PEDAGOGIK QOBILIYAT TARKIBI QUYIDAGICHA:
Didaktik qobiliyat (murakkab bilimlarni tinglovchilarga tushuntirishga uquvchanligi).
Akademik qobiliyat (barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimga ega bo`lishligi)
Persteptiv qobiliyat (qisqa daqiqalarda auditori holatini idrok qila olish fazilati).
Nutqiy qobiliyat (ixcham, ma`noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo`lgan nutq, nutqning jarangdorligi, uning pauza mantiqiy urg`uga rioya qilishi).
Tashkilotchilik qobiliyati (sinf, guruh yoki kursni uyushtirish va uni boshqarish iste`dodi).
Obro`-nufuzga ega bo`lishlik qobiliyati. (o`zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aqlliligi, faxm-farosatliligi,mustaqil irodasi bilan obro` orttirishga uquvchanligi).
Muomala va muloqot o`rnata olish qobiliyati.
Psixologik tashxis (diagnoz ) qilish qobiliyati (insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat bashorati).
Diqqatni taqsimlash qobiliyati (bir necha ob`ektlarga bir davrning o`zida o`z munosabatini bildirishga uquvchanligi).
Iymon-e`tiqodga, faol, hayotiy pozistiyaga yo`naltirish qobiliyati.
Tashabbusga, ijodga ilhomlantirish qobiliyati.
Aqli donishlik qobiliyati (bilimdonlik).
Konstruktiv qobiliyat (o`quv-tarbiya ishlarini
rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati).
14. Gnostik qobiliyat (Tadqiqotga layoqatlilik).
Do'stlaringiz bilan baham: |