Qobiliyatlar reja


Download 41.54 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi41.54 Kb.
#1518933
  1   2   3
Bog'liq
15-mavzu. Psixologiya nazariyasi va tarixi


Qobiliyatlar


REJA:



  1. Qobiliyatlar haqida tushuncha.

  2. Qobiliyatlar tizimi.

  3. Qobiliyatning sifat va miqdor xarakteristikasi.

  4. Layoqatlar, qobiliyatlar va insonlarning individual farqlari.

  5. Qobiliyatlarni rivojlanishi.

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» (avgust 1997) ta’limning uzluksiz o‘zbek modeliga asos solib, uning asosiy vazifasi komil shaxsni shakllantirishdir.


Dasturning muhim vazifalaridan biri ta’lim oluvchilarning aqliy individual xususiyatlari va qobiliyatlarini tarkib toptirish bo‘lib hisoblanadi.
Qobiliyatlar muammosi psixologiya fanida qiziqarli va ma’lum darajada tadqiq qilingan muammolardan biridir. Bu muammo yuzasidan qadimdan to shu kunga qadar olimlar izlanishlar olib borganlar. Insonning imkoniyatlarini o‘rganishga SHarq mutafakkirlari (Farobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino), Rossiya psixologlari (B.M. Teplov, B.G. Apanev,
N.V. Kuzmina, S.L. Rubinshteyn, A.G. Kovalev, V.N. Myasishev), G‘arb olimlari (A. Bine, T. Simon, F. Galton, V. SHtern, U. Ollport, K. Rodjers) kabilar katta hissa qo‘shganlar. Ushbu muammo ustida O‘zbekiston psixolog olimlari (E. G‘oziev, R. Gaynutdinov, M.G. Davletshin, B.R. Qodirov, V.A. Tokareva va boshqalar) ham izlanish olib borganlar.
Ma’lumki, turli kishilarni bir xil sharoitlarga va vaziyatlarga qo‘yilganda ular turli muvaffaqiyatlarga erishadilar. Bunday paytlarda «qobiliyatlar» tushunchasiga suyanamiz va muvaffaqiyat asosini qobiliyat deb tushuntiramiz. Bu tushunchadan ba’zi odamlarni yangilikni boshqalardan ko‘ra tezroq va yaxshiroq o‘zlashtirganlarida ham foydalanamiz.
Qobiliyatlar o‘zi nima? «Qobiliyatlar» psixologiyada keng va anchadan beri foydalanganligiga qaramay turli adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Agar barcha tushunchalarni birlashtirib, mo‘‘jaz klassifikatsiyani faraz qiladigan bo‘lsak, «Qobiliyat» tushunchasi uzoq muddatning rivojlanish jarayonida yuzaga kelganiga amin bo‘lamiz.
«Qobiliyatlar – inson ruhiyatining xususiyati bo‘lib, u barcha psixik jarayonlar va holatlarning yig‘indisi sifatida tushuniladi».
Ushbu tushunchaning kamchiliklari nimadan iborat? Bu tushuncha asoschisi Xristian Volf (1679-1754 yillar) hisoblanib, uning nazariyasiga ko‘ra barcha psixik hodisalar qobiliyatlar kategoriyasiga kiritilgan. Bunday yondashuvda muayyan qobiliyatlar tizimini aniqlash mumkin emas edi. Qobiliyatlarni inson hayotidagi ahamiyati ham aniqlanmagandi. SHuning uchun bu tushuncha psixologiyada keng tarqalmadi.
XVIII – XIX asrlarda «Qobiliyat bu umumiy va maxsus bilim, malaka va ko‘nikmalar yig‘indisi bo‘lib, u turli faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlaydi. YAngi qarashlar yuzaga keladi”.
Ushbu tushuncha to‘g‘rimikan? Uning kamchiligi nimada?
Amaliyotda biz ma’lum qobiliyatga ega bo‘lgan, lekin etarli bilimga ega bo‘lmaganligi tufayli o‘zini namoyon qila olmagan kishilarni bilamiz.
YUqorida aytilgan fikrimizning dalili sifatida yosh V. Surikovni (rus rassomi) Sankt Peterburg rassomchilik Akademiyasi o‘qishga qabul qilmaganda, u bir yil ikona chizish ustaxonasida rassomchilik ko‘nikmalarini egallaydi va kelasi yilga xuddi o‘sha imtixondan yiqitgan domlalar uni Akademiyaga o‘qishga qabul qiladilar.
Albert Eynshteyn o‘rta maktabda o‘qib yurganida o‘rtacha o‘quvchilardan bo‘lib, uning genialligini namoyon qiluvchi hech narsa bo‘lmagan.
Qobiliyatlar bilimlar, ko‘nikmalarda emas, balki ularni egallash dinamikasida, ya’ni bilim, ko‘nikmalar qanday sharoitda tez, chuqur va oson egallanishida namoyon bo‘ladi. Bu tushunchadan bugungi kunda ham foydalaniladi.
Va nihoyat, yana bir tushunchani ko‘rib chiqamiz. «Qobiliyat – bu bilim, ko‘nikma va malakalarni namoyon bo‘lishi emas, balki ularni tez o‘zlashtirilishi va uni amaliyotda samarali qo‘llanilishidir».
Ushbu tushunchaning yangiligi va to‘laligi nimada?
Ushbu tushunchada qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarga tenglashtirilmay, ularga nisbatan insonning munosabati, bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish engilligi, tezligi va chuqurligi, hamda ularni ma’lum bir faoliyatni engil o‘zlashtirishda va shu faoliyatning muvaffaqiyatli bajarishda namoyon bo‘ladi.
SHunday qilib, qarama-qarshiliklarni engish, hamda haqiqatni izlash oqibatida olimlar quyidagi xulosaga keldilar: «Qobiliyatlar – shaxsning individual psixologik xususiyati bo‘lib, unga bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirilishining to‘liqligi, tezligi, engilligi, chuqurligi, hamda turli faoliyatni o‘zlashtirish va uni muvaffaqiyatli bajarishga bog‘liqdir»1. Bu tushunchani psixologiyaga yirik Rossiya olimi B.M. Teplov (1896-1965 yillar) kiritgan bo‘lib, u bugungi kunda keng tarqalgandir.
YUqorida aytib o‘tilganidek, B.M. Teplov qobiliyatlarning umumiy nazariyasini ishlab chiqishga o‘z hissasini qo‘shgan. B.M. Teplovning fikricha «Qobiliyatlar» tushunchasi o‘z ichiga uch g‘oyani qamrab oldi: «Birinchidan, qobiliyatlar deganda bir odamni boshqasidan ajratib turadigan individual psixologik xususiyatlar tushuniladi...
Ikkinchidan, qobiliyat deganda har qanday individual psixologik xususiyatni emas, biror-bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlovchi xususiyat tushuniladi.
Uchinchidan, «Qobiliyatlar» odamning bilimlari, ko‘nikmalari va malakalariga tenglashtirilmasligi lozim.»
B.M. Teplovning fikricha qobiliyatlar doimiy rivojlanishdagina mavjud bo‘lishi mumkin.
Rivojlanmagan, amaliyotda qo‘llanilmaydigan qobiliyat vaqt o‘tishi bilan yo‘qoladi.
Endi zamonaviy psixologiyada qobiliyatlarning klassifikatsiyasini ko‘rib chiqamiz. Psixologiyada tabiiy va maxsus insoniy qobiliyatlar ajratiladi.

Download 41.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling