Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1057386
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
TARIX DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

 
“Blis-so‘rov” metodi
Blis-so‘rov (inglizcha “blis” – tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga 
qisqa, aniq va lo‘nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Ta’lim


muassasalarida ushbu metodga muvofiq savollar, asosan, o‘qituvchi tomonidan
beriladi. Berilgan savollarga javoblar jamoaviy, guruhli, juftlik yoki individual
tarzda qaytarilishi mumkin. Javob qaytarish shakli mashg‘ulot turi,
o‘rganilayotgan mavzuning murakkabligi, o‘quvchilarning qamrab olinishiga ko‘ra 
belgilanadi. Mashg‘ulotlarda metodni qo‘llash quyidagicha kechadi: 
Metodni qo‘llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g‘oyalarning 
mohiyati o‘quvchilar tomonidan og‘zaki, yozma yoki tasvir (jadval, diagramma) 
tarzida yoritilishi mumkin.
“Konseptual jadval” metodi 
Metod o‘quvchilarni o‘rganilayotgan mavzu (masala yoki muammo)ni ikki yoki 
undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashga o‘rgatadi. Undan foydalanishda 
o‘quvchilarning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash, ma’lumotlarni tizimli bayon 
qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi. Mashg‘ulotlar chog‘ida metoddan foydalanish 
quyidagi tartibda kechadi:
O‘quvchilar e’tiboriga quyidagi namunani tavsiya etish mumkin:
O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini yorituvchi jihatlar
Muhim belgilar, tavsiflar 1-belgi (tavsif) 2-belgi (tavsif) 3-belgi (tavsif)
1-jihat
2-jihat
...
O‘qituvchi o‘rganilgan mavzu, muayyan tarkibiy qismlar mohiyatining ochib 
berilishini talab etadigan savollarni
ishlab chiqib, o‘quvchilar e’tiboriga havola qiladi.O‘quvchilar berilgan savolga qisqa 
muddatda lo‘nda, aniq javob beradi Guruh (juftlik)da ishlashda bir nafar o‘quvchi 
berilgan savolga javob qaytaradi uning guruhdoshlari javobni to‘ldiradi, biroq, fikrlar 
takrorlanmasligi lozim. 
“Muammo” texnologiyasi 
Texnologiya o‘quvchilarni mavzudan kelib chiqib, turli muammoli masala yoki 
vaziyatlarning to‘g‘ri yechimini topish, muammo mohiyatini aniqlashga doir 
malakalarni shakllantirish, uni yechishning ayrim usullari bilan tanishtirish,
yechimni topish uchun mos usullarni to‘g‘ri tanlash, muammoning kelib chiqish
sabablari, shuningdek, yechimni topishga yo‘naltirilgan harakatlarning maqsadga 
muvofiqligini aniqlashga o‘rgatadi.
Izoh: 1. O‘qituvchi o‘quvchilarni texnologiyadan foydalanish qoidalari bilan
tanishtirishda mashg‘ulotning bosqichli bo‘lishi, har bir bosqichda o‘quvchidan
e’tiborli bo‘lish talab qilinishi, mashg‘ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa
bo‘lib ishlashlariga urg‘u berib o‘tishi lozim. Bunday yo‘l tutish o‘quvchilarning
topshiriqlarni bajarishga ruhan tayyor bo‘lishlariga yordam beradi, ularda qiziqini 
uyg‘otadi.


2. Texnologiya asosida ishlashda o‘quvchilar tomonidan mashg‘ulot uchun 
tayyorlangan plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matn
darslik, yordamchi adabiyotlardan biror bir materialni o‘rganib, unda yoritilgan
muammolarni aniqlaydi va ularni xotirada saqlab qoladi yoki daftarlarga belgilab 
qo‘yadi. 
3. O‘quvchilar topshiriqni individual ravishda bajarishlari uchun o‘qituvchi 
tomonidan quyidagi jadval tavsiya etiladi: 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling