislatlarga aaylanib qoladigan qiziqishlari barqaror hisoblanadi. 
Qobiliyat-bu, kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni 
muvaffaqiyatli amalga oshirishidir.
Pedagogik qobiliyat-bu qobiliyat turlaridan biri bo`lib, kishining pedagogik 
faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ulana olishini 
oniqlab beradi. Pedagogik qobiliyatning tuzilishi qanday? quyida bu masalani 
ko`rib chiqamiz.



Download 286.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling