Qofiya radif she’riy san’atlar qofiya va radif
Download 47.75 Kb.
|
Qofiya va radif-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kechasi (yotoqxonada) yangi oy tugildi, uni yangi oy demaki, olamni yorituvchi quyosh edi.
Iyhom
Iyhom (arabcha – shubhaga solish, chalg‘itish) – shubhaga tushirishdir (Vohid Tabriziy), ya’ni bir baytda ikki xil (biri ochiq, ikkinchisi sirliroq) ma’noni ifodalash san’atidir. Sendek saname ko‘rman Lutfiy Chig‘atoyda, Chin so‘yla, Xito xo‘blarig‘a ne bo‘lursan? Bu yerda avvaliga, rost soʻzla degan, ikkinchi tomonlama esa xitoylik pari maʻnosida kelyapti. 9-sinf Shabistonida tug'di bir yangi oy, Yangi oy yo'qki, mehri olamoroy. Kechasi (yotoqxonada) yangi oy tug'ildi, uni yangi oy demaki, olamni yorituvchi quyosh edi. Ko'rinadiki, shabiston so'zi orqali iyhom (lutf) san'ati (bir so'zni bir o'rinda ikki ma'noda qo'llash) yuzaga kelgan. "Shabiston" va "yangi oy" so'zlari orasida mantiqiy aloqadorlik bor: oy tunda (shabistonda) chiqadi. Talmeh «Talmeh san’ati» deganda badiiy asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o‘tish tushuniladi. 0‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini o‘qiy boshlasak, ularda, albatta, ko‘pdan ko‘p payg‘ambar alayhissalomlar nomlari, ular hayotida kechgan voqea-hodisalar tilga olinganining guvohi bo‘lamiz. Shoirlarimiz ko‘pincha o‘z fikr-mulohaza yoki his-tuyg‘ularini Farhod, Majnun, Vomiq yoki Shirin, Layli, Uzro kabi adabiy qahramonlar nomlari yoki ulaming ishqiy sarguzashtlariga bog‘lab ifodalaydi. Bularning hammasi — talmeh. Dinimiz tarixidan yaxshi bilamizki, Yusuf payg‘ambar alayhissalomni aka-ukalari uzoqlardagi quduqqa tashlab keladi. Yoqub payg‘ambar alayhissalomning eng suyukli o‘g‘lidan ayrilgani, behad aziyat chekib, yig‘layverganidan uning ko‘zlari butkul ko‘r bo‘lib qolganidan xabaringiz bor. Lutfiyning ko‘rib o‘tilgan «Xoh inon, xoh inonma» radifli g‘azalidagi: Yoqub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma, — baytida xuddi shunday yo‘l tutilgan. Lirik qahramonning yori ishqida yig‘layverishini xuddi Yoqub payg‘ambar alayhissalomning o‘g‘li Yusuf alayhissalom dardida ko‘z yoshi to‘kkaniga o‘xshatadi. Talmeh san’ati asar ta’sirchanligini oshirishda alohida o‘rin tutadi. Muallif kitobxon tasavvurida avvaldan shakllanib ulgurgan tayyor timsollar orqali o‘z fikr-mulohazasi yoki his-tuyg‘usini ifodalash bilan kuchli ta’sir o‘tkazishga erishadi. Talmeh san’ati hozirgi o‘zbek she’riyatida ham ko‘p qo‘llanadi. Manba: 8-sinf/ 2019
Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bu kun Ya’qubtek baytul hazanda. Baytdagi “baytul hazan”ni arabchadan so‘zma-so‘z tarjima qilsak, “g‘am uyi” degan ma’noni anglatadi. Bu yerda kuchli iztirob, qayg‘u ma’nosi ifodalanmoqda.
Manba: 9-sinf/ 2019 Talmeh Talmeh arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi «chaqmoq chaqilishi», «bir nazar tashlash» demakdir. Badiiy san’at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir. Xorazmiyda shunday bayt bor: Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih anfoslik, Yusufliqosen. Ushbu baytda uchta shaxs nomi: Sulaymon, Masih va Yusuf tilga olingan. Ularning uchalasi haqida ham faqat o‘zbeklarda emas, turli xalqlarda juda ko‘plab afsona, rivoyat, qo‘shiq, hatto dostonlar yaratilgan. Ular bilan bog‘liq rivoyatlar «Qur’on» da ham qayd etiladi. Ma’lumki, Sulaymon – Dovud payg‘ambarning o‘g‘li edi, u o‘n to‘qqiz aka-uka orasida eng donishmandi bo‘lgan. Shu tufayli u barcha yer yuzidagi odamlarnigina emas, qurt-u qumursqaga, qushlarga, hatto «ins-u jinslar»ga ham hukmronlik qilgan. «Sulaymon saltanatlik podshosen» misralari ana shu afsonaviy shaxs qudratini mo‘jaz shaklda eslash orqali badiiy tasvir qahramonini tavsiflashga xizmat qilmoqda. Masih ham payg‘ambarlar silsilasidan o‘rin olgan. Unga xos xislatlardan biri o‘likni tiriltira olish qudratidir. Masih anfoslik – Masih nafasiga ega bo‘lishlik demakdir. Yusuf esa go‘zallik ramziga aylangan obraz. U Ya’qub payg‘ambarning o‘g‘li. «Yusuf va Zulayho» dostonidagi bosh qahramon, ko‘plab shoirlar e’tiborini tortgan: Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda. (Atoyi) Bu yerdagi talmeh «Yusuf va Zulayxo» turkumidagi dostonlardan xabardor bo‘lishni taqazo etadi. Ma’lumki, Yusuf Ya’qub payg‘ambarning sevimli farzandi bo‘lgan. Ammo taqdir ayni mana shu farzandidan muayyan muddat ayrilib yashashini ravo ko‘radi. Natijada ota g‘am uyi (bayt ul-hazan)da yashashga majbur bo‘ladi. Yusuf o‘zining tashqi ko‘rinishi – go‘zalligi bilan ham boshqalardan ajralib turar edi. Demak, lirik qahramonning o‘z mahbubasiga «Yusufi husn» deb murojaat etishi bejiz emas ekan. Manba: 10-sinf/ 2017 🎧Tajnis Tajnis− badiiy san’atlardan biri. Asli arabchadan olingan bu so‘z lug‘aviy jihatdan «jinsdosh», ya’ni «shakldosh» degan ma’noni anglatadi. Bu nutqda shakli bir xil, ammo ma’nosi har xil so‘zlar yoki so‘zlar turkumini qo‘llash, degani. Ammo bu san’atni oddiygina qilib, omonimlar ishlatish ekan-da, deb hisoblamaslik kerak. Chunki omonimlar - tilda qat’iylashgan shakldosh so‘zlar. Tildagi omonimlar adabiy asarda tajnis hosil qilish uchun eng asosiy vosita hisoblanadi, albatta. Biroq tajnisni yuzaga keltirish uchun ba’zan muallif bir necha so‘zlar ishtirokida ohoriy (original, ilgari ishlatilmagan, ya’ni bir martalik) shakldoshliklar yaratishi ham mumkin. Masalan, ul Oy, u loy, uloy (ulay) so‘z birikmalari tilda o‘zaro omonim emas. Shoir she’rda bularni shunday qo‘llaydiki, natijada bir gal ul Oy (u Oy), boshqa safar u loy, uchinchi ko‘rinishda esa uloy (ulay) ma’nolarini anglatadi. Shundan ifoda go‘zalligi kelib chiqadi. 0‘quvchi уо tinglovchi shuurida ajib bir badiiy zavq paydo bo‘ladi. Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili - tajnis yaratish uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Hatto, tilimizdagi shu qulaylik adabiyotimizda tajnis ishlatish shart qilib qo‘yilgan alohida, maxsus bir janrning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Tuyuq - shunday janr, unda qofiyaga olingan so‘z yoki so‘zlar turkumi o‘zaro shakldoshlik paydo qilishi shart. Navoiyning mana bu tuyug‘i qofiyasida tajnis bo‘lib kelgan so‘zlarni ko‘rib chiqaylik: Yo qoshingdin necha bir o‘q ko‘z tutay,
E’tibor qilgan bo‘lsangiz, ushbu tuyuqdagi 1-, 2- va 4-misralarda tajnisdan oldin kelgan «o‘q», «oning» va «kishidek» so‘zlarida qofiya xususiyati, ya’ni o‘zaro ohangdoshlik yo‘q. She’rda tajnis hosil qilish uchun o‘zaro shakldosh so‘zlar yoki so‘zlar turkumi faqat qofiyada, ya’ni satr oxirida kelishi shart emas. Har qanday matnda shakldosh so‘zlar yoki so‘zlar turkumini qo‘llash tajnis san’atini hosil qilaveradi. Shuning uchun tajnis nasriy asarlar uchun ham xos badiiy san’at hisoblanadi. Manba: 8-sinf/ 2019 🚧Tajnis “Ko‘ngul olding, begim, yoshurmog‘ing ne?” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalda tajnis she’riy san’atini uchratish mumkin: Raqiblarg‘a qilur la’ling tabassum, Qonimni g‘ussadin toshurmog‘ing ne? Ko‘ngul shishasida mehring mayidir, Jafo birla anga tosh urmog‘ing ne?
Keyingi baytda oshiqning ko‘ngli shishaga, yorga muhabbati esa mayga mengzatilgan. Ma’shuqaning jafo qilishini ana shu ishq mayi quyilgan ko‘ngil shishasiga tosh urishga o‘xshatilmoqda. “Toshurmoq” hamda “tosh urmoq” so‘zlari omonim (shakldosh) so‘z ekanligini payqagan bo‘lsangiz kerak. She’rda shakldosh so‘zlarni qo‘llash orqali san’at yaratish tajnis (“jinsdosh” ma’nosida) deyiladi. Manba: 9-sinf/ 2019
Download 47.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling