Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
TARIX DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI” MODULI 6-MAVZU: TARIX DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
- 6-MAVZU:TARIX DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
- Tayanch iboralar
- 1. Interfaol usullar va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI BUXORO VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARININI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI “IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR METODIKASI” KAFEDRASI “FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI” MODULI 6-MAVZU: TARIX DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH 2 soat video dars 6-MAVZU:TARIX DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH 2 soat video dars Reja: 1. Interfaol usullar va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish 2. Amaliy o‘yin va muammoli ta’lim texnologiyalarining o‘qitishdagi ahamiyati. 3. Tarix ta’limida interfaol usullarni qo‘llanilishi Tayanch iboralar: innovatsion ta’lim texnologiyalari, interfaol ta’lim usullari, an’anaviy usul, amaliy o‘yin, muammoli ta’lim, “juftlikda o‘yla, ishla, fikr almash”, blis-so‘rov, konseptual jadval, pinbord, klaster, toifali jadval, T- jadvali, kichik guruhlarda ishlash, munozara, debat. 1. Interfaol usullar va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish Ona yurtimiz O’zbekistonda hozirgi paytda xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, jumladan ta’lim tizimida ham shiddatli islohotlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi ta’lim tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va 2035 yilda O‘zbekistonning 50 ta rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga munosib hissa qo‘sha oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashga e’tibor qaratilmoqda. Shuning bilan birgalikda xorijiy tajribalarni mukammal o’rganib, innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali o‘z milliy ta’lim tizimimizning sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning kreativ, innovatsion, tanqidiy fikrlash qobiliyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2020 yil 29 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qilgan Murojaatnomasida ham iqtidorli o‘g‘il-qizlarimizning yuqori texnologiyalar va bilimlarni chuqur o‘zlashtirishiga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash borasidagi islohotlar amalga oshirilib borilayotganligi ta’kidlandi. Darhaqiqat, ta’lim tizimidagi izchil va uzluksiz olib borilayotgan islohotlar hozirgi davr tarix fani o‘qituvchi oldiga juda katta mas’uliyatli vazifa yuklamoqda. Tarix fanlarini o’qitishda tarixiy bilim, tushuncha va tasavvurlarni egallash, ularni izohlash, ko’nikma, malaka va kompetensiyani shakllantirish orqali o‘quvchilar intellektual qobiliyatlarini har tomonlama jadal o’stirishni maqsad qilib olinadi. Tarix fanini o‘qitishda quyidagi innovatsion faoliyatga e’tibor berish tavsiya qilinadi: shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egalashga o’rgatib kelingandi. Bunday usul o’quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so’ndirar edi Endi o’quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi. Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o’rniga darslarni tashkil etishga ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ma’suliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o’zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o’qituvchilarga talab oshib bormoqda. O‘qituvchi yangi darsga tayyorlanar ekan, unga ijodiy yondashib, har bir darsini bitta ijod mahsuliga aylantirsagina ko‘zlagan maqsadiga erishadi. Buning uchun har kuni bir xillik darsdan qochib, har darsga bitta yangilik olib kirishi, yangi-yangi dars usullarini topishga harakat qilishi, tinmay izlanishi, ijod qilishi va o‘z ustida doimiy ishlamog‘i darkor. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling