Qobiliyatlar reja


Download 41.54 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi41.54 Kb.
#1518933
1   2   3
Bog'liq
15-mavzu. Psixologiya nazariyasi va tarixi

Tabiiy qobiliyat – bu idrok, xotira, tafakkur va boshqa oddiy psixik jarayonida namoyon bo‘lish qobiliyatidir. Ular inson va hayvonlarda tabiiydir. Insonda ijtimoiy muhitga moslasha olish qobiliyati mavjuddir. Bu umumiy va maxsus aqliy qobiliyatlar, nutq va mantiqdan foydalanganda, shaxslararo, predmetlararo munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Umumiy qobiliyatlar insonni turli faoliyat yo‘nalishlarda muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Maxsus qobiliyatlar insonni biror-bir maxsus faoliyat yo‘nalishidagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi va uning namoyon bo‘lishi uchun maxsus layoqat bo‘lishi lozim.
Bunday qobiliyatlarga musiqaviy, matematik, texnik, adabiy-ijodiy, pedagogik va boshqalar kiradi.
Psixologik adabiyotlarda maxsus qobiliyatlarni rivojlantirishga doir ko‘plab tajribaviy ishlar qilingan. Ularga xos bir necha ishlarda to‘xtaymiz.
Musiqaviy qobiliyatlar B.M. Teplov tomonidan o‘rganilib, «Psixologiya muzыkalnыx sposobnostey»2 kitobida keng ochib berilgan.
Unda musiqiy qobiliyatlar zaminida individual-psixologik xususiyatlar kompleksi yotib, ular shaxsda musiqaviy shakllantirishga xizmat qiladi deb ko‘rsatib o‘tiladi.
B.M. Teplovning fikricha, musiqaviylikning asosiy namoyon qilib turadigan narsa musiqani his qilish, shuningdek, musiqani emotsional his qila olishlik musiqaviy qobiliyatning asosiy mazmunidir.
B.M. Teplov musiqaviylikni tizimini ko‘rib chiqadi va quyidagilarni kiritadi: musiqani eshitish xususiyati, musiqa ritmi va musiqiy xotira.
Matematik qobiliyatlar ustida V.A. Krutetskiy ishlagan. Jumladan, u «Matematik qobiliyatlar psixologiyasi» monografiyasida matematik qobiliyatlar va ularning tizimini keng yoritib bergan.
U idrok, tafakkur, xotira-xayolning individual xususiyatlarini aniqlab, ularni matematik faoliyatda namoyon bo‘lishini (matematik o‘zlashtirishda) tadqiq qilgan.
Matematik materialni o‘zlashtirishda idrokning ahamiyatini aniqlagan V.A. Krutetskiy qobiliyatli o‘quvchilarda o‘ziga xos materialni «ichki» analitik-sintetik tahlil qilish, qayta ishlash xususiyati, «joyida» masalani tizimini idrok etib, uni asosiy munosabatlarini ochadilar deb hisoblaydi. Matematikaga alohida iste’dodi bo‘lgan o‘quvchilar o‘ziga xos «matematik aql» bilan xarakterlanadilar – ular borliqning mantiqiy va matematik mazmunini topa oladilar, ulardagi mantiqiy va matematik kategoriyani aniqlaydilar, ko‘pincha hodisalarni matematik munosabatlar nuqtai-nazariyasi orqali qabul qiladilar.
Tasviriy san’atga xos qobiliyatlarni V.I. Kirienko o‘rgangan. Uning «Tasviriy faoliyat qobiliyatlari psixologiyasi»3 kitobida tasviriy qobiliyatning psixologik tahlili berilgan. Tasviriy faoliyatda idrokning xususiyatlarini o‘rganish jarayonida V.I. Kirienko tasviriy san’atda qobiliyat hodisalarni yaxlit va sintetik ko‘rinishda idrok etishda namoyon bo‘lib, u badiiy talantning asosiy mazmuni ekanligi haqidagi xulosaga keladi.
Tasviriy faoliyatdagi qobiliyatlardan biri proporsiyalarga baho berishdir. YAna bir tasviriy qobiliyatlarning xarakterli tomoni ranglar munosabatini baholay olish va perspektiv qisqartirishlarga baho berishdir.
Perspektiv qisqartirishlarga baho berish – tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biridir va uni to‘g‘ri hal qilinishi tasviriy san’atdagi qobiliyatlarning asosiy ko‘rinishidir.
Badiiy ijodiyot jarayonida ko‘rish tasavvurlari muhim ahamiyatga ega. Biror-bir materialni olib uni anglanilgan va maqsadga yo‘naltirilgan ijod orqali badiiy obraz yuzaga keladi va predmetning o‘ziga xos xususiyatlari namoyon bo‘ladi.
A.G. Kovalev tasviriy faoliyatda asosiy tayanch sifatida – qo‘llar chaqqonligi deb hisoblaydi. Bundan tashqari ijodiy qobiliyatlarning namoyon bo‘lishida ham insonning emotsional kayfiyati muhim ahamiyatga egadir.
Tashkilotchilik qobiliyatlarni uzoq vaqt L.I. Umanskiy o‘rgangan4. Muallif tashkilotchilik qobiliyatlarining tizimini yaratadi. Uning fikricha tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
a) shaxsning yo‘nalganligi;
b) uning xarakteri;
v) umumiy xususiyatlar (kirishimlilik, rivojlanishning umumiy darajasi, amaliy aql, kuzatuvchanlik, faollik, tashabbuskorlik, qat’iylik, tashkilotchilik, o‘z-o‘zini boshqara olishi);
g) maxsus xususiyatlar (tashkilotchilik his, psixologik kashfiyotchilik, psixologik takt: emotsional – irodaviy ta’sir etish, talabchanlik, tanqidiylik, tashkilotchilik faoliyatiga moyillik);
d) shaxsiy individual xususiyatlar.
Pedagogik qobiliyatlarni N.V. Kuzmina, F.N. Gonobolinlar tadqiq etganlar5.
Ular pedagogik qobiliyatlarning tizimida quyidagi qismlarni kiritganlar:
a) didaktik qobiliyatlar – o‘quv materialni o‘quvchilarga tushunarli, aniq, yoshiga mos holda o‘qitish, ta’limga qiziqishni uyg‘otish, ularda mustaqil fikrlashni shakllantirish;
b) akademik qobiliyatlar – turli fanlar (matematika, fizika, biologiya, tarix va h.k.)ga doir bilimlarga ega bo‘lish;
v) Perseptiv qobiliyatlar – o‘quvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, psixologik kuzatuvchanlik, uning psixologik holatini to‘g‘ri anglay olish;
g) nutq qobiliyati – fikrlarni to‘g‘ri, aniq, emotsional nutq orqali etkaza olish;
d) tashkilotchilik qobiliyati – o‘quvchilar jamoasini birlashtira olish va orasida etaklash;
e) avtoritar qobiliyatlar – bevosita o‘quvchilarga emotsional – irodaviy ta’sir ko‘rsata olish va shu asosda hurmat, e’tiborga erishi;
j) kommunikativ qobiliyatlar – bolalar bilan muloqotga kirisha olish qobiliyati, pedagogik tajribaga ega bo‘lish;
z) pedagogik xayol – bu maxsus qobiliyat turi tashxis qo‘ya olish qobiliyati asosida o‘quvchi kelajagiga, uning rivojlanishiga oldindan ko‘ra olish orqali zamin yaratiladi;
i) diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – bir vaqtning o‘zida diqqatni turli faoliyatlar orasida taqsimlay olishdir.
Texnik qobiliyatlari muammosi bilan M.G. Davletshin6 shug‘ullangan.
Texnik qobiliyatlar tizimida muallif yordamchi, tayanch va etakchi sifatida ajratadi.
Texnik qobiliyatlarning tayanch sifati – texnik kuzatuvchanlik bo‘lib hisoblanadi. Etakchi sifatga texnik tafakkur va texnik xayolni kiritish mumkin (texnikani tushunish, texnik masalalarni tahlil qila olish, fazoviy tasavvurlarni aniqligi, forma va masofani esda olib qolish, konstruktiv fantaziya). YOrdamchi sifatga qo‘l (manual) epchilligini kiritish mumkin.
Endi qobiliyatlarning sifat va miqdor xarakteristikasini ko‘rib chiqaylik. Qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi haqida gapirilganda kishining qaysi faoliyatda ishlayotganligi (konstruktorlik, pedagogik, sport, iqtisod va h.k.), qaysi faoliyat turida ishlab o‘zini topishi, muvaffaqiyatga erishishi mumkinligi nazarda tutiladi.
Qobiliyatlarning bu xarakteristikasi haqida turli maxsus qobiliyatlar va ularning tizimi haqida gapirganimizda to‘xtalganmiz. Qobiliyatlarda bir necha darajalarni ajratish mumkin: iste’dod, talant, daholik.
Iste’dod – insonda qobiliyatlarni rivojlanishining tabiiy zamini.
Talant – inson qobiliyatlarini rivojlanishining yuqori bosqichi bo‘lib, u biror-bir faoliyat turida (yuqori muvaffaqiyat) katta yutuqlarga erishishga xizmat qiladi.
Daholik – insonda biror-bir qobiliyatining eng yuqori bosqichi bo‘lib, u insonni biror-bir faoliyat turida buyuk shaxs qilib ifodalaydi.
Insonni etuklik davrida yuqori darajadagi rivojlanishi bilan psixologiyaning maxsus fani – akmeologiya shug‘ullanadi.
Qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi uning miqdor xarakteristikasi bilan uzviy bog‘liqdir.
Qobiliyatlarning miqdoriy o‘lchami o‘ziga xos tarixga ega. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida D. Kettel, L. Termen, B. Skinnerlar insonni o‘zi shug‘ullanayotgan faoliyatga yaroqligi, uning qobiliyatlari darajasini aniqlash taklifi bilan chiqadilar. Buning uchun aqliy iste’dod testlaridan foydalanish tavsiya etilgan.
Buni qanday aniqlanganligini ko‘rib chiqamiz. Tadqiq qilinuvchi testlarni tugatgach, uning natijalari standartlashgan holda ballari hisoblab chiqiladi. Bu aqliy iste’dod koeffitsientini (JQ – «ay-kyu») aniqlash imkoniyatini beradi.
JQ ni aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:

Aqliy yosh – intellektni aniqlovchi biror-bir shkala asosida belgilanadi. Masalan, 11,5 yoshli bolaning aqliy yoshi 120 ball shkala bilan aniqlanadi.
Agar ikki bola 120 balldan yiqqan bo‘lsa, lekin ularning birini yoshi 10,5 ikkinchisining yoshi 14 da bo‘lsa, u holda
Birinchi bolaning IQ = ga
Ikkinchi bolaning IQ = ga tengdir.

Ammo bu borada L.S. Vigotskiyning tanqidiy fikrlari mavjud, zero agar bola berilgan vazifani bajarmasa, u uning qobiliyat darajasi aniqlanadi deb hisoblash noto‘g‘ri. L.S. Vigotskiy iste’dodni aniqlaydigan tadqiqotlarni takroran o‘tkazish lozimligini aytadi, avval mustaqil, so‘ng kattalar yordamida. Iste’dod darajasi esa avval mustaqil, so‘ng kattalar yordami bilan o‘tkazilgan tajribalar natijalarini solishtirish asosidagi farq orqali aniqlanadi. Iste’dod darajasini aniqlashning ushbu usuli


L.S. Vigotskiy tomonidan «bola rivojlanishining yaqin zonasi» deb atalgan.
Psixologiya fani differensial qobiliyatlarning tug‘ma bo‘lishini inkor etmagan. Qobiliyatlarning rivojlanishiga tabiiy zamin bo‘luvchi xatti-harakat, his qilish organlari va miya tuzilishidagi bu morfologik va funksional xususiyatlar layoqat deb ataladi.
Layoqatlar turlicha yo‘nalishda bo‘ladi, bir layoqat zaminida turli qobiliyatlar shakllanishi mumkin, bu faoliyat «xarakter»iga bog‘liqdir. Bugungi kunda qobiliyatlarni rivojlanishida tabiiy asosning mohiyati haqidagi farazlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida ko‘plab gapirish mumkin. Albatta qobiliyatlar tushunchasi kabi layoqat muammosi ham o‘z tarixiga ega. Lekin, ushbu masalalarning to‘g‘ri echimi hali ham oxiriga etmagan.
Qobiliyatni irsiy asoslari bo‘yicha fanda turli qarashlar mavjud. Avstraliya olimi F. Gall (1758-1828 yillar) miya va alohida qobiliyatlar orasida bog‘liqlik bor degan farazni ilgari suradi. Ushbu faraz to‘g‘rimi? Qachonlardir bu faraz juda mashhur edi, u qobiliyatlarni miya bilan bog‘lagan edi. Lekin F. Gallning aqlning, talant va qobiliyatlarning sifati miyaning katta yarim sharlarida ayrim joylarda joylashgan degan fikri fanda inkor etilgan. Lekin hali ham miya og‘irligi va qobiliyatlar orasida bog‘liqlik bor degan fikrlar mavjud. Katta peshonali kishilarni aqlli, aql-farosatli, muammolarni tez hal qiluvchi bo‘ladi degan fikrlarga hali ham duch kelamiz va aksincha peshonasi tor bo‘lgan kishilarga nisbatan esa qarama-qarshi fikrlar bildiriladi. Albatta, bu fikrlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Inson miyasining og‘irligi va qobiliyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi fikrlar ham tasdiqlangan emas. Ma’lumki, katta kishi miyasi 1400 gr og‘irlikka ega. SHu jumladan, I.S. Turgenevning miya og‘irligi 2012 gr, D. Bayronniki – 1800 gr, N. Franeniki – 1017 gr, mashhur ximik YU. Libixniki – 1362 gr. bo‘lganligi aniqlangan.
YAna shu ham ma’lumki bir aqli zaif kishining miya og‘irligi katta bo‘lgan (2 kg ga yaqin). Demak yuqorida gapirilgan fikrlar o‘z isbotini topmadi. Fan esa izlanishlarni davom ettirmoqda.
Bugungi kunda layoqatlarni miyaning mikrotizimi va sezgi organlari orasidagi bog‘liqligi haqidagi faraz o‘zining mahsuldorligini namoyon qilmoqda.
Bu borada ONFning (umumiy) turlari, shuningdek, ONFning maxsus turlari, psixik faoliyati ustunlik qiluvchi birinchi signallar sistemasi (badiiy tur) va ikkinchi signallar sistemasining (fikrlovchi tur) ustuvorligi haqidagi ta’limotlari nazarda tutilgan.
SHuni unutmaslik kerakki, har qanday layoqat qobiliyati darajasiga etishi uchun ma’lum rivojlanish yo‘lini bosib o‘tishi lozim.
Har qanday qobiliyatning birinchi etapi zarur organik tizimlar va funksional organlar etishishi bilan bog‘liq (tug‘ilgandan to 6-7 yoshgacha). Maxsus qobiliyatlarning shakllanishi kichik va o‘rta maktab yoshigacha davom etadi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, qobiliyatlarni faol shakllanishi shaxs rivojlanishining ilk bosqichlarida namoyon bo‘la boshlaydi. SHunday voqealar ma’lum, jumladan, Motsart – 9 yoshida musiqiy pesalarni chala boshlagan. Rafael – 8 yoshida, Repkin – 4 yoshida rasm chiza boshlagan, Pushkin – 7 yoshida, Lermontov esa – 8 yoshida she’r yozgan. Kibernetika otasi Viner – 12 yoshida universitetga o‘qishga kirgan. Lekin qobiliyatlarni kechroq namoyon bo‘lishi ham mavjud (Akeakov, SHishkov).
Insonning qobiliyatlarini rivojlantiruvchi faoliyatga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • faoliyatning ijodiy xarakteri;

  • ijrochi uchun uning yuqori qiyinligi;

  • zarur motivatsiya va zarur emotsional tayyorgarlikni ta’minlashni.

SHuni alohida ta’kidlash lozimki, agar bajarilayotgan faoliyat yuqori qiyinchilikda bo‘lsa, u bolaning qobiliyatlarini rivojlanishiga asos bo‘ladi, buni L.S. Vigotskiy rivojlanishning yaqin zonasi deb atagan.
SHuni unutmaslik kerakki, bola uchun, uning qobiliyatlarini rivojlanishi uchun eng hal qiluvchi sharoit ta’lim va tarbiyadir.
Bugungi kunda Respublikamizda qobiliyatlarni shakllantirish muammosi ijtimoiy va davlat muammosiga aylangan. Ushbu muammoni hal qilish maqsadida Respublika TASHXIS markazlari va barcha viloyat va tumanlarda shunday markazlar tashkil qilingan.
Bugungi kunda maxsus qobiliyati aniqlangan o‘quvchilar o‘zlarini iqtidorini namoyon qilgan holda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda ixtiyoriy-majburiy ravishda o‘qishlarini davom ettirib, yo‘llarini tanlamoqdalar. Bugungi kunda psixologiya fani bu yo‘lda muhim o‘rinlarini egallamoqda.
Zero, Prezidentimiz I. Karimov bu borada: «Biz o‘z iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho‘qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak»7 degan fikrlari yuqorida bayon etilgan mulohazalarning yorqin dalilidir.



Download 41.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling