Qodiriy nomli jizzax davlat
Interaktiv oʻqitish texnologiyalari
Download 0.74 Mb.
|
01-Erkaboyev Husniddin tahrirlangani
Interaktiv oʻqitish texnologiyalari.1) Ikki kishilik, 2) Aralash uchlik, 3) Kichik guruxlarda ishlash, 4) Aqliy xujum. Innovasion texnologiyalar talabalarning faol hayotiy munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan. Ularga oʻquv jarayonidagi yangi shakldagi intreaktiv usullar kiradi. Talabalar dars jarayonida mavzuni oʻzlashtirish uchun doira shaklida oʻtiradilar. Pedagogik texnologiya – bu ta’limga bo‘lgan innovatsion yondashuv bo‘lib, bu pedagogikadagi ta’limga bo‘lgan yondashuvning ifodasi, ta’lim jarayonini ma’lum darajada standartlashtirish hisoblanadi va bu tushuncha kompyuterlashtirish bilan bog‘liq amalga oshiriladi. Zamonaviy ta’limda o‘zaro muloqot pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak. Bunda “faollik” tushunchasi yetakchi hisoblanadi. Chunki reproduktiv ta’limda o‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan va o‘qituvchi ma’ruzada bergan bilimini seminar, amaliy mashg‘ulotlarda qaytarib olgan. Bundan farqli o‘laroq, zamonaviy texnologiyalar o‘quvchi-talabalarni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Bunda pedagog shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik, maslahatchi, baholovchi vazifalarini bajaradi. Demak, zamonaviy - produktiv ta’lim jarayonida o‘quvchi–talaba asosiy ijrochiga aylanadi. Interfaol metodlar - o‘zaro fikr almashishga, o‘zaro fikrlarni to‘ldirishga, goh noverbal, goho verbal ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlarni qo‘llashda o‘zaro ta’sir asosiga qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta’sir yoki turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmaydi va hamkorlik subyektlarini ijodiy izlanishga yo‘naltirish, noma’lum holatni ochishga (kashf etishga) ko‘mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarni yaratish funksiyalarini ham bajarishi mumkin. “«Oʻzgarmas tok qonunlari »” mavzusini o‘qitishda noan’anaviy metodlardan biri “Aqliy hujum” metodidan foydalanish ham mashg‘ulot o‘tkazishda ijobiy natijalarga olib keladi. Bu metod amerikalik olim Osborn tomonidan taklif qilingan va hozirgi kunda “aqliy hujum”ning bir necha usullari ishlab chiqilgan. Bu metodning nomidan ma’lumki, aql vositasida bitta muammoga hujum uyushtiriladi. Hamma ishtirokchilar birgalikda bir hodisaga yoki bir muammoga fikr qaratadi va uning yechimini topishga harakat qiladi. Demak, “Aqliy hujum” jamoa g‘oyalarini yig‘ishdir. Maqsad –xilma-xil g‘oyalarni yig‘ish, mustaqil fikrlash, ijodiy masalani mustaqil yechishdir. “Aqliy hujum” 15 minutdan bir soatgacha davom etishi mumkin. Barcha g‘oyalar ekspertlar tomonidan yig‘ib olinadi va eng manzurlari tanlab olinadi. Aqliy hujum metodining maqsadi oʻquvchilarda ijodiy, nostandart fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish. Bu metodni katta yoki kichik sinflarda qo‘llash mumkin. Bu metodni qo‘llashda dastlab sinf yig‘iladi, ular oldiga olib boriladigan mashg‘ulotga qarab muammoli savol qo‘yiladi. Sinfxonasida bo‘lgan barcha oʻquvchilar savol bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradilar, bu bosqichda hech kim o‘zga kishini g‘oyalariga hujum qilmaydi yoki munosabat bildirmaydi. Bunday usul vositasida ko‘plab, hilma-hil g‘oyalarni yuzaga kelish imkoni paydo bo‘ladi. Buning uchun esa mashg‘ulot olib borilayotgan sinfda oʻquvchilar faol bo‘lishi, oʻquvchilar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar tanqid ostiga olinmasligi, muammo yechimidan uzoqroq g‘oyalar ham qo‘llab quvvatlanadi, o‘qituvchi oʻquvchilar tomonidan bildirilgan g‘oyalarni doskaga yoki qog‘ozga qayd etadi. Bu metod samarasi fikrlarning hilma-hilligi bilan tasniflanadi. Navbatdagi bosqichda muammoning yechimiga yaqin bo‘lgan 5-6 ta asosiy g‘oyalar tanlab olinib, baholanadi. “Aqliy hujum” metodi qo‘llanilishiga ko‘ra universal bo‘lib, o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirish, faol fikrlash va keng doirada tafakkur yuritishga imkon beradi. Umumiy talablardan kelib chiqqan holda “Aqliy xujum” metodidan foydalanish bosqichlarini quyidagi texnologik xaritasini ko‘rsatish mumkin. Ushbu metod iqtisodiy kasb-hunar maktablaridagi ta’lim jarayonida ham samara beradi. Bunda muammo sifatida “«Oʻzgarmas tok qonunlari »” mavzusini yorituvchi biror savolni berish mumkin. Masalan, « Oʻzgarmas tok qonunlari » qanday? “Aqliy hujum” usulining texnologik xaritasi
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling