Qodiriy nomli jizzax davlat
Download 0.74 Mb.
|
01-Erkaboyev Husniddin tahrirlangani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi.
Bitiruv ishi maqsadi. « O‘zgarmas tok qonunlari » mavzusini har tomonlama nazariy va amaliy tadqiq etish, shuningdek, ushbu mavzu bo‘yicha elektron o‘quv moduli ishlanmasini shakllantirish va uni takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi: Birinchidan, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan fizika fani taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlarini tahlil etish; Ikkinchidan, Fizika fanini o‘qitishda innovasiyalar va ilg‘or tajribalar mazmun-mohiyatini ochib berish; Uchinchidan, “O‘zgarmas tok qonunlari ” mavzusini yoritishda innovatsion texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari ; To‘rtinchidan, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “O‘zgarmas tok qonunlari” mavzusini o‘qitishni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv ishi tadqiqot ob’ektini Jizzax shahar xalq ta’limi vazirligiga qarashli maktablarida o‘qitilayotgan “O‘zgarmas tok qonunlari” mavzusi sohasidagi nazariy masalalar va tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan hujjatlarni o‘rganish tashkil etadi. Bitiruv ishi tadqiqot predmeti Umumta’lim maktablarida “O‘zgarmas tok qonunlari” mavzusi mazmun mohiyatini o‘rganish hamda uni nazariy va amaliy tadqiq etish hisoblanadi. Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. O’zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, o‘z kuchi va salohiyatiga tayangan, o‘z sarhadlari, xalqimizning tinch va osuda hayotini himoyalashga qodir bo‘lgan, izchil va barqaror rivojlanib borayotgan zamonaviy mustaqil davlatga aylandi. Bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishgan bo‘lsak, ularning zamirida biz tanlagan va butun dunyo e’tirof etgan, “O‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘li turibdi. Ana shu yo‘lning ajralmas qismi bo‘lgan, yoshlarimizning ongu tafakkurini, hayotga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirgan Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi ta’lim-tarbiya sohasi rivoji, har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “ Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” degan shior hayotimizda tobora o‘zining yaqqol o‘z ifodasini topmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2015 yil 23 yanvardagi qo‘shma majlisida hozirigi vaqtda dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirib, “... keskinlik va xavf-xatarlarning tobora o‘sib, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan kurashning, radikalizm, terrorizm va ekstremizm kabi tahdilarning kuchayib borayotgani barchamizni tashvish va xavotirga solmasdan qo‘ymaydi”, 1 deb ta’kidladi. Shu o‘rinda tabiiy fanlarni o‘qitish alohida mohiyatga ega, tabiiy fanlarni o‘rganib yoshlarimiz atrof muhitni to‘g‘ri anglash, obektiv borliqni real idrok etish va turli xodisalar sabab oqibatlarini bog‘liqligini mustaqil anglay oladilar. Bu soxadagi bilim va ko‘nikmalar hozirgi kundagi turli buzg‘inchi ideologiyalarga qarshi imunitet hosil qilish imkonini beradi. Tabiiy fanlarni o‘rganishda fizika fani alohida ahamiyatga ega, sababi inson atrof borliq haqidagi informatsiyaning 80%-ni ko‘rish orqali oladi, qolgan 20%-ni boshqa sezish organlari qabul qiladi. Fizikaning rivojlanishi hamma vaqt boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib kelgan. Fizikaning rivojlanishi boshqa tabiiy fanlarning rivojlanishiga va koʻpgina hollarda yangi fanlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Masalan, fiziklar tomonidan mikroskopning ixtiro etilishi kimyo, biologiya, zoologiya fanlarining keng koʻlamda rivojlanishiga sabab boʻldi. Teleskopning yaratilishi, spektral analiz qonunlarining kashf etilishi astronomiya fanining rivojlanishini jadallashtirdi. Elektromagnit induksiya hodisasining kashf etilishi va radioning ixtiro etilishi elektronika va radiotexnika fanlarining vujudga kelishiga olib keldi. Juda koʻp sohalar borki, ularni fizika boshqa fanlar bilan birgalikda oʻrganadi. Shu tariqa kimyoviy fizika, biofizika, astrofizika, geofizika va boshqa fanlar vujudga kelgan. Fizikada yaratilgan kashfiyotlar texnikaning turli sohalari rivojlanishiga, provardida sanoat va xalq xoʻjaligining jadal rivojlanishiga olib kelgan. Kundalik hayotda ishlatilayotgan elektr yoritkich asboblari, radiopriyomniklar, televizorlar, zavod va fabrikalardagi turli xil stanoklar, zamonaviy elektron hisoblash mashinalari, samolyotlar va boshqalar fizikadagi yaratilgan kashfiyotlarning natijasidir. Oʻz navbatida, texnika fanlarining erishgan yutuqlari fizikaning yanada rivojlanishiga sababchi boʻlgan. Texnikaning, umuman xalq xoʻjaligining rivojlanib borishida uzluksiz ravishda vujudga keluvchi fizik muammolarni hal etib borishga toʻgʻri keldi. Bu esa texnika fanlarining hamma vaqt fizika bilan xamkorlikda ish olib borishini taqozo etadi. Oʻzbekistonda yadro fizikasi, fizik elektronika, qattiq jismlar fizikasi, yuqori energiyali va kosmik nurlar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, akustooptika, akustoelektronika, lazerlar fizikasi, geliofizika, geliotexnika va boshqa fizika sohalarida muhim yutuqlarga erishildi. Hozir Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, Fizika-texnika instituti, S.A. Azimov nomidagi "Fizika-Quyosh" IICHB, U. O. Orifov nomidagi Elektronika instituti kabi oʻnlab ilmiy muassasalar, Toshkent milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent texnika universiteti va respublikadagi qariyb barcha oliy oʻquv yurtlarida ham fizika fanining turli muammmolariga oid ishlar olib borilmoqda Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Yurtimizda oʻtgan yillar davomida bozor iqtisodiyoti sohasidagi oʻzgarishlarning ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish borasida amalga oshirilgan ulkan ishlar hech kimga sir emas, albatta. Bularning barchasini e’tirof etgan holda, mavjud qonunlarimizning koʻpchiligini ularni qoʻllash amaliyoti va mamlakatimizda bozor munosabatlarini rivojlanishining hozirgi davrdagi yangi real holatidan kelib chiqib, jiddiy qayta koʻrib chiqish zarur”. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek, “Inson, uning har tomonlama uygʻun kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini roʻyobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini oʻzgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”. XXI asrda Oʻzbekiston ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ustuvor vazifalardan biridir. Bu esa, oʻz navbatida Fizik olimlarimiz zimmasiga tegishli oʻquv fanlari boʻyicha oʻquv adabiyotlarini hozirgi davr talabi va ilm-fanning soʻnggi yutuqlarini hisobga olgan holda yangilab borish, ta’lim jarayoniga innovatsiya va ta’lim texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. Ma’lumki mamlakatimiz umumta’lim maktablarida “Fizika” fanini oʻqitish jarayonida innovatsiyalar va ilgʻor xorijiy tajribalarni qoʻllash bugungi kunning dolzarb masalaridan biri hisoblanadi. Avvalo fandagi yangilik nima? Fandagi innovatsiya nima? degan savollarga javob berish lozim. Bugungi kunda amaliyotda yangilik va innovasiya soʻzlari oʻrtasida farqlar mavjud. Yangilik bu fandagi eng soʻnggi yutuqlar, bilimlar, usullar hisoblanadi. Ushbu yutuqlar, bilimlar, usullar amalda qoʻllanilishi bilan innovatsiyaga aylanadi.“ Fizika” fanini oʻqitishda bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda quyidagi innovatsiyalar va ta’lim texnologiyalari qoʻllanilmoqda. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling