Qobiliyat haqida tushuncha
Download 119.5 Kb.
|
QOBILIYaT HAqIDA TUShUNChA
QIZIQIShLAR-qiziqish biron-bir sohada to`g`ri yordam beradigan motivdir. Individ uchun qiziqish, sub`ektiv tarzda olganda, bilish jarayoni tusini kashf etadigan ijobiy xissiy ohangda, ob`ekt bilan chuqurroq tanishishga, u haqda ko`proq bilish, uni anglab etishga bo`lgan istakda namoyon bo`ladi. qiziqishlar bilishning doimiy qo`zg`atuvchi mexanizmi sifatida namoyon bo`ladi. qiziqishlar mazmuniga, maqsadlariga, miqyosiga va barqarorligiga ko`ra tasnif qilinishi mumkin. Qiziqishlarning mazmuni jihatidan farqi bilish ehtiyojlarining ob`ektlarini va ularning mazkur faoliyat maqsadlari uchun va kengroq qilib olganda, shaxs mansub bo`lgan jamiyat uchun real ahamiyatini ko`rsatadi. Kishidan ko`proq nimaga qiziqish paydo bo`lishi va uning bilish ehtiyojlari ob`ektning ijtimoiy qimmati psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Maktabning eng muhim vazifalaridan biri-o`smirlik yoki yoshlarning faol bilish va mehnat faoliyatiga rag`batlantiradigan va maktabdan tashqari ham saqlanib qolishi mumkin bo`lgan jiddiy va sermazmun qiziqishlarini uyg`otishdan iboratdir. qiziqishlarning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo`ladigan qiziqishlarning borligi aniqlaydi. Bilvosita qiziqishlar ahamiyatga molik ob`ektning hissiy jihatdan jozibaliligi tufayli yuzaga keladi (“Buni bilish, ko`rish, anglab etish men uchun qiziqarli”-deydi kishi). Bilvosita qiziqishlar biron bir narsa (masalan, ta`lim olish)ning real ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun sub`ektiv ahamiyati bir-biriga mos kelgan. (Bunday holda kishi: “Bu meni qiziqtirgani uchun ham qiziqamandir!”-deydi) taqdirda taydo bo`ladi. Mehnat va o`qish faoliyatida hamma odam ham bevosita hissiy jozibaga ega bo`lavermaydi.
Shuning uchun ham mehnat jarayonini ongli tashkil etishda etakchi rol o`ynaydigan bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish muhimdir. qiziqishlar o`zining kengligi bo`yicha ham farq qiladi. bir xil odamlarda qiziqishlar bir sohaga qaratilgan bo`lishi mumkin, boshqalarda esa barqaror ahamiyatga ega bo`lgan ko`plab ob`ektlarga bo`lingan bo`ladi. qiziqishlarning tarqoqligi ko`pincha shaxsning salbiy hislati sifatida yuzaga keladi, lekin ayni chog`da qiziqishlarning keng miqyosliligi kamchilik tariqasida talqin qilish noto`g`ri bo`lur edi. Shaxsning ko`ngildagidek rivojlanishi, kuzatishlar ko`rsatilganidek, qiziqishlar miqyosining tor emas, aksincha keng bo`lishini taqozo etadi. Qiziqishlar barqarorligi darajasiga ko`ra ham har xil bo`lishi mumkin. Qiziqishning barqarorligi uning nisbatan jadal tarzda namoyon bo`lishi uzoq davom etishi bilan ifodalanadi. Shaxsning asosiy ehtiyojlarini eng ko`proq darajada namoyon qiladigan va shu boisdan ham uning psixologik tuzilishiga xos hislatlarga aaylanib qoladigan qiziqishlari barqaror hisoblanadi. Qobiliyat-bu, kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishidir. Pedagogik qobiliyat-bu qobiliyat turlaridan biri bo`lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ulana olishini oniqlab beradi. Pedagogik qobiliyatning tuzilishi qanday? quyida bu masalani ko`rib chiqamiz. Download 119.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling