Qobiliyat haqida tushuncha


Download 119.5 Kb.
bet1/14
Sana09.01.2022
Hajmi119.5 Kb.
#256577
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
QOBILIYaT HAqIDA TUShUNChA


mAVZU: qobiliyat psixodiagnostikasi va uning o’zigz xos jihatlari

.
REJA:
I.Kirish

II.Asosiy qism

  1. Qobiliyat haqida tushuncha.

  2. Shaxs qobiliyatining talant, iste`dod, talant, mayllar va qiziqishlar bilan bog`liqligi haqida.

  3. O`quvchilar qobiliyatini tashxis qilish haqida

  4. Pedagogik qobiliyat va uning tarkibi haqida tushuncha.

  5. Qobiliyatni tarkib toptirishga individual yondoshish masalalari haqida.

  6. Pedagogik qobiliyatlarni rivojlantiruvishda psixotreningni o`rni.

III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

O`qituvchi bolalarimizga zamonaviy

bilim bersin, deb talab qilamiz,

ammo zamonaviy murabbiyning

o`zi ana shunday bilimga ega

bo`lishi kerak”.
I. A.Karimov.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi mamlakatimizda xalq ta`limi tizimining o`zbek modelini belgilab beruvchi “Ta`lim to`g`risida qonun va qadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni qabul qildi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da inson omiliga g`oyat katta ahamiyat berilgan. Unda asosiy e`tibor bilimdon, ijodkor, haqiqiy kasb egasi bo`lgan shaxsni tarbiyalab, etkazishga qaratilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning IX cessiyasida so`zlagan so`zlagan nutqida: “... faqatgina chinakam ma`rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so`z bilan aytganda, o`zligini anglash, erkin va ozod jamiyatlar yashash, mustaqil jamiyatimizning jahon hamjamiyatida o`ziga munosib, obro`li o`rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”, ta`kidlagan edi.

Inson omili bilan bog`liq, milliy dasturning barcha muhim vazifalarini hal qilishda psixologiya fani g`oyat katta rol o`ynaydi.

Milliy dasturni amalga oshirish bilan bog`liq muhim muammolardan biri: “... avval aytganimizdek, tarbiyachi, ya`ni o`qituvchiga borib taqalayapti”-deb ta`kidlaydi. I.A.Karimov so`zini davom ettirib: “Tarbiyachilarning o`ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma`lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo`lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz”.

O`quvchilarga zamonaviy bilimlarni berish uchun o`qituvchining o`zi shunday bilimga ega bo`lmog`i lozim.

Shuning uchun ham hozirda yangi turdagi o`rta maxsus bilim yurtlarida dars berish qobiliyatiga ega bulgan pedagoglarni tayyorlash masalasi jiddiy qo`yilmoqda.

Maktab va bilim yurtlarida ishlayotgan ko`pchilik o`qituvchilar bunday vazifalarni bajarishga hali tayyor emaslar.

Akademik listeylar va kasb-hunar kollejlari ilmiy tomondan asoslangan, mazmuni jihatidan jahon stanlartlariga mos keladigan dasturlarni olmoqdalar. Akademik listey va kasb –hunar kollejdarida dars berish qobiliyatiga ega bo`lish uchun o`qituvchi eng olijanob hislatlarga ega bo`lishi kerak.

Akademik listeylar va kasb –hunar kollejlari uchun o`qituvchilarni tayyorlash O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi qaroriga binoan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti zimmasiga yuklangan.

Yangi turdagi o`rta maxsus o`quv yurtlarida ishlash qobiliyatiga ega bo`lgan pedagogik qadrlarni tayyorlash Nizomiy nomidagi TDPU ning bosh vazifasi bo`lib qolmoqda.

“qadrlar tayyorlash Milliy dasturi” (avgust 1997 yil) ta`limning uzluksiz o`zbek modeliga asos solib, uning asosiy vazifasi kamil shaxsni shakllantirishdir.

Dasturning muhim vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning aqliy individual xususiyatlari va qobiliyatlarini tarkib toptirish bo`lib hisoblanadi.

Qobiliyatlar muammosi psixologiya fanida qiziqarli va ma`lum darajada tadqiq qilingan muammolardan biridir. Bu muammo yuzasidan qadimdan to shu kunga qadar olimlar izlanishlar olib borganlar.

Insonning imkoniyatlarini o`rganishga Sharq mutafakkirlari (Forobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino), Rossiya psixologlari (B.M.Teplov, B.G.Ananev, N.V. Kuzmina, S.L.Rubinshteyn, A.G.Kovalev, V.N.Myasishev), /arb olimlari (A.Bine, T.Simon, F. Galton, V.Shtern, U. Olloport, K.Rodjers) kabilar katta xissa qo`shganlar. Ushbu muammo ustida O`zbekiston psixolog olimlari (E./oziev, R.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, B.R.qodirov, V.A.Tokareva va boshqalar) ham izlanish olib borganlar.

Ma`lumki, turli kishilarni bir xil sharoitlarga va vaziyatlarga qo`yilganda ular turli muvaffaqiyatlarga erishadilar. Bunday paytlarda “qobiliyatlar” tushunchasiga suyanamiz va muvaffaqiyat asosini qobiliyat deb tushuntiramiz. Bu tushunchadan ba`zi odamlarni yangilikni boshqalardan ko`ra tezroq va yaxshiroq o`zlashtirganlarida ham foydalanamiz.




Download 119.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling