Qobiliyat va iqtidor


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana23.01.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1111766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
SEMINAR 15-MAVZU (2)

L.S.Vigotskiy bu usulni tanqid qilib, o’zining kelajak taraqqiyot zonasini 
belgilash "metodi" deb ataladigan usulini taklif qildi. Qobiliyatlar odamning 
faoliyatidan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Qobiliyatlarning tarkib topishi esa 
ta'lim-tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon bo’ladi.
Qobiliyatlar tasnifi 
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi: 


1.Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo’lib, idrok qilish 
xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik 
jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo’lish jarayoni 
tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu 
qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2.Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo’lib, ijtimoiy 
hayot va taraqqiyotni ta'minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o’z navbatida 
umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo’linadi.
3.Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini 
ta'minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo’l harakatlarini 
aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir 
faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning 
bo’linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga 
bo’lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.
Ayrim adabiyotlarda umumiy qobiliyatlar mohiyati turlicha talqin qilinadi. 
Jumladan, umumiy qobiliyat deganda muvaffaqiyatli ravishda bilim olishni 
ta'minlaydigan shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq bunday 
tushuncha tor va noto’g’ridir, chunki intellektual taraqqiyot faqat ixtiyoriy faoliyat 
uchun umuman talab qilinadi, xolos. Umumiy qobiliyat faoliyatning hamma 
turlariga jumladan amaliy faoliyatga ham ta'sir qiladi, deb hisoblovchi psixologlar
topildi. Ammo bu fikrda qarama-qarshilik mavjud, agar umumiy qobiliyat universal 
ahamiyatga ega bo’lgan ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar haqida gapirib 
o’tirishning hojati yo’q.


Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan 
oladilar. Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yig’indisi 
ta'sirini ko’zda tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy 
yoki yetakchi faoliyat sharoitida shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi 
faoliyat bo’lib ajralib turadi. Bu faoliyat tug’ma spesifik zehn nishonalariga mos 
tushishi mumkin.
Hamma maxsus qobiliyatlarni, inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga: 
fan, san'at, amaliyotga ajratish mumkin. Shunga binoan qobiliyatni milliy, badiiy 
va amaliy deb klassifikasiyalash mumkin. Bu turlarning har biri o’z navbatida 
mayda turlarga bo’linadi.
Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo’lishini, 
og’zaki mantiqiy xotirani, qat'iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga 
quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya, 
tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo’lgan qobiliyatlar. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling