Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
TARIX DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Vaziyatni tahlil qilish asosida muammoni qo‘yish. 3. Farazlarni ilgari surish. 4. Yechimni tekshirish.
- 2.3. Tarix ta’limida interfaol usullarni qo‘llanilishi
2 sath
O‘qituvchi muammoli vaziyatni bayon qiladi va o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil ravishda muammoni shakllantiradi 3 sath O‘qituvchi muammoni qo‘rsatib bermaydi, balki unga o‘quvchilarni ro‘para qiladi. O‘quvchilar muammoni anglagan holda uni o‘zlari shakllantirib, muammoni yechish usullarini tahlil qiladi Muammoli vaziyatlarni hal qilish bosqichlari: 1. Muammoli vaziyatni yaratish. 2. Vaziyatni tahlil qilish asosida muammoni qo‘yish. 3. Farazlarni ilgari surish. 4. Yechimni tekshirish. Pedagogikada muammoli vaziyat metodi ham qo‘llaniladi. Demak, zamonaviy sharoitda ta’lim amaliyotida muammoli ta’lim texnologiyalarining qo‘llanilishi o‘qitish jarayonini samarali kechishini ta’minlash bilan birga o‘quvchilarda mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Ta’lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishga nisbatan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablar o‘qituvchilardan muammoli ta’lim texnologiyalarini o‘qitish jarayonida maqsadli, samarali qo‘llashni talab etadi. Mazkur ta’lim texnologiyalarining mohiyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishish malaka oshirish kurslari tinglovchilarining mavjud bilimlarini boyitish bilan birga amaliy ko‘nikma, malaka hamda kompetensiyalarini syanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 2.3. Tarix ta’limida interfaol usullarni qo‘llanilishi “Juftlikda o‘ylang, fikrlang, fikr almashing” texnikasi. Ushbu texnika birgalikdagi faoliyat bo‘lib, o‘quvchilarni matn ustida fikrlash, o‘z g‘oyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar yordamida muayyan shaklda ifodalashga yo‘naltiradi. «Juftlikda o‘ylang, fikrlang, fikr almashing» texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi: 1. O‘qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin o‘ylab chiqish, so‘ng qisqa javoblar yozish tartibida. 2. O‘quvchilar juftliklarga bo‘linib, bir - biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi. 3. O‘qituvchi bir necha juftliklarga o‘ttiz sekund davomida auditoriyaga o‘z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi. Juftlikda o‘yla, ishla, fikr almash – bu kartochkalar tuzishni talab qilmaydigan texnika. Bu jarayondan foydalanib, o‘quvchilar bir-biridan o‘rganadilar va o‘z g‘oyalarini jamoani oldiga chiqarishdan avval xavfsiz maydonda sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu o‘quvchilar o‘z kuchiga ishonchini ko‘tarishga ko‘maklashadi. Bu usulning afzalliklari quyidagilardan iborat: ishga amalda hamma jalb etilgan va har bir kishi o‘rganilayotgan masalaga oydinlik kiritishga o‘z ulushini qo‘shish imkoniga ega. O‘quvchilar ham, o‘qituvchi ham ulardan kutilayotgan narsani aniq tushunadilar. Bu model birinchi marta Merilend Universitetida (Frank Lipan) tomonidan taklif etilgan. Bu mashqni bajarishning to‘rt bosqichi mavjud. Har bir bosqich faqat vaqt bilan cheklanadi. Buni qanday bajarish kerak? Birinchi qadam – o‘qituvchi savol beradi. Bu butun sinf muhokamasi uchun berilayotgan muammo bo‘lishi mumkin. Masalan, «O‘zbekiston tarixida xumo qushi nimaning ramzi?» bu jarayonda bitta javob beriladigan savollardan qochish lozim. Savollar o‘quvchilarda muhokama qilish yoki fikr yuritish istagini uyg‘otadigan bo‘lishi kerak. Ikkinchi qadam – o‘quvchilar individual fikrlamoqdalar. O‘qituvchining savoliga javob topish uchun cheklangan vaqt beriladi. Javob topishga ajratilgan vaqtni o‘quvchilarning bilim darajasi, savol tavsifi va dastur talablariga muvofiq o‘qituvchi belgilaydi. Agar o‘quvchilar o‘zlarining individual javoblarini yozib qo‘ysalar foydali bo‘ladi. Bu jarayonda o‘quvchilar faqat bitta to‘g‘ri javob bo‘lmasligi va ularning har biri o‘zining javobini topishi mumkinligiga ishongani muhim ahamiyat kasb etadi. Uchinchi qadam – juftliklarda muhokama qilish. Juftliklarga birlashib, o‘quvchilar umumiy javobni ifodalashlari mumkin. Ayrim hollarda o‘quvchilar o‘z javoblarini yanada ishonchli bo‘lishini ta’minlashlari uchun to‘rtliklarga birlashib, muhokama qilishi mumkin. Juftlikdagi ishning bu bosqichi muhokama qilinayotgan masala ro‘yobga chiqargan muammolar to‘g‘risidagi fikrlarni kengaytirishga ko‘maklashadi. To‘rtinchi qadam – o‘quvchilar o‘z javoblari bilan sinfni tanishtiradilar. Bu bosqichda o‘quvchilar o‘z yechimlarini ham individual ravishda ham hamkorlikda taqdim etishlari mumkin. «O‘yla, juftlikda ishla va fikr almash» mashqining yakuniy bosqichi bir necha afzalliklarga ega. O‘quvchilar yechimning har xil, betakror yo‘llarini topadilar. Uni ustiga o‘quv mazmuni kitob yoki o‘qituvchi tilida emas, balki o‘quvchilarning tilida ifodalanadi. «O‘yla, juftlikda ishla va fikralmash» mashqining muvaffaqiyati va sifati birinchi bosqichda berilayotgan savol sifatiga bog‘liq. Agar savol o‘quvchilarning chuqur tafakkuriga ko‘maklashsa, shunday chuqur tushunish keyingi bosqichlarda ham albatta paydo bo‘ladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling