Tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi va kreativligi


Download 19.8 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi19.8 Kb.
#1401696
Bog'liq
Tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi va kreativligi


TARBIYACHINING KASBIY KOMPETENSIYASI VA KREATIVLIGI

Axmedova Xurshida Baxtiyor qizi
Xalqaro Nordik Universiteti 1-kurs
Talabasi
Xurshida0065@gmail.com
+99899-035-00-65

Annotatsiya: Kreativ tarbiyachi qanday bo’lishi kerak.Noaniq vazifalarni bajarishda kutilmagan vaziyatda harakat re’jasiga ega bo’la olishida pedagogik mahoratga ega bo’lishligida


Kalit so’zlar: Pedagogik mahorat Kompetensiya Kreativlik Ijodkorlik Professionalizm
Kirish:

Hozirgi axborot va texnika asrida zamon tarbiyachidan kreativlikni izlanishlar olib borishni o’z ustida ishlashni talab qiladi.Shuning uchun ham tarbiyachi o’z ustida ishlashi malakasini axborot texnologiyalaridagi yangiliklar asosida oshirib borishi va har qanday yangilikni befarq qoldirtmaslikni talab etadi.


Psixolog olim Olga Matveeva qobiliyatlar pedagogning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab muhim qobiliyatlarni sanab o’tdi:
Kommunikativ(muloqot qilish) qobiliyati: Tarbiyachining ta’limiy jarayondan tashqari guruhlarda ijobiy iqlim yaratishi.
Mantiqiy qobiliyat: Mulohaza yuritishni bilish. Jumboqlarni sevish
Shahsning ichki qobiliyati: O’z-o’zini bilish,tushunish va his qilish.erkin shaxs sifatida doimiy rivojlanish
Kinestetik (teri muskul) qobiliyat: Pedagogning o’z hatti harakatlarini muvofiqlashtirish,vaqtni harakat suratlarni his qilish,maishiy qulaylikni yarata olish
Mahorat- Yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish sa’natidan iborat. MTT pedagogi o’z ishining ustasi bolalar ta’limining mos sohalari bilan yaxshi tanish,amalda bolalar psixologiyasini yaxshi tushunishi yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassisning komptentligidir.
TARBIYACHINING KASBIY PEDAGOGIK TAYYORGARLIGINING YO’NALISHLARI

  1. Tarbiyachining shahsiy fazilatlar bo’yicha tayyorgarligi

  2. Tarbiyachining ruhiy-psixologik tayyorgarligi

  3. Tarbiyachining ijtimoiy-pedagogik va ilmiy nazariy jihatdan tayyorgarligi

  4. Tarbiyachining maxsus va pedagoglikka oid uslubiy bilimlarini egallab borishi

Pedagogik mahorat va professionalizm- Tarbiyachining pedagogik jarayonni tashkiliy metodik, ruhiy va sub’yektiv jihatdan o’ta mohirlik ustalik bilan tashkil etish va boshqarish qobiliyati malakasiga egaligi.


KOMPTETENSIYA nima o’zi-inglizcha ‘’competence” lug’aviy jihatdan o’zi “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi.Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish’’


Kasbiy kompetentlik-Kasbiy faoliyatni amalga oshirishda zarur bilim, ko’nikma, malakali bo’lishi va amalda qo’llay olishi
KASBIY KOMPETENTLIK KOMPONENTLARI

  1. PSIXOLOGIK KOMPETENSIYA

  2. SHAXSIY KOMPETENSIYA

  3. KREATIV KOMPETENSIYA

  4. KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA

  5. INNOVATSION KOMPETENSIYA

  6. PEDAGOGIK MAHORAT PROFESSIONALIZM

KREATIVLIK lotinchadan olingan bo’lib- create yaratish ijodkor degan ma’noni bildiradi.Shaxsning kreativligi uning tafakkurida muloqotida his-tuyg’ularida muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi.
Ko’pgina pedagog-tarbiyachilar o’zlarida kreativlik qobiliyati yo’q deb o’ylaydilar.Chunki ular kreativ tushunchasi qanday ma’no berishini bilmaydilar va aksincha kreativlik negizida qanday sifatlar borligidan bexabar bo’ladilar.
PATTI DRAPEAU shunday deydi:Agar o’zingizni kreativ tarbiyachi emasman deb hisoblasangiz ta’limiy faoliyatni kreativlik ruhda tashkil eting va yangi g’oyalarni amalda sinab ko’rishga harakat qiling.har tomonlama fikrlash tarbiyachilardan kasbiy vazifalarni bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi.Kreativ fikrlash eng avvalo muhim masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi.Shuningdek kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
SHAXSIY KOMPETENSIYA- o’zi aslida izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish malaka darajasini oshirib borish hisoblanadi.
KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA-ta’limjarayonining barcha ishtirokchilari bilan samimiy muloqotda bo’lish,ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko’rsata olish.
INNOVATSION KOMPETENSIYA-tarbiyachining ilg’or texnologiyalarini o’zlashtirish,zamonaviy vosita’ texnika va texnologiyalardan foydalana olish axborot muhitda zarur foydali ma’lumotlarni izlash,yig’ish ,saralash, ulardan samarali foydalanish.
EKSTREMAL KOMPETENSIYA- favqulotda vaziyatlar(tabiiy ofatlar texnologik jarayon ishdan chiqqanda) oqilona qaror qabul qilish to’gri harakatlanish malakasiga egalik qilish.
TANQIDIY FIKRLASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRUVCHI TAVSIYALAR

  1. Bajariladigan vazifaning mohiyatini belgilay bilish masalaning qo’yilishini tahlil qila olish.

  2. Masalani hal qilish re’jasini tuzish,masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz sintez induksiya taqoslash)larni qo’llaash

  3. Masalani hal qilish usullarini tanlay olish;qabul qilingan qarorning to’g’riligini asoslash va qayta tekshirish.

  4. Masalani hal qilishda kichik tadqiqot(izlanish)ni olib borish, masalani hal qilish sharoiti,jarayonning borishi,va masalani yechimi yakunlarini umumlashtitrish.

HOZIRGI KUN TARBIYACHISI
- Pedagogik faoliyatda qobiliyatli,ijodkor ishbilarmon va uz kasbini fidoiysi o’z kasbini sevishi bolalar bilan har qanday holatda ham til topisha bilishi
-Milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni ,dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor,manaviy barkamol muammoli vaziyatlardan chiqa olishi,bolalalarning savollariga javob berishi va ularni be’tibor qoldirmasligi
-O’zbekiston mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan vatanparvarlik burchini to’g’ri anglagan,o’z davlatini himoya qila oladigan fuqaro
-Ixtisosga doir bilimlarni psixologik pedagogik bilim va mahoratini shuninhdek nazariy bilimlarni mukammal egallagan
-pedagogik kasbini va bolalarni yaxshi ko’radigan har bir bola ulg’ayib yaxshi inson bo’lishiga chin ko’ngildan ishonadigan ularning shaxs sifatida rivojlanib inson sifatida barkamol shaxs sifatida komil insonbo’lishiga kamol topishida ko’maklashadigan
-erkin va ijodiy fikrlay oladigan talabchan adolatli odobli bilimli sevimli tarbiyachi o’z kasbini fidoiysi bo’lmog’I darkor.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. ”Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to’g’risida”gi qonun 802-sonli qarori. 2020y.

  2. “Ilk qadam “maktabgacha ta’lim muassasining davlat o’quv dasturi. 2018y

  3. “Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya” Toshkent fan va texnologiya. 2014y.N.S.Sayidaxmedov, N.N.Indiaminov

  4. “Innovatsion ta’lim muhitida rivojlantiruvchi treninglar orqali tarbiyachining kasbiy kompetentligini oshirish”nomli dissertatsiya ishi .Sh.S.Sharipova Toshkent 2020y.

Download 19.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling