Qobiliyat va iqtidor
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
SEMINAR 15-MAVZU (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.A.Kruteskiy
- M.G.Davletshin
S.P Kudryavseva tadqiqotida ilk o’spirinning adabiy qobiliyati ikki tipga
ajratiladi, ya'ni adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni tushunchalar asosida tahlil?ilishning o’sganligiga e'tibor qilinadi. Ikkinchi tipda adabiy asarlarni o’qish vaqtida va adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish, ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi. V.A.Kruteskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi: 1)Qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi qobiliyatiga matematik ob'ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib idrok qilish matematik materialga o’ziga xos "yig’ma" analitik-sintetik ishlov berish qobiliyati qayd qilish lozim 2)Qobiliyatli o’quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan: a)miqdoriy va fazoviy munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi sohalarida mantiqiy fikrlash qobiliyati; b) matematik materialni tez va keng umumlashtira olish; v) matematik mulohazalar jarayonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g) fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi; d) yechishda ravshanlik, soddalik, rasionallik va ixchamlikka intilish 3) Matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo. Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo’ladigan tashqi alomatlarni belgilash mumkin. Muallif taxminicha bular quyidagilardir: 1)o’quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, hech kim majbur qilmasdan, o’zining bo’sh vaqtini sarflab, matematika bilan bajonidil shug’ullanishga moyillik; 2)muayyan matematik ko’nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda o’zlashtirish qobiliyati; 3)matematikani o’zlashtirish sohasida tez siljib borish; 4)matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi. Mamlakatimiz psixologi M.G.Davletshin texnikaviy qobiliyat ustida tadqiqot ishlari olib borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy qobiliyat deganda shaxsning individual psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday o’ziga xos birikmalarni tushunadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug’ullana olishini aniqlaydi. M.G.Davletshin ham an'anaviy yo’ldan borib, texnikaviy qobiliyatlarni ikkita o’sha nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatlarini o’zgarishsiz qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli o’laroq, bunda yetakchi xususiyatlar rivojlangan texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir. Uning talqinicha, texnikaviy iste'dodli shaxs bo’lish uchun unda a) amaliy jihatdan fahmli; b) texnik moslamalarni tahlil qila olish qobiliyati; v) narsalarni montaj qilib qismlardan butun hosil qila olish qobiliyati bo’lishi shart. M.G.Davletshin texnikaviy iste'dod ko’rsatkichlarini an'anaviy baholashni tan olgan holda (ko’z bilan chamalash, fazoviy tasavvur, texnikaviy tahlil, konstruksiyalash qobiliyati) o’zining original yondashuvini ishlab chiqqan. Texnikaviy qobiliyat darajasini tashxis qilish uchun tekshirishlarda ishlab chiqilgan eksperimental masalalarning to’qqizta seriyasidan foydalanadi. Keyingi yillar ichida o’zbekiston psixologiyasida ham qobiliyat va iste'dod masalalari bo’yicha bir qancha psixologlar ish olib bormoqdalar. Bu sohada B.R.Qodirov, B.S.Sodiqov, E.G’.G’oziev, V.A.Tokareva, Z.Nishonovalarning tadqiqot ishlari ma'lum bo’lib, qobiliyat, iste'dod tushunchalariga o’z ta'riflarini berganlar. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling