Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi
O‘zlashtirish foizlarini quyidagicha belgilash mumkin
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
TARIX DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
O‘zlashtirish foizlarini quyidagicha belgilash mumkin:
5% - og‘zaki ravishda materiallarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘lgan sharoitda dars o‘tish samarasiz bo‘ladi; 10 % - mashg‘ulotlarda o‘quv materialni ko‘rgazmali shaklda taqdim etilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ko‘tariladi. 20 % - ham ko‘rib, ham eshitilsa, ya’ni texnik vositalardan foydalanilsa; 50 % - bahs munozaraga kirishilsa; 75 % - mavzu bo‘yicha amaliy topshiriqlar bajarilsa; 90 % - bir-biriga o‘rgatishsa. Ko‘rinib turibdiki, interfaol o‘qitish o‘quvchilardan axborotni o‘zlashtirish jarayonida faollik, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, ta’lim maqsadlarining to‘laqonli amalga oshishiga yordam beradi. Bunda ta’limning quyidagi konsepsiyalari fundamental asos sifatida hizmat qiladi: 1) o‘qituvchining jadal faoliyati – o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lib, u mazkur harakatning sub’ekti va tashkilotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi; 2) o‘quv faoliyatining asosiy negizi va natijasi, mazkur faoliyatning sub’ekti – o‘quvchi hisoblanadi; 3) muvaffaqiyatli o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi, uning natijasi o‘quvchining fikrlash usullarini o‘rganish va amaliy masalalarni ijodiy hal etish, erkin, mustaqil harakat qila olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat; 4) o‘quv faoliyatning asosiy ko‘rsatkichi o‘quv topshiriqlari hisoblanadi. Bunda ta’lim jarayonining asosiy sub’ekti bo‘lgan o‘quvchida fikrlash, bilish harakati usullarini rivojlantiruvchi o‘qitish taktikasi muhim o‘rin tutadi; 5) o‘quv faoliyatini amalga oshirish jarayoni o‘quvchidan o‘zining shaxsiy bilish mahorati va ko‘nikmalarini o‘zlashtirib olishi uchun zamin hozirlashdan iborat. Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub’ektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatning olib borishlarini ifodalaydi. Ta’lim sohasida faoliyat ritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, an’anaviy ta’lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi o‘zaro munosabat shakllarida tashkil etiladi: Shunga ko‘ra interfaol o‘qitish «ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – o‘qituvchi, o‘quvchi va o‘quvchilar guruhi o‘rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahs-munozalar, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning o‘zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, «o‘qituvchi – o‘quvchi – o‘quvchilar guruhi»ning o‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo‘llab - quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi. Zamonaviy ta’lim, shu jumladan, uning tobora ommalashib borayotgan shakli – interfaol o‘qitishda esa shaxslar o‘rtasidagi suhbat (dialog) quyidagi shaxslar o‘rtasida tashkil etiladi: O‘qituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim yordamida o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi. Eng muhimi, interfaol usullarni qo‘llash orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Zamonaviy sharoitda o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitishning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling